Bosh oldingi burchak “ ” bosh kesuvchi qirraga nisbatan normal tekislikda qaraladi, u 5-300 oraliqda tyebranadi.
Bosh orqa burchak “ ” freza o’qiga nisbatan normal tekislikda qaraladi u 15-300 oraliqda bo’ladi.
Kesish tartibi elementlari. Kesish chuqurligi asosan belgilangan quyum orqali aniqlanadi.
Frezalashning turli usullarida kesish chuqurligini aniqlash sxemalari 20.5- rasmda keltirilgan.
Frezalash dastgohlarida surish gorizontal va vertikal tekisliklarda bo’lishi mumikin.
Surish uch xil o’lchamli bo’ladi:
sz – mm/tish – bitta tishga surish;
so mm/ ayl –frezaning bir aylanishiga surish;
sm – mm/min – bir minutdagi surish.
Ular orasida quyidagi bog’liqlik mavjud:
so =sz * z , mm/ayl:
sm = sz * z *n, mm/min.
Kesish tezligi V quyidagi formuladan aniqlanadi.
m/min
Bu yerda: D– freza diametri, mm
n – frezaning aylanishlar soni, min-1
Asosiy vaqt:
min.
Bu yerda:ℓ - ishlov berilgan yuza uzunligi; y-botish kattaligi: -silindrik va diskli frezalar uchun; - chiqish kattaligi (1-5 mm).
silindrik
silindrik
yoinli
silindrik
diskali
ariqchali
oxirli
burchakli
|
shponkali
silindrik
shakildor
silindrik
|
20.5 –rasm. Frezalashdagi kesish chuqurligi va ishlov berish enini aniqlash sxemalari
Frezalashning ravonligi. Frezaning to’g’ri tishli tishi tayyorlamaga kiradi va butun eni bo’yicha undan chiqadi. Natijada, qirindining ko’ndalang kesish maydoni noldan, tish qirindi ostida bo’lganida maksimumgacha o’zgaradi. Tish kontaktdan chiqishida qirindi kesishi keskin kamayib nolga tushadi, kesish kuchi va momentni keskin tyebranishi natijasida asbobga, dastgoh va tayyorlamaga notekis davriy kuchlanish ta’sir etishini keltirib chiqaradi. Bunday ishni siltanib amalga oshirilishi freza, dastgohni vaqtidan oldin ishdan chiqishiga, ishlov berilgan yuza sifatini yomonlashishiga va kesish tartibini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Agar ishlov berishda bir emas bir nechta tish ishtirok etsa frezalashni bir tekisda o’tishi keskin ortadi, lekin to’g’ri tishli frezalarda to’la bir tekisda frezalashni taminlashini imkoni yo’q.
Faqatgina spiral tishli frezalardagina xar bir tishni kesuvchi qirralari asta -sekin tayyorlamaga kirib va undan asta-sekin chiqishi natijasida to’la bir ravonda frezalashga erishishi mumkin.
Frezalash eni teng yoki frezaning o’q bo’yicha qadamiga karrali bo’lsa qirindini kesish maydoni o’zgarmas bo’ladi. “h ” yoki BqK ho, bu yerda h - frezaning yon qadami; K - butun son; h = ho ctg ω (20.6-rasm)
Frezalash ikkita sxema bo’yicha amalga oshirilishi mumkin(8.7-rasm):
-tezlik vektori surish bilan bir tomonga yo’nalgan bo’lsa yo’lakay frezalash dyeyiladi;
-tezlik vektori v surish bilan teskari yo’nalishda bo’lsa - qarama-qarshi frezalash dyeyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |