Qutblanish tekisligining magnit maydon ta’sirida aylanishi Optik noaktiv moddalar magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligini aylantirish xususiyatini o’zida hosil qilar ekan. Magnit maydoni bilan yorug’lik to’lqini maydonining bevosita o’zaro ta’sirining natijasi emas, magnit maydoni o’sha maydonga qo’yilgan moddaga qutblanish tekisligini aylantiradigan qobiliyat berib, shu moddaning xossalarinigina o’zgartirar ekan. Demak magnit maydoni ta`sirida hamma jismlar qutblanish tekisligini juda oz darajada bo`lsada aylantiradi. Har bir jismning aylantirish yo`nalishi magnit maydonining yo`nalishiga bog`liq bo`lib, yorug`likning tarqalish yo`nalishiga bog`liq bo`lmaydi. Qutblanish tekisligning tabiiy aylanishida esa bizning yorug`lik dastasi bo`ylab yoki unga qarshi qarashimizga bog`liq ravishda aylantirish yo`nalishi har-xil bo`ldi.Bu digani qutublanish tekisligining aylanishi tashqi magnit maydoniga bog’liq bo’larekan.Kerr effektini suyuqliklarda kuzatish uchun ishlatiladigan qurilmaning sxemasi tasvirlangan. Qurilma o‘zaro perpendikulyar va qutblagichlar orasiga joylashtirilgan Kerr yacheykasidan iborat. Kerr yacheykasi ichiga suyuqlik solingan germetik vannacha dan iborat bo‘lib, unga kondensator plastinkalar kiritilgan bo‘ladi. Kerr effektiga suyuqlik molekulalarining optikaviy anizotropiyasi sabab bo‘ladi, ya’ni molekulalarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha turlicha qutblanishi sabab bo‘ladi. Elektr maydon bo‘lmaganda molekulalar tartibsiz orientatsiyalangan bo‘ladi, shu sababli suyuqlikda umumiy anizotropiya bo‘lmaydi. Elektr maydon ta’sir qilganda molekulalar shunday buriladiki, natijada ularning yo dipol elektr momentlari (qutbiy molekulalarda) yoki eng ko‘p qutblanish yo‘nalishlari (qutbiy bo‘lmagan molekulalarda) maydon yo‘nalishi bo‘yicha orientatsiyalanib qoladi. Buning natijasida suyuqlik anizotrop bo‘lib qoladi. Elektr maydonning orientatsiyalovchi ta’siriga molekulalarning issiqlik harakati qarshilik ko‘rsatadi. Bu tajriba vaqtida temperaturaning ko‘tarilishi bilan Kerr doimiysi ning kamaya borishiga sabab bo‘ladi. Hamma optik aktiv moddalar ikki xil ko‘rinishda – o‘ngga aylantiruvchi va chapga aylantiruvchi moddalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. SHunday qilib, o‘ngga aylantiruvchi va chapga aylantiruvchi kvarslar, o‘ngga aylantiruvchi va chapga aylantiruvchi qandlar va hokazolar mavjud. Bir ko‘rinishdagi moddaning molekulalari yoki kristallari ikkinchi ko‘rinishdagi modda molekulalarining yoki kristallarining ko‘zgudagi aksi bo‘ladi. Kerr effektiga suyuqlik molekulalarining optikaviy anizotropiyasi sabab bo‘ladi, ya’ni molekulalarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha turlicha qutblanishi sabab bo‘ladi. Elektr maydon bo‘lmaganda molekulalar tartibsiz orientatsiyalangan bo‘ladi, shu sababli suyuqlikda umumiy anizotropiya bo‘lmaydi. Elektr maydon ta’sir qilganda molekulalar shunday buriladiki, natijada ularning yo dipol elektr momentlari (qutbiy molekulalarda) yoki eng ko‘p qutblanish yo‘nalishlari (qutbiy bo‘lmagan molekulalarda) maydon yo‘nalishi bo‘yicha orientatsiyalanib qoladi. Buning natijasida suyuqlik anizotrop bo‘lib qoladi. Elektr maydonning orientatsiyalovchi ta’siriga molekulalarning issiqlik harakati qarshilik ko‘rsatadi. Bu tajriba vaqtida temperaturaning ko‘tarilishi bilan Kerr doimiysi ning kamaya borishiga sabab bo‘ladi.