To`ldiruvchi va uning ifodalanishi. To`ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo`laklaridan bo`lib, u harakatni o`z ustiga olgan ob`ekt yoki predmetni ifodalaydi va o`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanadi.
To`ldiruvchi predmetni ifoda qilish jihatidan egaga o`xshaydi. Lekin ega xokim xolatdagi predmetni, fikr predmetni, to`ldiruvchi esa tobe xolatdagi predmetni harakat ob`ektini bildiradi. Bu xol ularning grammatik shaklida ham ko`riladi: ega bosh kelishik shaklida, to`ldiruvchi esa tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari keladi. O`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanib, shut obe omponent orqali anglashilgan harakat ta`siriga berilgan, shu harakatni o`z ustiga olgan, ob`ekt yoki predmet to`ldiruvchi deb aytiladi.
To`ldiruvchi ko`pincha kesimga bog`lanadi. Ba`zan ega aniqlovchi, biror boshqa to`ldiruvchiga bog`lanib kelishi ham mumkin. Bu ega, aniqlovchi,to`ldiruvchi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalanganda yuz beradi.
To`ldiruvchilar quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan: Toshga yomg`ir qor qilmaydi (“Sharq yulduzi”).
Olmosh bilan: Odamning odami yurt ishida, xalq ishida o`zi ko`rsatadi (“Xalq so`zi”).
Sifat bilan: Mardni mehnat yengolmas (maqol).
Son bilan: Bugungi navbatchilik ikkovimizga topshirildi (“Sharq yulduzi”).
Harakat nomi bilan: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq (maqol).
Ravish bilan: Ko`pdan quyon qochib qutilmas (maqol).
Undov so`zlar bilan: Ana shunda men g`alaba urasini eshitdim (M.Sholoxov).
Yordamchi, tashkiliy so`zlar bilan: -Xay, mayli lekinini ham ko`rish kerak. (“Sharq yulduzi”).
Bir butun xolda qo`llanadigan konstruksiyalar bilan: O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yig`ilishiga deputatlar kelib yetdi. (“Xalq so`zi”).
Ajralmas frazeologik birikmalar bilan: Kishilar orasiga qora ip tashlashdan hazar qiling...-dedi Mirhaydar (Oybek).
To`ldiruvchilar, o`zlari bog`lanib kelayotgan gap bo`lagi bilan aloqaga kirish usuliga ko`ra, vositasiz va vositali to`ldiruvchilarga bo`linadi.
Vositasiz to`ldiruvchilar. Xokim bo`lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o`ziga qabul qilganpredmetni bildiruvchi to`ldiruvchilar vositasiz to`ldiruvchilar deyiladi.
Vositasiz to`ldiruvchilar ob`ektli (utimli) fe`l bilan bog`lanib, tushum kelishigi shakldagi so`zlar bilan ifodalanadi va kimni? nimani? va nimani? so`roqlarga javob bo`ladi: Tog`lar shaxarni o`rab turganga o`xshaydi (Yashin).
Vositasiz to`ldiruvchi belgisiz va belgili holatda bo`ladi.
Xokim bo`lak ifodalangan harakat aniq ob`ektga emas umuman shu turdagi ob`ektlarga utish tushunchasi ifodalansa, vositasiz to`ldiruvchi belgisiz qo`llanadi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g`azal yozadi,
Kuychilari o`qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla (H.Olimjon).
Vositasiz to`ldiruvchi o`timli ish-harakat ma`nosini turli so`zlarga ergashib, ular orqali ifodalangan ma`nolarga aniqlik kiritadi va to`ldiradi.
Harakat yuzaga keluvchi ob`ekti ifodalaydi: Tog` bag`rini tutun qoplaydi (X.G`ulom). XusaynBayqaroTepalikniuzoqdanko`radi (Oybek).
Harakatta`siridao`zbelgi-xususiyatinio`zgartirganpredmetniko`rsatadi: Dasturxonchiqizlardasturxonniayvonitaomlar, shirinliklarbilanbezabtashladilar (Oybek).
Harakatta`siridao`ziningmakonidagio`zgartirganpredmetniko`rsatadi: Sufiqo`ligatushibqolganqayroqniuloqtiribyubordi (A.Qaxxor).
Sub`ektningeshitishsezgisidabevositata`sirqilganob`ektniifodalaydi: Tuyaminibuzoqniko`zla (maqol). Men bu zo`r maktabning maqtovini ko`p eshitgan edim (A.Qaxxor).
Sub`ektning ob`ektiv borliqqa (shaxs, predmet yoki voqea-xodisaga) munosabati ifodalaydi: Seni esga olib gullar ochildi (Zulfiya). Menbuyigitnikeyinchaliktanidim (A.Qaxxor).
Xokimso`zdanifodalanganxis-tuyg`u, psixologiko`zgarish (xolat)niyugazakeltirganshaxsyokipredmetniko`rsatadi: Yoshbolaningtiliharqanaqaligiko`nglinieritadi (A.Qaxxor).
So`zlovchiningtinglovchigaijodiyyokisalbiymunosabatigaifodalovchipredmetyokishaxsniifodalaydi: Qutbedinbolabechoranixushurishdi (A.Qaxxor).
Vositasizto`ldiruvchichekishkelishigishaklidaqo`llanadi, bundayvaqtdaish-harakatningta`siriob`ektgato`laravishdao`tmasdan, uningbirqismiginao`tganligiko`rsatadi: Senmengaosmondagigaplardanemas, yerdagihaqiqatnigapir (P.Tursun).
Do'stlaringiz bilan baham: |