13-modda.Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok
etishlari mumkin.
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni
bartaraf etish choralari to`g’risida davlat hokimiyat va boshqaruv
organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan
tartibda axborot olish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |