standartlash, havo holati ustidan nazorat qilib turish, zaharlarning ta'sir
qo'llash, samarali shamollatish tizimlarini o'rnatish ishchilarga sanitariya
va texnik shartlariga zararli moddalarning zaharlilik ta'riflarini kiritishni
talab qiladi bular texnologik reglamentlarda ham bo'lishi kerak. Xom
chiqishiga va ularni ishchilarga ta'sir sabab bo'la oladigan xom ashyo
52
tashlanishi yoki yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan miqdorini
chegaralashdan iborat. Masalan, bosmaxona qotishmalaridan qo’rg’oshin,
kislotalar va metallar sostavidan mishyakni (ularning o'zaro ta'siridan juda
zaharli gaz arsin hosil bo'ladi) butunlay chiqarib tashlash misol bo'la oladi.
Ishlab chiqarish zaharlanishlariga qarshi kurashning yo'llaridan biri
ish zonasidagi havo muhiti holati ustidan nazorat o'rnatish hisoblanadi.
Standart bo'yicha xavflilikning 1-sinfi moddalari uchun nazorat zaharli
moddalarning zichlik miqdorinigina faqat qayd qilib qo'ya qolmasdan,
balki yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegara miqdor (YQMBChM PDK)
oshgan taqdirda zarur choralar ko'rish uchun tovush va yorug'lik
signallarini ishga soladigan avtomatik yoqish asboblari bilan ta'minlangan
holda uzluksiz bo'lishi kerak.
Xavflilikning 2-4 sinflaridagi moddalar muntazam ravishda reja
asosida (mehnat sharoitlariga gigienik baho« berish, zaharli moddalar
ajralishini aniqlash va ajralish sabablarini bartaraf qilish) va ayrim
shoshilinch sharoitlarda kasbga doir zaharlanishlarning sabablarini
ishchilardan so'rab suriihtirib nazorat qilinad. GOST bo'yicha nazorat
usullari va asboblarining sezuvchanligi YQMBChM (PDK) darajasidan
0,5 dan past bo'lmasligi, xatosi-esa aniqlanayotgan miqdordan 25% dan
oshmasligi kerak. Zaharianish xavfi, odatda reja asosida ta'mirlash
ishlarini o'tkazishda va favqulodda holatlarda ortadi. Bunday hollarda ish
joylaridan zaharli moddalarni havo bilan haydash, yuvish, gazsizlantirish
yo'li bilan tozalanishi lozim. Ishchining xavfli zonada, uskunalar va katta
hajmdagi idishlar ichida bo'ladigan vaqtini chegaralash, maxsus kiyimlar
kiyish,
protivogaz
va
boshqa
shahsiy
muhofaza
vositalaridan
foydalanish,tishlarni to'g’i tashkil qilish, shoshilinch tibbiy yordam
ko'rsatish ham muhim hisoblanadi.
Zaharianishga qarshi kurash sanitariya texnikasining muhim va
tarqalgan turi samarali. shamollatish usuli katta ahamiyatga ega. Unga
qo'yiladigan asosiy gigienik talab, zaharli moddalarni ular hosil bo'ladigan
zonadan sex havo muhitiga tarqatmasdan joylardan so'rish msuli bilan;
tashqariga chiqarib yuborish, zaharlar havo muhitiga tarqalgan taqdirda
esa, sof havo berish va zaharlar miqdorini YQMBChM gacha pasaytirish
yo'li bilan ularni kuchsizlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: