KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY
ASOSLARI.
Qirindi turlari.
Qirindining qirishuvi.
Usimta paydo bo’lishi va uning kesish jarayoniga ta`siri.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Arshinov V.A., Alekseev G.A. Rezanie materialov i rejushiy instrument.- M., 1976.
Ivanova G.A. Osnovы teorii rezaniya, instrumentы stanki. -M., 1953.
Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarni kesib ishlash, stanoklar va asboblar. – Toshkent, 1976.
Nikiforov V.M. Metallar texnologiyasi va konstruktsion materiallar. Toshkent, 1976.
Gorbunov B.I. Obrabotka metallov rezaniem, metalorejushie instrumentы i stanki. -M., 1981.
Granovskiy G.I., Granovskiy V.G. Rezanie metallov. -M., 1985.
Kesish jarayonining asosiy mazmuni.
Kesish jarayoni shundan iboratki, bunda kesuvchi asbob uziga kuyilgan R kuchning ta`siri bilan ishlanadigan materialga botishiga intilib, oldin unda elastik kuchlanishli (elastik deformatsiya) xolatini, keyin plastik deformatsiyani yuzaga keltiradi. Asbobning botishi chuko’rlasha borib, kesiluvchi kavatda kuchlanish oshadi. Bu kuchlanish ishlanadigan materialning mustaxkamligidan oshgandan keyin, uning zarrachalari ajralib chikadi. Materialdan deformatsiyalanib va kesilib chikqan kavat qirindi deb ataladi. Kesish davomida materialdan qirindi elementlari uzluksiz ajralib chikishi natijasida, tayerlanma chizmada berilgan ulcham va rasmni ola boshlaydi. Metallarni va boshka materiallarni kesib ishlashda bir-biridan kattaligi va rasmi bilan fark kiladigan turli xil kesuvchi asboblar ishlatiladi, birok ularning xammasida kesuvchi qismining ishlashi takriban bir xil bo’lib, kesuvchi qism pona rasmida tuzilgan. Kesuvchi asboblardan tokarlik va randalash keskichlari asosiylari bo’lib, bo’lar oddiy tuzilishga ega. SHu sababdan, fizikaviy asoslarni
keskichlarda ko’rib utamiz va bu natijalar boshka turdagi asboblarga xam tegishli bo’ladi.
Asbob kesish jarayonini amalga oshirishi uchun, unga kuyilgan kuch (R) materialning kesilishiga karshilik ko’rsatuvchi kuchlari, ya`ni elastik va plastik deformatsiyaga karshilik ko’rsatuvchi, asbob oldingi va keyingi yuzalarining ishlanadigan material bilan ishkalanish kuchlaridan katta bo’lishi (ya`ni ularni enga bilishi) shart.
Plastik deformatsiya yuzaga kelisёhida materialning bir kavati ikkinchi kavatiga nisbatan siljiydi, natijada issiklik xosil bo’ladi va metallning xossalari uzgaradi. Deformatsiyalangan kavatning qattiqligi va murtligi oshadi. Kesishga yuzaga keladigan plastik deformatsiya ish unumdorligiga, asbobning turgunligiga va ishlangan sirtning sifatiga katta ta`sir kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |