91
V
V.3. Shovqinni hisoblash
Yangi sanoat korxonalarini va sexlarip loyihalashda shu sanoat
korxonasi va sexlarida kelib chiqishi mumkin bo'lgan shovqin bosimi
darajalarini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. .Ma'lumki, shovqin
chiqaruvchi mashina va mexanizmlar sanoat korxonasining biror sexida
joylashganligini hisobga olib, ana shu shovqinni tevarak-atrofdagi; ishlab
chiqarish korxonalarida, aholi yashash joylariga shovqin ta'sirini
kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonani loyihalash davrida
hisobga olinadi. Shovqinni hisoblash asosan, quyidagi vazifalarni o'z
ichiga oladi:
1) Ma'lum nuqtada shovqin chiqarishi mumkin bo'lgan va shovqin
tavsiflari aniq bo'lgan shovqin manbaining shovqin bosimi darajasini
aniqlash.
2)Shovqinni kamaytirilishi lozim bo'lgan miqdori.
3) Shovqinni ruxsat etiladigan miqdorj darajasiga keltirish chora-
tadbirlari. Hisoblash nuqtasi ochiq maydonda yoki berk xona ichida
joylashgan bo'lsa, bularning har biri uchun hisoblash formulalari har
xil bo'ladi.
Hisoblash sakkizta oktava oraliq bo' yicha ayrim ayrim
o'tkaziladi. Hisoblab topilgan shovqin darajalari qiymati yo '1
qo'yilishi mumkin bo'lgan qiymatlar bilan solishtiriladi va
kamaytirilishi zarur bo'lgan shovqin darajasi miqdori aniqlanadi:
L
L
sh
qo
x
'
Agar shovqin tarqatuvchi manba xona ichida joylashgan bo'lsa,
shovqin devor, pol, shift va boshqa joylarga tegib ko'p ^marta j qaytishi
natijasida xonadagi shovqin xuddi shunday tashqaridagi shovqinga
nisbatan 10-15 dB ortib ketishi mumkin. Shuning uchun ham bino
ichida ishlayotgan mashina, bino tashqarisida ishlayotganga nisbatan
qattiqroq tovush chiqarayotgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bino
ichidagi shovqin intensivligini aniqlaganda to'g'ri kelayotgan sbovqin
intensivligi bilan birga qaytgan tovush intensivligi Iq ni ham e'tiborga
olish kerak.
I=I
t
+I
q
=(RF/S) + (4R/V),
bunda, V — xona uchun o'zgarmas miqdor bo'lib, V=A(1 – α
o’rt
) ga
92
teng; A — tovush yutish ekvivalent maydoni, A = α
o'rt
∙ S
yuza
, bunda, α
o'rt
— S yuzaga ega bo'lgan tovush yutish o'rtacha koeffitsiyenti. Shovqin
yutish koeffitsiyenti α =I
yut
/I
tush
bunda, — I
yut
yutilgan tovushning
intensivligi; I
tush
- tushayotgan tovushning intensivligi, α ≤ 1.
Shovqin manbai yaqinida shovqin darajasi to'g'ndan-to'g'ri
manbadan chiqayotgan tovush sifatida, undan uzoqlashganda esa
qaytayotgan tovushiar qo'shilgan holda ifodalanadi. Sanoat korxonalarida
I ning miqdori 0,3—0,4 atrofida bo'ladi. Shuning uchun, agar A=V deb
qabul qilsak, xatolik uncha katta bo'lmaydi:
Ba'zi bir amallarni bajarib, dB bilan belgilanadigan shovqin hisobini
quyidagicha ifbdalash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: