Yong'inga qarshi suv ta'minoti
. Odatda o't o'chirish uchun
ishlatiladigan
suv
katta
bosim
ostida
kuchli
oqim
sifatida
alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun yetarli bo'lgan bosimni
shahar sharoitida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali hosil
qilinadi. Yoki bo'lmasa ba'zi bir yerlarda maxsus tayy-orlangan hovuz va
idishlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko'pincha yong'in
o'chirish uchun vodoprovod tizimlarini shahar sharoitlarida ham o'tkazish
maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun sanoat maqsadlarida va o't
o'chirishda ichimlik suvlari vodoprovodlaridan foydalaniladi.
Past bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi
ma'lum miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 m uzoqlikka o'tishi
kerak.
Yuqori bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimida esa ma'lum
miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan
kamida 10 m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalar vodoprovod
baklarini yetarli darajadagi balandlikka o'rnatish bilan yoki ayrim hollarda
nasoslar yordamida bajariladi.
Sanoat korxonalarida o't o'chirish uchun kerak bo'ladigan suv
miqdori sanoat korxonasining yong'in toifasi va bu binoning o'tga
chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong'in o'chirish uchun suvning
miqdori 10 1/s dan 40 1/s belgilanadi. Agar yong'inni o'chirish uchun
vodoprovod tizimidan suv olishining texnik to-monidan mumkin bo'lmasa
(masalan, ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali
keltirilayotgan bo'lsa), unda sanoat korxoalari hududida suv saqlovchi
qurilmalar tashkil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalardan yong'in
vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga yetadigan bo'lishi
kerak.
Yong'inga
qarshi
ko'rilgan
vodoprovod
tizimlari
aylanma
vodoprovod tizimiga ikkita suv quvuri bilan ulanadi. Yong'inga qarshi
gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq
369
bo'lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko'chalar
kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo'lmasligi kerak.
Yong'inga qarshi vodoprovod har qanday sanoat korxonasida
o'rnatilishi shart. Binolari I va P darajadagi ba'zi bir o'tga chidamli
konstruksiyalardan qurilgan binolarda G va D toifadagi sanoat korxonalari
bundan mustasno.
Yong'inga qarshi vodoprovodlar binolar ichida sanoat maqsad-larida
qurilgan vodoprovodlar bilan birlashtirilishi mumkin.
Yong'inni
ichkari
tomonidan
o'chirishga
mo'ljallangan
vodoprovodlardagi suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv
berilganda, har biri 2,5 1/s suv miqdorini ta'minlay olishi kerak.
Bunda suv bosimi suvni kamida bm masofaga yetkazib berishi
kerak. Yong'in o'chirish yenglari yumshoq to'qima materiallardan
ishlangan bo'ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning
uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o'rnatilgan yong'inga qarshi
gidrantlar oralig'i 10 yoki 20 metrli yenglar yordamida yong'inni o'chirish
uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala
gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o'rnatiladi.
Ichkarida o'rnatilgan yong'in kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikda
o'rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |