I.3. Inson faoliyatining asosiy turlari
Inson faoliyatining turli-tuman qirralari mavjud bo'lib, har xil
hududlarda yashovchilar uchun o'ziga xos bo'lgan faoliyat turlari bo'ladi.
Bu faoliyat turlari eski zamonlardan beri har xil tarzda rivojlanib kelgan.
Masalan, shaharlar hududida yashagan aholining faoliyat shakli
qishloqlarda yashovchilar faoliyatidan ancha farq qilishi ma'lum.
Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, keyingi davrlarda
19
aholining shaharlashish darajasi o'sganligi munosabati bilan va
qishloqlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelishi natijasida
bu tafovut kamayib bormoqda. Ba'zi bir rivojlangan davlatlarda bu
tafovutlar deyarli yo'qoldi deb aytish mumkin.
Shuning uchun ham inson faoliyatini hozirgi zamon taraqqiyotini
hisobga olib, inson faoliyati ikkita turga: ya'ni jismoniy mehnat va aqliy
mehnat turlariga bo'lish mumkin. Bunday bo'linish, albatta, birmuncha
umumiy tarzda nisbiy bo'lsa ham, bunday bo'lib qarash faoliyat turlariga
baho berishda ancha yengillik tug’diradi.
Inson jismoniy ish bajarganda o’z kuchi va qudrati asosida bajaradi,
bunda uning butun tanasiga og'irlik tushadi, ya'ni paylari zo'riqadi va
buning natijasida tanadagi harakatlanish, ko’tarish qobiliyati oshadi hamda
hadeb zo'riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va
bu o'z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustahkam va
tekis ishlashini ta'minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, uning organizmidagi
ovqatlanish va modda almashish jarayonlarini yaxshilanishiga olib keladi.
Jismoniy mehnat asosan yakka tartibda ishlovchi hunarmandlar va uncha
katta bo'lmagan yer mulkiga ega bo’lgan dehqon xo'jaliklar uchun
birmuncha samara berishi mumkin. Lekin boshqa sohalarda va ayniqsa,
ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazaridan va insoniyatning taraqqiyoti nuqtayi
nazaridan bunday mehnat yaxshi samara berishi mumkin emas.
Buning asosiy sababi iqtisodiy samaradorligi kam o'lishi bilan
birga jismoniy ish bajarilganda inson zo'riqib charchashi hisobiga
yarmidan ko'p vaqti dam olishga sarf bo'ladi, bu esa mehnat
samaradorligini o'sishiga yordam bermaydi.
Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, hech qachon va hech qayerda
faqatgina jismoniy mehnat bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan desa
bu mubolag'a bo'ladi, chunki har qanday ishni bajarishdan oldin uni rejasi
tuziladi va bu aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo'shib olib boriladi
demakdir.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoat va qishloq
xo'jaligida jismoniy mehnatni rolini kamaytirishga keskin kirishildi. Bu
birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish asosida amalga oshirildi. Bu
ishlarni bajarish aqliy mehnat qiluvchilarning sonini ko'paytirishdan
boshlandi. Bu esa o'z navbatida institutlar va universitetlar sonini
ko'paytirishga olib keldi. Mexanizatsiyalashtirish, boshlang'ich davrlarda
yaxshi natija beradi. Yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishi
faqat mexanizatsiyalash bilan chegaralanib qolish foydali emasligi
yangidan-yangi usullarni yaratish erasi boshlandi va bu davrda har xil uy-
20
ro'zg'or buyumlari va ko'plab yangidan-yangi maishiy buyumlarga ehtiyoj
ortaboshladi. Bu albatta, buyumlarni ko'plab ishlab chiqarish kerakligini
va rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan davlatlardagi maishiy muhitni
butunlay
o'zgartirish
kerakligi
sezila
boshladi.
Kompyuter
texnologiyalarini yaratilishi bu ishlarni bajarishdagi asosiy vositaga
aylandi.
Kompyuter texnologiyalari faqatgina mexanizatsiyalashtirish
ishlarinigina o 'z zimmasiga olib qolmasdan, butunlay katta- katta
sexlarnigina emas, balki umuman fabrika zavodlarni hamma texnologik
jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu esa o'z navbatida
ko'plab ishchilarni jismoniy ish jarayonjdan qutqardi.
Rivojlangan davlatlarda jismoniy mehnatdan bo'shagan ishchi
kuchlarini yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga jalb qilindi.Bundan
tashqari, elektron sanoatini rivojlantirishda foydalanildi. Ko'pchiligi aqliy
mehnat jabhasiga ishga o'tkazildi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun bu
jarayon og'irroq kechdi, chunki ko'plab ishchilarni bo'shatishga to'g'ri
keldi va bu ishsizlar sonini oshishiga olib keidi.
Ishchi kuchi arzonlashib ketdi. Bu esa yangi texnologiyaga va
sarmoyaga ega bo'lgan ko'pgina ishbilarmon odamlarni bu yerga ko’p
ishchi kuchi talab qiladigan yig'ish sexlari va yig'ish konveyer liniyalarini
olib kelinishiga sabab bo'ldi. Bunda ishchilar jismoniy mehnatdan xalos
bo'lgan bo'lsalar ham, uning o'rniga bir xil zerikarli va sur'ati baland
bo'lgan ishlarni bajarishlariga to'g'ri keldi.
Ko'rinib turibdiki, bu ish turlarmi oshishiga olib keldi.
Endi aqliy mehnat bilan hayot faoliyati xavfsizligi o'rtasidagi
bog'lanishlarni ko'rib o'tamiz. Ma'lumki, aqliy mehnat bilan bajariladigan
ishlar bu uhiumiy ma'lumotlarni to'plash ya.ularni ishlatish joylariri
aniqlash uchun fikrni bir joyga to'plash hamda aqlni ishlatishni taqozo
qiladi.
Bu
odam
uchun
eng
kerakli
bo'lgan
harakatlanishni
chegaralaganligi sababli yurak qon-tomir tizimining ishini og'irlashtiradi
va harakat cheklangan organizm faolligiga qarshilik ko'rsatadi, bu esa
odamni tushkinlikka tushishiga olib keladi va ish bajarilishiga ruhiy ta'sir
ko'rsatadi. Bunda flkrlash qobiliyati, eslash qobiliyati va ma’lumot qabul
qilish qobiliyatlari susayishi mumkin.
Hozirgi zamonaviy texhologiyalarda kelib, jismoniy mehnat deyish
mumkin bo'lgan ishlar deyari yo'q. Shuning uchun umuman jismoniy ish
deb belgilanadigan ishlarni quyidagi ish turlariga bo'lish cmumkin:
anchagina
bilak
kuchini
ishlatib
bajariladigan
ishlar;
21
mexanizatsiyalashtirilgan ishlar; sanoatda yarim avtoriiatlashtirilgari yoki
to'liq avtomatlashtirilgan ishlar; ko'pchilik bilan bajariladigan ish turlari
(konveyerlar); masofadan turib boshqarish yo'li bilan bajariladigan ish
turlari; aqliy mehnat.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti yuqori bosqichlarga ko’tarilgan
bo'lishidan qat'i nazar, qo'l mehnati hali hamma jabhalarda yo'qolib
bormoqda deb aytish ancha qiyin. Albatta qo'l kuchi bilan bajariladigan
ishlar inson organizmi tomonidan ko'p miqdorda energiya sarflanishini
talab qiladi. Bu jshlarni mexanizatsiyalashtirish esa ishchi kuchi sarflab
ishlahadigan ba'zi jarayonlarni anchagina qiyinlashtirilgan programmalar
asosida
ishlashga
olib
keladi.
Mexanizatsiyalashtirilgan
sanoat
korxonalarida endi qo’lning hamma muskullari kuchi sarflanmasdan, balki
qo’l uchlaridagi muskullarning ishlash faolligi ortadi.
Chunki bunday sharoitda faqatgina mexanizatsiyalashtirilgan
vositalarning boshqarish tugmalarinigina bosishga to'g’ri keladi va bu
ishlar tez va aniq bajarilishini talab qilganligi sababli va bundan tashqari
boshqarish mexanizmlarida bajarilayotgan ishlar murakkab boshqarish
pultlarida amalga oshirilsa, bunda juda katta miqdordagi axborotlar
majmuasidan foydalanilsa, bu ishlarning bir xilligi va doimo bir xil ishni
qayta-qayta bajarish inson organizmida fikrlash qobiliyati susayadi,
reaksiyasi tezligi pasayadi va juda tez toliqish boshlanadi.
Yarim avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonida odam
bajarayotgan ishning tashqi tomonida faqat kuzatuvchi sifatida qatnashadi,
chunki boshqa ishlov berish ishlarini mexanizmlar bajaradi. Bu yerda
odamning asosiy vazifasi mashina bajara olmaydigan mayda-chuyda
ishlarni bajarib, mashinaga xizmat ko'rsatish bolib qoladi: ishlov berilishi
kerak bo'lgan materialni mashinaga o'rnatish, mexanizmni ishlatib
yuborish, tayyor bo'lgan mahsulotni olish. Bu ishlardagi asosiy tavsif
tomoni ishlarning doimo bir xilligi, ish bajarish tempi yuqoriligi, ishda
tezkorlik va ijodiy yondashish masalalari yo'qotiladi.
Ish faoliyatining konveyer turida ish mayda-mayda bo'lakchalarga
bo'linib, bar bir bo'lakni bitta odam bajaradi va bunda kerakli mahsulotlar
va detallar konveyer yordamida o'sha ish bajarilayotgan joyga yetkazib
beriladi. Bu ish turida ishning ma'lum ritmga rioya qilinishi va bu ritmning
juda tez kechishi va har bir bajariladigan operatsiya aniq tartibni va ketma-
ketlikni talab qilishi ishchidan maksimal diqqatni talab qiladi va bu ish
turida iloji boricha konveyer tezligini saqlash talab etiladi. Bunda bir xil
uncha katta bo'lmagan operatsiya doimo takrorlanganligi sababli, ishchini
tezda toliqishi va asab tolalarining tarang tortilishiga olib keladi va bu
.
22
asabiy toliqish salbiy hodisalar kelib chiqishining asosiy omili
hisoblanadi.
Ish bajarishning masofadan turib boshqarish turida ish. bajaruvchi
kishi ma’lum bir ishni bajarish uchun emas, balki umumiy texnologik
jarayonning bir halqasiga aylanib qoladi. Bunda uning asosiy vazifasi pult
yordamida texnologik jarayonga ta'sir ko'rsatishga tayyor holatda bo’lishni
taqozo qiladi. Shuning uchun ishchi doimo biror bir vazifani bajarishga
tayyor holatda bo'lsa ham, uning umumiy fiziologik faoliyatida
chegaralanish vujudga keladi. Demak, masofadan turib boshqarish
vazifasini tez-tez texnologik jarayonga aralashib turilgandagina odam
ma'lum darajada o'z ishidan qoniqish hosil qiladi.
Aqliy mehnatni bir necha turkumlarga bo’lib qarash maqsadga
muvofiqdir. Bular: operatorlik ishlari, boshqarish, ijodiy, tibbiyot
xodimlarining mehnati, o'qituvchilar mehnati, o'quvchilar va studentlar
mehnati sifatida tavsiflanishi mumkin.
Masalan, operatorlik mehnati umumiy aqliy mehnat turlari ichida
katta ma’suliyat talab qiladigan va nihoyatda ko'p miqdordagi
ma'lumotlarni o'ziga jamlagan holda ma'lum yechimga kelishni talab
qiladigan mehnat turi hisoblanadi. Bu albatta, inson organizmini asabiy
zo'riqishga olib keladi. Masalan, aviadispecherlarning mehnati haqida so'z
yuritsak, ularning qanchadan-qancha ma'lumotlarni hisobga olgan holda
ayrim yechimga kelishi uchun vaqt chegaralangan holatda ma'um
xulosaga kelish talab etilishi, albatta, katta ma’suliyat va qo'yilgan
vazifani aniq bajarishga intilish asabiy zo'riqishga olib keladi.
Boshqaruvchi rahbar xodimlarning mehnatini ham xuddi shu
aviadispecherlar xizmatiga taqqoslash mumkin, chunki bularning
mehnatida ham ma'lum bir korxonaning ish faoliyatidan kelib chiqishi
mumkin bo’lgan hamma nosozliklarning oidini olish, odamlar, ya'ni
ishchilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bir qatorda texnologik
jarayonlar ishini bir maromda olib borish va umumiy ish faoliyatini
boshqarish qanchadan-qancha asabiy zo'riqishlarga olib kelishini
tasavvur qilish mumkin. Bunda yana umumiy ishga javobgarlik hissi ham
kelib qo'shiladi.
O'qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ishida ham o'ziga xos
xsusiyatlar mayjud. Bular doimo odamlar bilan muloqotda bo'ladilar.
Ularga turli-tuman ma'lumotlar har lahzada kerak bo'lib turadi va buning
ustiga vaqt tanqisligi holatida aniq bir yechimga kelish kerakligi ularning
mas'uliyat hissini oshirib yuboradi va bu o'z navbatida asabiy va
emotsional zo'riqish paydo bo'lishiga olib keladi.
23
Ijodiy ish mehnat qilishning eng murakkab formasi hisoblanadi.
Bu mehnatda, albatta, birinchidan katta bilim va yetarli darajadagi sohada
bo'ladigan ma'lumotlar, fikrlash qobiliyati va eslash qobiliyati kabi asabiy
zo'riqish paydo qiluvchi xodimlar: bular ilmiy xodimlar, konstruktorlar,
yozuvchilar rassomlar va arxitektorlarning mehnati hisoblanadi. Bunday
mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo'riqishlarni talab qiladi.
Bunday mehnat qiluvchilarda texnokardiya va qon bosimini oshishi,
kislorodga organizm talabining oshishi, tana haroratining oshishi kabi
funksional o'zgarishlar bo'lishi kuzatiladi.
Odamning ish jarayonida energiya sarflashif ishning og'ir-
yengilligiga, ya'ni muskul energiyasini sarflashiga, ishga taalluqli bo'lgan
ma'lumotlarning zarurligiga, emotsional zo'riqishning darajasi va boshqa
sharoitlarf (havoning harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligi) ga
ham bog'liq bo'ladi. Masalan, aqliy mehnat qiluvchilar (o’qituvchilar,
tibbiyot xodimlar va muhandislar) ning bir kecha-kunduz davomida
sarflagan energiyalari 10,5-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda
va xizmat ko'rsatish jabhalarida jshlayotganlar 11,3-12,5 MJ ni va og'ir
mehnat qilayotganlar esa 16,3-18 MJ energiya sarflashi aniqlangan.
Mehnatda energiya sarflash mehnat qilish holatiga ham bog'liq
bo'ladi. O'tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10%
ortiq energiya sarflaydi. Tik turib ishlaganda 10-25%, majburiy nobop
sharoitda esa 40-50% ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat qilish
jarayonida bosh miya ishi uchun sarflanadigan energiya miqdori umumiy
organizm sarfidan 15-20% ortiq bo'ladi (bosh miya hajmi tana hajmining
2%uni tashkil qiladi). Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya
miqdori odamning asab-emotsional holatiga bog'liq bo'ladi. Masalan,
o'tirib ovoz chiqarib o'qish jarayonida energiya sarfi 48% ga ortadi,
ko’pchillikka ma'ruza qilgan vaqtda 94% ga ortadi va hisoblash
mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60-100% ga ortishi
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |