Kesishdagi issiqlik manbalari. Qirindi o‘rtacha haroratining maksimal qiymatlari


Kesish zonasidagi harorat maydoni



Download 1,76 Mb.
bet6/9
Sana26.09.2021
Hajmi1,76 Mb.
#185926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404477349 53777

Kesish zonasidagi harorat maydoni. Qirindi va detal bilan birga kesuvchi asbobning kontakt yuzasidagi haroratni nazariy hisoblashda, shuningdek kesuvchi asbob, qirindi va detallarning harorat maydonlarini tekshirishda bir qator tadqiqotchilar usullaridan foydalanib kelinmoqda.

Kesishdagi issiqlik jarayonlarining hisobiy sxemasini tuzishda uchta tekis issiqlik manbalari bor deb hisoblanadi (qf, qtp, qtz). Deformatsiya issiqligini, ON (shakllar-38,39) siljish tekisligida joylashgan tekis manba ko‘rinishda tasvirlab ko‘rsatiladi. Bu issiqlikning bir qismi 39-shaklda ko‘rsatilgan manbani qf hosil qilib detalga o‘tib ketadi. Boshqa qismini esa qf qirindi olib ketadi va oldingi yuzada ishqalanish issiqligini bxC o‘lchamdagi maydonda joylashgan tekis manbasi ko‘rinishida bo‘ladi. Ketingi yuzada esa bxh o‘lchamdagi maydonda joylashgan tekis manba (qtz) ko‘inishida bo‘ladi (shakl-39).






38-шакл. Кескичнинг температура майдонини аниылаш ъисоб схемаси

Sovituvchi muxitning tasirini issiqlik oqimlari ko‘rinishida tasvirlanadi:

1. qon miqdorida oldingi yuza maydonida (b1c1-bc);

2. q03 miqdorida ketingi yuza maydonida (b2h2-bh);

3. q0s miqdorida qirindining yuqori va qoc – rezets oldi yuzalarda;

4. Kesish yuzasining SQ uchastkasidagi miqdori.

Issiqlik manbalari va oqimlari chegaralaridan tashqarida joylashgan kesuvchi asbob, qirindi va detalning hamma yuzalari adiabatik hisoblanadi, yaoni issiqlik atrof-muxitga tarqalmaydi. Hisobni juda ham murakkablashib ketganligi sababli o‘simta hosil bo‘lish xodisasi hisobga olinmaydi.

Bundan tashqari issiqlik o‘tkazuvchanlik va harorat o‘tkazuvchanlik koeffitsientlari , solishtirma issiqlik siьimi hamma nuqtalarda haroratga boьliq bo‘lmaydi deb hisoblanadi. Haroratning zarur diagnozi uchun issiqlikning fizik koeffitsientlari qabul qilinsa, u holda hisob xatoligini minimumgacha olib kelinadi.



Issiqlik hosil bo‘lish oqimlarining jadalligi, kesish kuchlarini tadqiqan tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Ishqalanish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlikni ishqalanish kuchining kontakt yuzalarining o‘zaro siljish tezligiga ko‘paytmasiga teng deb olib, ishqalanish kuchi ishini hisoblash bilan topiladi.

40-shaklda keskichning hisobiy yo‘l bilan olingan oldingi yuzasidagi va asosiy kesuvchi tekislikdagi harorat maydonalari ko‘rsatilgan.Tutash chiziqlar bilan izotermalar, shtrixli strelkalar bilan issiqlik oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Qirindida harorat maydoni notekis bo‘ladi. Qirindi keskichning oldingi yuzasiga yopishgan tomonida ko‘p qizdirilgan bo‘ladi, qarama-qarshi tomonida esa kam qizdirilgan bo‘ladi. Qizish notekisligi juda yuqori bo‘ladi, issiq likning katta qismi qirindining keskich usti qatlamida to‘planadi.

SHuningdek detaldagi harorat maydoni ham notekis bo‘ladi. Detalning keskich orqa yuzasiga yaqin yuzasi ko‘proq qiziydi. Kesish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, detalning pastki qatlamidagi va yuzalaridagi harorat darajasining farqi shuncha sezilarli bo‘ladi. Kesish tezligi yuqori bo‘lganda,kesuvchi asbobga yaqin bo‘lgan metallning yupqa qatlamida to‘planadi. To‘g‘ri, bu yerda tekshirilayotgan harorat kesuvchi asbobning oldingi yuzasidagi haroratga qaraganda 2-3 marta kam bo‘ladi.

Keskichning issiqlik maydonida uchta harakterli oblastlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi oblastdagi eng katta harorat kuzatiladi, izotermalar qizish markaziga nisbatan deyarli kontsentrik joylashadi.

Ikkinchi oblast kesuvchi tiь cho‘qqisida joylashgan bo‘ladi.

Issiqlikning bir qismini kesuvchi asbobdagi detalga o‘tib ketishi sababli harorat ikkinchi zonada kichikroq bo‘ladi. Izotermalar kontakt maydoniga parallel ravishda joylashgan issiqlik oqimlari kesish yuzasiga yo‘nalgan bo‘ladi.

Uchinchi oblast kesuvchi qirradan (1,5-2,0)0S (shakl-40) masofada uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Izotermalar aylana yoyiga yaqin bo‘ladi.

Izotermalarning joylanishi va shakli, kesuvchi asbob yeyilish uchastkalarining joylashishi va shaklini eslatadi. Issiqlik oqimlari buyumdan kesuvchi qirralar tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi.


shakl. SHX15 po‘latni kesishdagi keskichning temperatura maydoni



(V=13m/sek; t=4,1 mm; S=0,5 mm/ayl),

Harorat maydonlarini analitik ravishda tadqiq qilish metallarni kesishda issiqlik balansini tuzishni taqozo etadi. 41-shaklda T14K8 qattiq qotishmasidan tayyorlangan o‘tkir keskich bilan po‘lat SHX15 ni yo‘nishda kesish tezligining o‘zgarishi bilan issiqlik miqdorining o‘zgarish diagrammasi ko‘rsatilgan. Bu diagramma hisobi analitik usul bilan qurilgan.


shakl. Kesishdagi issiqlik miqdorining o‘zgarish diagrammasi




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish