XXI bob
. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ASOSLARI
1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi
tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga
qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat
muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi
darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan key in 1990-yil iyulda
Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib
kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga
"Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish
haqida bu\ruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi
o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha
ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning
o’zida HFX fani yangi predmetdir. u ma’lum qoidalarning mexanik
ravishda o'qitilishi emasdir.
Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining
maqsadi turadi.
Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari bilan
qiziqadi, fuqaro muhofazasi esa uning favqulodda holatlari bilan qiziqadi
va o'rganadi.
HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan
qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi
405
va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq
vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi.
HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi.
Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor
"Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan
edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati
jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy
aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi.
Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni
faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan
barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun,
xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi.
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan
olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning
yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda,
jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot
sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga
oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan
tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta
aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy
dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «inson-
muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka
erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf
qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar
insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir.
Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab
qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi.
Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va
talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni
tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni
barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq
xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa
qo'shadi.
Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib,
406
u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-
to'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish
qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni
ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi
ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab
chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini
hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologic aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni, hamda ishni hayot faoliyati sharoitiga javob
bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Identiflkatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish
uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish
ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash
o’chamlar aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini
xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan
oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.
Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil
og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan
kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni
baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy
ko’rsatkichlaridir.
Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning
logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi.
Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u
ko'p sabablidir.
Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga
va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar
(katastrofalar) va boshqalar. Bu ko'ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi
hodisa, ta'sir va boshqa jarayonlar
xavflar
deb ataladi. Xavflir yashirin
(potensial) va real turlarga ajratiladi.
Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: Hayotga tahlika,
sog'liqqa zarar, inson a'zolari ishlashining qiyinlashishidir.
Potensial xavf amalga oshishi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |