7-modda.OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlik uchun javobgarlik
Bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi
ostida holdirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish, shuningdek
shaxsning kasb yuzasidan o`z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni
yuqtirishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi.
8-modda.OIV kasalligi/OITS yuqqan shaxslarning sog’lig’iga
etkazilgan zararning o`rnini qoplash
Shaxsning kasb yuzasidan o`z vazifalarini bajarmaganligi yoki
lozim darajada bajarmaganligi oqibatida OIV kasalligi/OITS yuqqan
shaxslarning sog’lig’iga etkazilgan zararning o`rnini qoplash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarar o`rnining
qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod
etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |