Ketma-ket chulg‘amli dvigatellarning ishga tushirish qarshiliklarini va sun’iy tavsiflarini hisoblash. Sun’iy mexanik tavsiflar kataloglardagi mexanik tavsif asosida hisoblanadi. Hozirda EHM larning keng qo‘llanilayotganini nazarda tutib, hisoblashning grafik usulini emas, balki analitik usulini ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib mashinaning tabiiy mexanik tavsifi, ya’ni n = f (i), bu yerda: I = Iya = Iqch — yakor toki bo‘lib, mashina normal sxemada ulanganda qo‘zg‘atish tokiga tengdir; Rqch — dvigatelning yakor zanjiriga ulangan qo‘shimcha qarshiliklar yig‘indisi:
Rq = Rya + Rqch + Rqq, (2.52)
2.16- rasm. ДП rusumidagi ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatellarning
universal tavsiflari: 1 — n = f (iya) 2 — m = f (iya).
bu yerda: Rya, Rqch va Rqq — mos ravishda yakor, qo‘zg‘atish chulg‘ami va qo‘shimcha qutblar qarshiliklari.
U holda quyidagini yozishimiz mumkin:
(2.53)
bu yerda: Et(I ) va F(I ) lar dvigatel tabiiy tavsifidagi EYK va magnit oqimi sxemada yakor tokiga teng bo‘lgan qo‘zg‘atish tokining funksiyasidir.
Bunda (2.53) ko‘rinishdagi tabiiy tavsifga ega bo‘lgan holda quyidagi ifodani olish mumkin:
CEF(I ) = (En-1)t (2.54)
Shunday qilib, (2.54) ko‘rinishdagi bog‘lanish mashinaning magnitlanish egri chizig‘iga proporsional bo‘ladi. Bu yerda mashinaning to‘yinishi hisobga olinadi va ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg‘amidagi yakor reaksiyasining magnitsizlantirish ta’siri bartaraf etiladi. Bundan tashqari bir xil qo‘zg‘atish tokida har qanday sun’iy va tabiiy elektromexanik tavsif uchun:
CEF(I )=f (I )=(En-1)c=(En-1)t. (2.55)
Bu yerda c va t belgilari sun’iy va tabiiylikni bildiradi. Shuning uchun bitta tabiiy tavsifga ega bo‘lgan holda berilgan qo‘shimcha qarshilik Rqo‘sh berilganda R = Rq + Rqo‘sh ni hisoblab, har qanday sun’iy tavsifni qurish mumkin. Shundan so‘ng quyidagini aniqlaymiz:
(2.56)
Bunda U, Rq, R ning qiymatlarini berib, ularga mos keladigan (En-1)ti qiymatlari aniqlanadi. Shundan so‘ng ushbu tok qiymatlarida sun’iy tavsifdagi EYK Esi larning qiymatlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Eci=U-IiR .
(2.56) formula orqali nci ning qiymatini Eci ni (En-1)ti ga bo‘lib hisoblanadi.
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelini sun’iy mexanik tavsifini hisoblash uchun Ii toklariga mos keladigan Mi elektromagnit momentlarini aniqlash zarur. (2.55) ifodani hisobga olgan holda quyidagini aniqlaymiz:
(2.57)
Bu yerda CM dvigatel momentini N.m larda tavsiflaydi, CE esa mashina EYK ni tavsiflaydi, bunda aylanish harakat tezligi ayl/min da o‘lchanadi. U holda CMCE-1 = 30p-1 = 9,55 ga teng bo‘ladi va (2.57) tenglamani quyidagi ko‘rinishshda yozamiz:
Mi = 9,55(En-1)ciIi. (2.58)
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatel uchun ishga tushirish qarshiliklari ham nurli diagrammalarni qo‘llagan holda analitik usulda yoki grafik usulda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |