Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

IV. 3 Matoli filtrlar 

 

Matoli  filtrlarning  ishlash  prinsiplarini  changlangan  havoning  mato 

orqali sizib o'tkazishga asoslangan bo'lib, havodagi changlar mato tolalari 

tuklariga  ilinib  qoladi,  havo  esa  tozalanib,  chiqarib  yuboriladi.  Matoli   

filtrlarning  chang  tozalash  qobiliyati  matoning  qalin  yoki  yirik 

to'qilganligiga uning tollari tarkibiga bog'liq. 

Masalan,  qalin  to'qilgan  junli  matolarda  changni  ushlanib  qolish 

imkoniyati  ko'p  va  bunday  matolarning  chang  tutish  samaradorligi  juda 

yuqori  bo'lib  95-99,9%  ni  tashkil  qiladi.  Lekin  shuni  ham  eslatib  o'tish 

kerak, bunday  matoli filtrning havo o'tkazishga qarshiligi nihoyatda katta 

bo'lib,  taxminan  1200-4000  n/m

2

  ni  tashkil  qiladi  (bunda  1200  birligini 



flltr  ishga  qo'yilgan  vaqtdagi  qarshiligi  va  4000  n/m

2

  esa  changga 



to'yingan  vaqtdagi  qarshiligi  tushuniladi).  Bunday  katta  qarshilikni 

yengish  uchun  nihoyatda  ko'p  eneigiya  sarflaydigan  ventilatorlardan 

foydalanishga to'g'ri keladi. 

Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan filtrlarning ishchi 

qismi  bo'lgan  matolarni,  siyrak  to'qilgan,  ammo  tukli  turlari  tanlanadi. 

Bunda  biz  flltr  qarshiligini  kamaytirishga  erishamiz,  shuning  bilan  birga 

sertuk  siyrak  to'qilgan  mato  orqali  o'tayotgan  changlangan  havo  o'z 

yo'nalishini  bir  necha  marta  o'zgartiradi  va  changlar  mato  g'adir-




 

 

79 



budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi. 

17-rasmda ittifoq davrida GPI -I tomonidan ishlab chiqilgan FV filtr 

sxemasi  keltirilgan.  Filtrning  changlangan  havoni  taqsimlash  va  chang 

yig'ish  kamerasi  (1)  orqali,  changlangan  havo  keskin  konus  tuzilishidagi 

diametri 240 mm va uzunligi 2755 mm bo'lgan 8 ta yeng (2) ga yuboriladi. 

Yeng  to'qimalari  orqali  changdan  tozalanib  o'tgan  havo  (3)  kamerada 

to'planadi  va  bu  yerdan  (4)  trubalar  orqali  ventilatonga  yo'naltiriladi.  VF 

filtrlar  yenglarida  ushlanib  qolgan  changlar  silkitish  hisobiga  tushirib 

yuboriladi. Buning uchun richagsimon uzatma (6) ning (5) dastasiga ta'sir 

etuvchi  kuch  uni  filtrning  A  seksiyasida  ko'rsatilgan  holatda  kelguncha 

keskin  ko'chadi  va  so'ngra  keskin  qo'yib  yuboradi  va  buning  natijasida 

yengga  ilingan  changlar  qoqib  tushiriladi.  Yenglarni  silkitib  qoqish  bir 

necha marta takrorlanadi va shuning bilan birga uning to'qimalari orasiga 

tiqilib  qolgan  changlarni  chiqarib  yuborish  maqsadida  tashqi  tomonidan 

havo  yuboriladi.  Buning  uchun  havoni  ventilatoiga  yo'naltirish  yo'lidagi 

truba  tiqin  (7)  bilan  berkitiladi  va  tashqaridan  havo  kirish  yo'li  (8)  ochib 

qo'yiladi. Qarama-qarshi tomondan yo'nalgan havo yenglarning to'qimlari 

orasiga  tiqilib  qolgan  changlarni  chiqib  ketishini  tezlashtiradi.  Shundan 

keyin  yirik  changlar  (9)  bunkerga  yig'iladi,  mayda  changlar  esa  havo 

harakati natijasida yondagi seksiyadagi yenglarga yo'naltiriladi. Filtr havo 

o'tkazmaydigan metall qobig'i bilan o'ralgan. 

Hozirgi  vaqtda  ishlash  tartibi  xuddi  shunday  bo'lgan  va  hozirgi 

zamon talabiga javob beradigan, maxsus silkitib-qoqish mexanizmiga ega 

bo'lgan flltrlar yaratilgan. Ulardan biri FRM filtri (16-rasmda) ko'rsatilgan. 

FRM filtri (6), (8) yoki (10) seksiyadan iborat bo'lib har bir seksiya 

(10)  yengdan  tashkil  topgan  har  bir  yeng  keskin  konus  formasida  bo'lib 

250x200  mm  diametrni  va  uzunligi  2500  mm  ni  tashkil  qiladi.  Har  bir 

yengning  filtrlash  yuzasi,  1,85  m2  ni  tashkil  qiladi.  Changlangan  havo 

yig'ish kamerasi (I) ga yuboriladi. Uning ostida (2) bunkeri joylashgan. 



 

 

80 



 

 

16-rasm. Yengsion matoli filtrning umumiy ko'rinishi. 



 

Filtrga  havoni  gorizontal  va  vertikal  sholatdagi  truboprovodlar 

orqali  yo'naltiriladi.  Ammo  gorizontal,  yo’naltirgan  ma'qulroq,  chunki 

bunda  bunkerda  yig'ilgan  changni  to'zg'itib  yuborish  imkoniyati  kamroq. 

Kameraga  kirgan  Changlangan havo  tarkibidagi  yirik  changlar  to'g'ridan-

to'g'ri bunkerga tushadi. Mayda changlar bilan Changlangan havo yenglar 

(3)  ga  yo'naladi  unda  mayda  changlardan  tozalanadi.  Yenglar  orqali 

tozalanib  o'tgan  havo  4-kameraga  o'tadi  va  undan  ventilator  yordamida 

so'rib tashqariga chiqarib yuboriladi. 

Bu filtrning ishlash  jarayonida uning  seksiyalaridan  biri to'xtatilib, 

silkitib-qoqish  yo'li  bilan  yenglarni  changdan  tozalanadi.  Har  bir 

seksiyadagi  yenglarni  galma-gal  silkitib  qoqish  ishini  maxsus  ekssentrik 

mexanizm  bajaradi.  Bu  mexanizm  filtrning  yuqori  qismiga  o'rnatilgan. 

Silkitib qoqish vaqtida yenglar osib qo'yilgan asos  yuqoriga ko'tariladi va 

o'z og'irligi ta'sirida keskin pastga tushadi. Yenglarni silkitib-qoqish bilan 

birga  uning  qarama-qarshi  yuzasi  orqali  havo  yuborib  puflanadi. 

Yenglarni tozalash uchun seksiyalardan biri to'xtatilishi bilan 4-kameraga 

havo  ochiladi.  Filtr  havo  so'rilish  holatida  bo'lganligi  sababli  (chunki 

ventilator  havoni  filtr  orqali  so'radi)  xonadagi  havo  xuddi  shu  seksiyaga 

tomon  so'riladi,  buning  bilan  yengning  to'qimalari  orasiga  siqilib  kirgan 

changni  chiqarib  yuboriladi.  10  marta  keskin  silkitib-qoqish  va  qarama-

qarshi  tomonidan  havo  berish  bilan  tozalangan  filtr  ishga  tushib  ketadi. 

Filtrni bir seksiyasini tozalash 3—5 minut davom etadi. 



 

 

81 



 

17-rasm.FRM filtri. 

 

Bunday  filtrning   havo hozaiash  samaradoriigi   99-99% ni tashkil 



qiladi. Havo tozalash quwati 5—8 m

3

/s. Qarshiligi 1000— 2500 Pa. Agar 



tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo'p bo'lmasa, unda tozalash 

uchun  filtrning  o'zi  yetarli  hisoblanadi.  Agar  chang  haddan  tashqari  ko'p 

bo'lsa  ikki  pog'onali  tozalash  qurilmasi  ishlatilib  uning  birinchi 

pog'onasiga siklon va ikkinchi pog'onasiga filtr ishlatiladi.  

Shuni  ta'kidlab  o'tish  kerakki,  filtr  asosan  changlar  qimmatbaho 

bo'lganda  (oziq-ovqat  mahsulotlari  changi  va  ba'zi  qimmatbaho  metallar) 

yoki  tarkibidagi  chang  odam  sog'lig'i  uchun  xavfli  bo'lgan  hollarda 

ishlatiladi. Chunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgani uchun va bu 

qimmatbaho matoni tez-tez yangilab  turish kerakligini hisobga  olsak, bu 

fikr tushunarli bo’ladi. 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish