Keramik buyumlarni quritish va quritish qurilmalari



Download 109 Kb.
Sana29.09.2021
Hajmi109 Kb.
#189290
Bog'liq
KERAMIK BUYUMLA


KERAMIK BUYUMLARNI QURITISH VA QURITISH QURILMALARI

$ 16. Quritish mazmuni va maqsadlari



Quritish - materialdan namlikni chiqarish boʻlib , ushbu jarayonda hajm qisqarishlari va quritilayotgan buyumning mustahkamligi ortadi . Quritish natijasida qoliplangan massadan 65 dan 70 % gacha suv chiqib ketadi . Suvning material bilan bogʻlanish shakli kimyoviy , fizik kimyoviy va fizik - mexanik bogʻlanishlarga bo'linadi . Odatda quritish chog'ida xom buyumni havo orqali , tutun gazlari , nur quvvati ya'ni issiqlik tashuvchi vositasida isitilishida fizik mexanik suv ( kapillyar va hoʻllovchi ) chiqib ketadi , qisman fizik kimyoviy ( adsorbsion - tuproq zarrachalari gidrat qobiqchalarining suvi hamda struktura - gidrat qobiqchalararo suvi chiqadi ) . Quritish xom buyumga mexanik mustahkamlik berish va uni kuydirishga tayyorlash uchun zarur . Notekis kirishish va buyumning yorilib ketishini oldi olinishi uchun uning namligi kuydirish oldidan quyidagi miqdorlardan ortiq bo'lmasligi lozim , % : taxtacha 1 , g'isht - 5. sanitar - texnik buyumlar 1,5 , kana lizatsiya quvurlari - 3-5 . Buyumlarning quritish jarayoni qurish tezligi va vaqti , harorati , namlik tutish xususiyati , buyumda kirishish kuchlanishi yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi . Yangi qoliplangan buyumning yuzasidan namlikning bugʻlanib chiqishi tashqi diffuziya ) issiqlik tashuvchining harorati , harakat tezligi va namligiga bogʻliq . U qancha koʻp boʻlsa harorat va tezlik shuncha yuqori va issiqlik tashuvchining namligi shu qadar kam boʻladi . Shu tariqa , tashqi diffuziya miqdorini boshqarish mumkin . Namlikni buyumning chuqur qavatlari ichidan chiqish harakati jarayoni ichki diffuziya deyiladi . U tashqi diffuziyaga qaraganda ancha sekinlik bilan davom etadi va asosan g'ovaklik , namlik gradienti , harorat va bosim oʻzgarishlari orqali aniqlanuvchi materialning namlik oʻtkazuvchanligiga bogʻliq . Xom buyumning g'ovakligi va haroratning koʻpayishi bilan ichki diffuziya tezlashadi , ichki va tashqi diffuziyalar orasidagi farq kamaya boradi , buyumlarning qurishi bir tekisda amalga oshadi . Bir tekisdagi qurish sodir chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi oʻzgarishi namlikning kritik gradienti deb ataladi . Ichki diffuziya , massa tarkibiga dagʻlalashtiruvchi va yonib ketuvchi qo'shimchalar , Ca2 + , Al3 + va boshqa kationlari boʻlgan elektrolitlar kiritish , suvning miqdori , qoliplash va isitish Buyumlarning qurishda yorilishga bardoshligini tuproqni bug orqali hoʻllash , qoliplanishdan avval tuproqni quritish barabanida isitish , sharoitlari hamda massani vakuumlash orqali boshqariladi . Xom vakuumlash , dagʻallashtiruvchi va yonib ketuvchi qoʻshimchalar , boʻluvchi , xom buyumning yuzasi va ichidagi namlikning buyumning namlik tutish miqdorining oʻzgarishi uning havoga oid kirishishini keltirib chiqaradi , qaysiki uning miqdori ( 6-8 % ) ko'p holatlarda tuproq xomashyosining xususiyatiga bogʻliq boʻladi va tuproqni qurishga boʻlgan sezuvchanligini belgilaydi . Tuproqlarning qayishqoqligi qanchalik yuqori boʻlsa , ularning kirishishi shu qadar katta va quritish chog'ida buyumlarning deformatsiyalarini chetlab oʻtish shunchalik qiyin boʻladi . Quritish jarayonida tuproqning kirishishini namlikning ichki va tashqi diffuziyasi shart - sharoitlarini oʻzgarishiga ta'sir koʻrsatuvchi ( dag'allashtiruvchi , yonib ketuvchi , elektrolitlar va h.k. ) turlicha qo'shimchalar qo'shish , shuningdek massani vakuumlash orqali kamaytirish mumkin . Tuproqlarni qurishga boʻlgan sezgirligi - ulardan yasalgan buyumlarning yorilishiga bardoshligi tushunchasiga teskari boʻlgan xususiyatdir . Tuproqlarni qurishda yorilishga bardoshlilik koʻrsatkichi - ularni qurishga boʻlgan , quyidagi formula boʻyicha aniqlanuvchi sezgirlik K koeffitsiyentidir :

K = VIVE



bunda : V - kirishish hajmi , V. - g'ovaklar hajmi . K < l boʻlishida tuproqlarning qurishga boʻlgan sezgirligi kam , K = 1-1,5 boʻlishida - oʻrtacha sezgir , K > 1,5 boʻlganda esa tuproq yuqori sezgir boʻladi . Buyumlarning yorilishiga bardoshligi ularning choʻziluvchanligi , kirishish koeffitsiyenti va namlik oʻtqazish xususiyatiga bogʻliq. Buyumlarning qurishda bardoshligini tuproqni bug orqali hoʻllash , qoliplanishdan avval tuproqni quritish barabanida isitish , vakuumlash , dagʻallashtiruvchi va yonib ketuvchi qoʻshimchalar, shuningdek gips va yuqori qayishqoq ( qumlashgan tuproq qo'llanish qaysiki bu qoliplangan buyumlarning mustahkamligini oshiradi . hollarida ) uproq qo'shimchalari kiritish orqali oshirish mumkin . csa $ 17 . Quritish tezligi va rejimi Qurish tezligi buyum yuzasidan vaqt birligi ichida yo'qotiluvchi suvning miqdori bilan belgilanadi . U quritish usuli , quritish usuli , namlik miqdori va haroratga bog'liq . quritish agregatlarining turi goliplanuvchi massaning zichligi , Qurish jarayonining tezlashuviga , massani bug ' orqali 40-50 ° C gacha isitish , ( bu buyumlarning boshlang'ich haroratini ko'taradi ) , ta'sir ko'rsatadi , bunda quritiluvchi buyum issiqlik tashuvchi bilan ao'qnashuvning birinchi onidanoq quriy boshlaydi . Qurishga sezgir bo'lgan tuproq xomashyosidan buyumlar yasalishida , yoriqlar paydo bo'lishini oldi olinishi uchun issiqlik tashuvchining nisbiy namligini ko'paytiriladi yoki uning harorat va tezligi pasaytiriladi . Keramik xom buyumning qurish jarayoni uch davrga bo'linadi . Birinchi davr - buyumning isish davri boʻlib , buyum harorati issiqlik tashuvchi harorati bilan tenglashadi , buyumning namligi sezilarsiz kamayadi . Ikkinchisi - qurishning o'zgarmas tezligi davri deyiladi , qaysiki bu davr davomida kirishish sodir boʻladi , zarrachalar bir - biriga nisbatan siljiydi , nam buyumning mustahkamligi esa hali kam bo'ladi . Shuning uchun buyumda yoriqlar hosil boʻlish havfi mavjudligi bois quritishni tezlashtirish mumkin emas . Ushbu davr buyumning massasini vaqt birligida tobora kamayishi bilan belgilanadi , bunda qurish tezligi buyum yuzasidan namlikni bugʻlanish tezligiga son jihatdan teng bo'ladi . Uchinchisi - qurish tezligining pasayish davridir . Bunda buyum ning kirishishi tugagan boʻladi va quritishni tezlashtirilgan tarzda o'tgazilishi mumkin . Qachonki qurtilgan buyumning namligi muvozanatli miqdor kasb etishida qurish jarayoni tugaydi , ya'ni buyumlar massasi oʻzgarmay qurish tezligi nolga teng bo'ladi . Xom buyumning qurishi - mas'uliyatli jarayon , shuning uchun uni issiqlik va quvvatning eng kam sarflanishi bilan qisqa vaqt ichida yoriqlar va deformatsiyalarsiz olib borish lozim . Quritishning optimal rejimini odatda eksperimental yoʻlda laboratoriya sharoitlarida aniqlanadi ( bir necha rejimdan eng maqbuli tanlanadi ) . uning shakli , quritish agregati ichida buyumning joylashish zichligi boʻlgan , sezgirligi kam boʻlgan kam qayishqoq dag'al qo'shimchali Bunda massaning qurishga boʻlgan sezgirligi , buyumning namligi va qoʻllaniluvchi quritish agregati koʻrinishi hisobga olinadi . Qurishning uch oʻzgaruvchi parametrlari cheklanadi : harorat , issiqlik tashuvchining nisbiy namligi va uning quritish agregati ichida harakat tezligi . Ushbu parametrlarni boshqarish bilan buyumlarni talab etiluvchi xavfsiz tarzdagi quritish tezligini tashkil etilishi mumkin , ularning uyg'unligi esa qurish rejimi deyiladi . Qalin devorchali buyumlarni quritilishida issiqlik tashuvchining tezligi odatda 0,5–3 m / sek , yupqa devorchali buyumlarni quriti lishida 3-10 m / sek etib belgilanadi ( tajriba ma'lumotlariga muvofiq o'rnatiladi ) . Qurish rejimlarini ishlab chiqishda , geometrik shakli va hajmi bo'yicha turlicha boʻlgan buyumlarning qurish jarayoni , garchi ular bir xil massadan yasalgan bo'lsa ham bir xilda bo'lmasligi omilini hisobga olinishi zarur . Plastik qoliplash usulida yasalgan yirik buyumlarning turli qismlarida turlicha kirishish sodir boʻladi . Natijada buyumning tashqi va ichki qismlari orasida tortishuvchi va siljituvchi kuchlanish yuzaga keladi va agar bular mustahkamlik chegarasidan ortib ketsa yoriqlar hosil boʻladi . Ushbu kuchlanishlar miqdori tuproqning mexanik xususiyatlari , buyumning yuzasi va koʻrinishiga bogʻliq boʻladi . ichidagi namliklarning kritik oʻzgarishi , qurish rejimi va buyumlar Yassi ( yalpoq ) buyumlarni quritishda yuzadan namlikning bugʻlanish jarayoni presslangan massaning filtrlanish xususiyatidan koʻra tezroq sodir boʻladi va natijada namlikning kritik oʻzgarishi hamda yorilish xavfi yuzaga kelishi mumkin . Shuning uchun yuza buyumlarni qurishini sekinlashtirish zarur . Tanasi engil gʻishtlarni quritish avvaliga 4–5 % namlik chiqib ketishigacha sekin olib boriladi , keyin esa tezlashtiriladi . Issiqlik tashuvchining harorati 100 va kamdan - kam holatlarda qurishga bo'lgan, sezgirligi kam bo'lgan kam qayishqoq dag'al qo'shimchali tuproqlar uchun 150 ° C dan oshmasligi lozim . Issiqlik tashuvchining Harorat quritish kamerasiga kirish va undan chiqish joyida simobli tezligini ko'ndalang kesimning berilgan maydonlari bilan boʻlgan namlikda 80-95 ° C . miqdori 1000 dona qurib chiqqan buyumga 30-32 ming mga teng . Ishlatilib boʻlingan issiqlik tashuvchining harorati 30-70 % nisbiy Keramik plitalari asosan quyidagi rejimda quritiladi : issiqlik tashuvchining harorati kirishda 110-120 ° C , chiqishda 60-65 ° C , uning nisbiy namligi 40-45 % , qurish davomiyligi 5,5–12 soat . Plitalarning qoldiq namligi quritishdan keyin ko'pi bilan 0,5-1 % . Sanitar - qurilish buyumlari quritilishi to'rt davrga boʻlinadi : birinchisi 10-12 soat davom etadi , issiqlik tashuvchining harorati ko'pi bilan 37 ° C , nisbiy namligi 60-80 % ; ikkinchisi - 8-10 soat , issiqlik tashuvchining harorati 50 ° C gacha , uning nisbiy namligi 70-75 % ; uchinchisi - 8-10 soat , issiqlik tashuvchining harorati 60-70 % ; to'rtinchisi 8 soat , issiqlik tashuvchining harorati 80 ° C gacha , uning nisbiy namligi 30-35 % . Quritish jarayonining umumiy vaqti 32 dan 50 soatgacha . Buyumlarning quritilgandan keyingi qoldiq namligi 1-1,5 % . Kanalizasion sopol quvurlarni kamerali quritgichlarda quri tilishi sekinlashtirilgan tarzda olib boriladi : boshlang'ich 12 soatda issiqlik tashuvchining harorati 30 ° C gacha , uning nisbiy namligi 80-90 % , keyingi 12 soatda harorat 50 ° C gacha ko'tariladi , uning nisbiy namligi 50-60 % va shu tariqa quritish so'ngigacha davom etadi , bunda quritish davomiyligi quvurlar diametriga bogʻliq boʻladi va 60-70 soatni tashkil etadi . Tunelli quritish agregatlarida sopol quvurlar kiruvchi issiqlik tashuvchining 90-140 ° C haroratida , ishlatilib boʻlingani esa 35-40 ° C , nisbiy namligi 85 90 % , quritish davomiyligi quvurlarning diametriga bogʻliq va 14 40 soatni tashkil etadi . Qurib chiqqan quvurlarning namligi 3-5 % . Quritish jarayonida issiqlik tashuvchining harorati , sarfi , va namligi , gaz muhitining bosimi nazorat qilinishi zarur . termometrlar orqali aniqlanadi . Issiqlik tashuvchining miqdori uning tezligi kanallarida aniqlanadi .

Gazlarning tezligi gaz oqimi orqali harakatga keluvchi para rakchalarga ega bo'lgan anemometrlar orqali aniqlanadi . Par rakchalarning aylanma harakati tishli g'ildirakchalar tizimi orqali siferblat ko'rsatkich o'qiga uzatiladi , uning graduirovkasi gazning vaqtiga bo'lgan nisbati gazlar tezligini beradi ( m / sek ) . Issiqlik tashuvchining namligi bir panelga mahkamlangan ikkita bir xil termometrdan iborat psixometr orqali aniqlanadi . Termometrlardan biridagi simob zoldircha marli bilan tortilgan boʻlib , uning oxiri suvli idishga tushirilgan . Ushbu termometr xoʻl deb atalib , to'liq namlikka to'yingan muhit haroratini , ikkinchisi esa - ushbu to'yinganlikdagi muhit haroratini ko'rsatadi . Gaz muhitiga joylashtirilgan psixometrning ikkala termometrlarning ko'rsatkichlari orasidagi farq bo'yicha , psixometrik jadvallar yordamida nisbiy namlik aniqlanadi . U qanchalik kichik boʻlsa , termometrlar koʻrsatkichlari orasidagi farq shunchalik katta bo'ladi . Agar ikkala termometrning ko'rsatkichlari bir xil boʻlsa , gazning nisbiy namligi berilgan haroratda 100 % ga teng deb , gazning oʻzi esa to'yingan hisoblanadi . Issiqlik tashuvchining harorati va nisbiy namligini bilganimiz holda 1 kg quruq gaz ( g / kg ) tarkibida boʻlgan suv bugʻi massasi ( g ) bilan tavsiflanuvchi gazning namlik miqdorini quyidagi bog'liqlikdan foydalanilgan holda aniqlaymiz .

P = P , 0 / 100

Bu yerda : P- issiqlik tashuvchidagi suv bugʻining parsial bosimi ;

P - berilgan haroratdagi toʻyingan bug'ning parsial bosimi ;

0 - issiqlik tashuvchining nisbiy namligi .

Gaz muhitining bosimi shishali U - simon suyuqlik mano metrlari yordamida , naychalardagi suyuqlik sathlari farqi boʻyicha aniqlanadi . $ 18 . Keramik buyumlarni quritish uchun uskunalar Keramik buyumlarni ( yarimfabrikatlar ) quritish tabiiy ravishda ochiq havoda ( tomlar ostida , omborlarda va h.k. ) hamda sun'iy 54 metrlar hisobida bosib o'tgan masofasini koʻrsatadi . Uni kuzatish ravishda ( maxsus qurilmalar , quritkichlarda ) amalga oshirilishi mumkin . Tabiiy quritish iqlimiy sharoitlarga bog'liq boʻlib , katta mexanizatsiyalashni hamda optimal rejimini saqlash qiyin . Bundan maydonlar talab qiladi , undagi ishlab chiqarish jarayonlarini to'liq tashqari tabiiy quritish jarayoni juda uzoq kechadi ( 20 sutkagacha ) . Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan g'ishtlarning va boshqa keramik buyumlarning 6% miqdorigina tabiiy ravishda quritiladi.

Keramika buyumlarni va anjomlarni ishlab chiqarish sanoatida sun'iy quritish uchun hammadan koʻp qarama - qarshi oqim tamoyili boʻyicha ishlovchi tunnel va kamerali quritish agregatlari qoʻllaniladi : xom buyum qarshisiga chiqish tuynugi tomondan tunnelga kirib keluvchi issiqlik tashuvchi harakatlanadi ( issiq havo , yoqilib boʻlingan gazlar va h.k. ) . Uzluksiz tarzda harakat qiluvchi tunnelli quritish agregati 24-36 m uzunlikdagi , 1,4-1,8 m balandlik va eni 1-1,2 m oʻlchamdagi kameradan iborat ( 11 - rasm ) .

Quritish tunneliga xom buyum vagonchalarga terilgan holda kiradi , ular tunnel ichida oʻrnatilgan relslar ustida suruvchi yoki arqonli itargichlar orqali harakatlanadi . Alohida tunnellar 10-20 ta tunnellardan tashkil topgan bloklarga birlashadi , bunda issiqlik tashuvchini kirishi va chiqishi uchun umumiy kanallar ko'zda tutiladi . Tunneli quritkichlarning asosiy afzalliklari : ishlab chiqarishning oqim tarzida ekanligi , yuqori mexanizasiya darajasi , yuqori ishlab chiqarish unumdorligidir . Tunnelli quritgichlarning kamchiliklari : vagonchalarning koʻplab miqdorda talab qilinishi va ularning toʻldirilish zaruriyati , vagonchalar metalli qismlarning korroziyaga ( yuqorida issiqlik tashuvchining harorati pastga qaraganda yuqori ) tunnelning ko'ndalang kesimi boʻyicha buyumlarni notekis qurishi vagonchalarni sutkalar davomida toʻldirish va bo'shatilish zaruriyati .

Tunnelli quritgichlarda gʻisht quritish rejimining parametrlari : qurish muddati 12-50 soat , issiqlik tashuvchining harorati 50-80 ° C . ishlatilib boʻlingan gazlarning harorati 25-40 ° C , nisbiy namlik 75-95 % , bir tunnelga boʻlgan issiqlik tashuvchi sarfi 3000 dan 10000 m / soat , issiqlik tashuvchining tunnel ichidagi harakat tezligi 0,8–2 m / sek . uchrashi , va Massaning boshlangʻich namligi 18-25 % , oxirgi namligi – 5-7 % .



Kamerali quritgichlar davriy ishlovchi quritgichlar qatoriga kiradi ( 12 - rasm ) . Uzunligi 10–14 m , kengligi 1,3-1,5 m , balandligi 2,1-3 m boʻlgan kameralar 24–30 tadan boʻlgan bloklarga birlashgan . Kameraning ichki devorlarida maxsus bo‘rtiq erlar boʻlib , ularga oʻntokchalik vagonchalar yordamida xom gʻishtli tokchalar qoʻyiladi . Issiq issiqlik tashuvchi kamera ichiga ostki kirish kanallari orqali kirib keladi , bu kanallar kameraning barcha uzunligi boʻyicha joylashgan va ular ichidan issiqlik oqimi yuqori tomon osonlikda harakat qiladi . Sovugach va namlikka toʻygach , ogʻirlashgan holda issiqlik tashuvchining yangi issiq qismlari orqali siqilgan holda u pastga tomon tushadi va soʻruvchi kanal orqali chiqarib tashlanadi .

Kamerali qurutgichlarda qurutiluvchi g'ishtning qurish rejimi parametrlari : qurish muddati 40-80 soat , issiqlik tashuvchining harorati 100-140 ° C , ishlatilib bo'lingan issiqlik tashuvchining Kamerali quritgichlarning kamchiliklari : issiqlik tashuvchi haroratining har xilligidan buyumlarni kamera uzunligi va kengligi Kamerali quritgichlarda quritiluvchi gʻishtning qurish rejimi harorati 40-50 ° C , issiqlik tashuvchi sarfi kamera oʻlchamiga bog'liq ravishda 1000 4000 m / soat . bo'yicha notekis qurishi , kameraning ko'ndalang kesimi bo'yicha issiqlik tashuvchining namlikka to'yinganligi ( kamera devorlari oldidagi va gumbaz ship ostidagi g'isht tezroq quriydi , chunki kamera devorlari bo'ylab issiqlik tashuvchi eng yuqori harorat va eng kam namlikka ega bo'ladi ) , issiqlik tashuvchining tezligining kamligi , ishning davriy ravishda ekanligi , jarayonning uzoq davom etishi , kamera ichini to'ldirish va uni bo'shatish ko'p vaqt talab etishi . Biroq kamerali quritgichlarda xususiy rejimda buyumlar quritish mumkin . Hozirgi zamon kamerali va tunnelli quritgichlar issiqlik tashuvchining jadallikdagi majburiy ichki sirkulyasiyasini hosil qiluvchi ventilyator uskunalari bilan jihozlangan , bu kamera yoki tunnelning vertikal kesimi boʻyicha harorat maydonni bir tekisda boʻlishini ta'minlashga imkon beradi , notekis ravishda qurishni sezilarli ravishda kamaytiradi tezligini oshiradi . Quritishning eng zamonaviy usullari va quritish agregatlarining tuzilishlari qurish jarayonini yanada ko'proq samarali oʻtqazilishiga imkon beradi . Konduktiv , dielektrik , oʻtayuqori chastotali , plazmali va yuqori haroratli qizdirish , infraqizil nurlanish usullari buyumlar haroratini issiqlik beruvchi sifatida gaz muhitini qatnashishisiz ( havoga oid ) buyumlar haroratni oshirishga asoslangan . Masalan , xom buyumni infraqizil nurlar orqali qizdirilganda material tomonidan nurlanish quvvatini yutish holati sodir boʻladi , qaysiki , issiqlik quvvatiga aylanishi bilanoq buyumlar tanasiga singadi va diffuziyani yuzaga keltiradi . Buyumlarni tezlashgan tarzda quritish uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida buyumga qarata yo'naltirilgan issiqlik berish bilan qurituvchi konvektiv quritgichlar , buyumlarni elektr yoki gazli nurlovchilar orqali isitilishi bilan olib boriluvchi radiasion hamda uyg'unlashgan tarzdagi (konvektiv - radiasion) qurutgichlar qoʻllaniladi . hamda uyg'unlashgan tarzdagi ( konvektiv - radiasion ) quritgichlar gazli nurlovchilar orqali isitilishi bilan olib boriluvchi radiasion Quritish agregatining turi va qurish rejimini tanlash massa tarkibi , buyumlarning shakli va oʻlchamlariga bogʻliq . Masalan , fayans va yarimchinni buyumlar ( yuvinish jihozi , unitazlar , pissuarlar , yuvish bachoklari va h.k. ) tunneli quritgichlar yoki konveyerli qarama - qarshi oqimli va radiatsion quritgichlarda quritiladi . Yirik oʻlchamli va devori qalin bo'lgan buyumlar ( vannalar , yuvinish jihozlari va h.k. ) kamerali yoki radiatsion quritgichlarda , ba'zida esa uyg'unlashtirilgan usulda quritiladi xom buyumlarni yaqinlashtirish yoki ular orasidagi masofani pastki qatorlarda koʻpaytish bilan oldini olish mumkin . Ezilishlar quritish vagonchalaridagi xom gʻisht qo'yish uchun xizmat qiluvchi ramkalarning egriligi tufayli sodir bo'ladi . Shuningdek Keramik plitalar panelli yoki mikromashal gaz gorelkalari bilan jihozlangan konveyerli tasmali - toʻrsimon quritgichlarda , yoki rolikli tirqishli quritgichlarda quritiladi .

$ 19 . Qurish nuqsonlari

Xom g'ishtni yomon terilishi , tez isitish , qurish jarayonlari rejimini ustidan nazorat etilmasligi va h.k. kabilardan iborat notoʻgʻri quritilish oqibatida qurigan buyumlarda nuqsonlar paydo boʻlishi mumkin . Yoriqchalar ( qurollanmagan ko'z bilan koʻrinmaydigan mayda yoriqlar ) xom buyumning haroratining pastligi , issiqlik tashuvchining yuqori namligidan hosil boʻlishi mumkin . Kattaroq yoriqlar massa tarkibining optimal emasligi unga etarli ishlov berilmasligi , shuningdek pressning nosozligi oqibatida paydo boʻladi . Yuqori qatorlardagi xom buyumlarda issiqlik tashuvchini tunnelning kesimi bo'yicha notekis tarzda berilishi natijasida paydo boʻladi , qaysiki bu buyumni noto'g'ri taxlanishi natijasidir . Ushbu nuqsonni yuqori qatorlar bilan tunnel shipi orasidagi tirqish - oraliqni kamaytirish yani yuqori qatorlardagi xom buyumlarni yaqinlashtirish yoki ular orasidagi masofani pastki qatorlarda ko'paytish bilan oldini olish mumkin . Ezilishlar va burchaklar o'tmaslashuvi , xom buyumning qiyshayishi quritish vagonchalaridagi xom gʻisht qo'yish uchun xizmat qiluvchi ramkalarning egriligi tufayli sodir boʻladi . Shuningdek buyumni notekis pala - partish tarzda qoʻyilishi , ularning tashilishi paytida chayqalishi yuqoridagi nuqsonlarni paydo boʻlishiga sabab bo'ladi . Xom buyumning mo'rtligi - tez quritish oqibatidir , qaysiki , buyumning ichida yuzasiga chiqayotgan namlik miqdori bugʻlanayotgan suv miqdoridan kam boʻladi . Ushbu koʻrinishidagi nuqsonni issiqlik tashuvchining namligini ko'paytirish yoki uning haroratini ko'tarish orqali yo'qotish mumkin . Qalinligi uzunligi va kengligidan ancha farq qiluvchi kera mik plitalarning qurish rejimining buzilishida , plitalarning defor masiyasi , yoriqlar , havfli yorilishlar hosil boʻlishi mumkin . Plita larning deformatsiyasi ikki qarama - qarshi yuzalarning notekis namligi natijasidan hosil boʻladi . Bu nuqsonni bartaraf etish uchun qurish tezligi ikki tomondan ham bir xilda boʻlishini nazorat etilishi lozim .

NAZORAT SAVOLLARI

1. Quritish natijasida qoliplangan massadan qancha suv chiqib ketadi ?

2. Suv keramik material bilan qanday shaklda bog'lanadi ?

3. Yangi qoliplangan keramik materialni quritish unga qanday xususiyatlar beradi ?

4. Yangi qoliplangan keramik buyumlarda tashqi va ichki diffuziyani boshqarish mumkinmi ?

5. Tuproqlarning qayishqoqligi bilan undan yasalgan buyumlarning kirishishi orasida qanday bog'liqlik bor ?

6. Tuproqlarni quritishda yorilishiga bardoshlik ko'rsatgichi , yani sezgirlik ko'rsatkichining koeffitsiyenti qanday aniqlanadi ?

7. Qurish tezligi deb nimaga aytiladi ?

8. Qurish jarayoni qanday tezlashtiriladi ?

9. Keramik xom buyumning qurish jarayoni uch davrga bo'linadi . Bu davrlarda qanday jarayonlar kechadi ?

10. Qurishning oʻzgaruvchi parametrlari nechta ?

11. Qayshqoq qoliplash usulida yasalga yirik buyumlarning turli qismlarida kirishish jarayoni qanday kechadi ?

12. Keramik buyumlar ( sanitar - qurilish buyumlari , sopol quvurlari ) qanday rejimda quritiladi?

13. Keramik buyumlar ( yarim fabrikatlar ) qanday sharoitda quritiladi ?

14. Tunelli va kamerali quritish agregatlarining ishlashida xom buyumlarda qanday jarayonlar kechadi?

15. Tunelli quritgichlarda va kamerali quritgichlarda quritiluvchi g'ishtning quritish rejimi qanday va ularning boshqa keramik buyumlardan farqi nimada?

16. Quritishning eng zamonaviy usullari va quritish agregatlarining tuzilishi qanday?

17. Quritish agregatining turi va qurish rejimini tanlash nimaga bog'liq?

18. Xom g'ishtni yomon terilishi , tez isitilishi va qurish jarayonlari rejin nazorat etilmasa , qanady nuqsonlar paydo bo'ladi ?

19. Xom buyumni quritish oqibatida mo'rt bo'lib qolish sababi nimada ?

Tayanch so'zlar va iboralar

Tashqi va ichki diffuziya , kirishish , yorilishga bardoshlik ko'rsatkichi sezgirlik ko'rsatkichining koeffitsiyenti , qurish tezligi , parametr , sanitar - qurilish buyumlari , sopol quvurlari , yarim fabrikat , tunnel , kamera , g'isht , quritish agregati

VI BOB . BUYUMLARNI KUYDIRISH



$ 20 . Kuydirish mazmuni va maqsadi

Keramika ishlab chiqarish texnologiyasida kuydirish buyum tayyorlashning tugallanuvchi va eng mas'uliyatli bosqichidir . Kuydirish jarayonida keramik materialning eng muhim xususiyatlari shakllanadi , qaysiki bular uning texnik bahosi - mustahkamligi , zichligi , suvbardoshligini va h.k. belgilaydi . Kuydirish natijalarini ishlab chiqarishning iqtisodiy tomoniga ta'siri katta , chunki ushbu jarayonni toʻgʻri olib borilishi yoqilg'i , elektroenergiya sarflari , mehnat harajatlari va boshqa texnik iqtisodiy koʻrsatkichlariga ta'sir etadi . Kuydirishga boʻlgan jami sarflar 35-40 % ga etadi , brak yoʻqotishlari tovar mahsulotning deyarli 10 % miqdorini tashkil etadi . Buyumlar keramik massaning pishishi uchun etarli boʻlgan 90 dan 1400 ° C gacha boʻlgan haroratda kuydiriladi . Bunda buyum toshsimon holdagi mexanik , fizik va kimyoviy ta'sirlarga qarshi chidamli boʻlgan jismga aylanadi . Kuydirishning harorat rejimi shartli ravishda toʻrt davrga bo'linadi : qurish davrigacha , qizdirish , pishirish va sovutish . Qurish davrigacha fizik - mexanik va fizik - kimyoviy bogʻlangan suvni chiqarib tashlash uchun amalga oshiriladi . Bunda kuydiriladigan buyum 100-200 ° C gacha bir tekisda isiy boshlaydi . 80-130 ° C harorat oraligʻida suvning jadal ravishda yoʻqotilishi sodir boʻladi , bu xom buyumning yorilishiga olib kelishi mumkin . Shuning uchun ushbu davrda harorat sekinlik bilan ko'tarilishi lozim . Haroratning 800 ° C gacha ko'tarilishida buyum qiziydi . Bu davrda haroratning tez ko'tarilishi xavf tug'dirmaydi . Haroratning bundan keyingi ko'tarilishini 1050-1100 ° C gacha sekinlik bilan amalga oshiriladi , chunki 800-900 ° C oraliqlarida ... deformatsiyalar yuzaga keladi , qaysiki , bu tuproq minerallarining kristall panjarasining buzilishi va sopolakning struktura oʻzga . rishlari bilan bog'liq . Ushbu rejimning buzilishi yoriqlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin . Pishirish davrida kuydirishning yoʻl qoʻyiluvchi maksimal haroratiga chiqariladi , jadallikdagi olovga oid kirishish sodir boʻladi , sopolak pishib etiladi va massaning gʻovakligi keskin kamayadi . Pishirish davrining oxirida kuydirilayotgan buyum 3-5 soat davomida maksimal haroratda , fizik - kimyoviy jarayonlarning toʻliq oʻtishi uchun tutib turiladi . Bunday tutib turishning vaqti buyumning oʻlchamiga , sopolakning talab etiluvchi suv yutish xususiyati bogʻliq boʻlib , eksperimentlar asosida aniqlanadi . Buyumlarni sovutish keramika texnologiyasida muhimligi kam boʻlmagan operatsiyalardan biri . U , haroratni sekin - astalik bilan ( taxminan soatiga 30 ° C dan ) 500 ° C gacha tushirilishi bilan belgilanadi . Bu buyumlarda ichki kuchlanishlarning hosil boʻlishi va ularning yorilishini istisno etadi , qaysiki 650–500 ° C haroratlar oralig'ida tez sovutish holatida keramik massalarning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi qumtuproqning modifikasion oʻzgarishlari natijasida yuqoridagi nuqson kelib chiqishi mumkin . Buyumlarni bundan keyingi sovutilishi 40-50 ° C oxirgi haroratgacha tezlik bilan ( soatiga 120-125 ° ) amalga oshirish mumkin .

$ 21 . Buyumlarni kuydirishda sodir bo'luvchi fizik - kimyoviy jarayonlar

Kuydirishda materialni qizdirish jarayonida keramik buyum materialida uning xususiyatlarini oʻzgarishga olib keluvchi quyi dagi fizik - kimyoviy jarayonlar sodir boʻladi . 80-130 ° C haroratda fizik - mexanik suv bugʻlanadi , buyum massasi bir tekisda isiy boshlaydi . 200-600 ° C haroratlar oraligʻida fizik - kimyoviy va 500 600 ° C atrofida esa tuproq va boshqa minerallar tarkibiga kiruvchi kimyoviy bogʻlangan suvning chiqib ketishi kuzatiladi , bu esa tuproqning qayishqoqligining yo'qolishi , buyum massasining kamayishi , mineralning kristall panjarasining buzilishi va bu pasayishi va ularning kirishishini keltirib chiqaradi . Tuproq va unga qo'shilgan qo'shimchalarning asosiy tashkil etuvchi minerali kaolinit boʻlib , uning degidratatsiya jarayoni metakaolinit hosil bo'lishi bilan kechadi :

A10 , 250 , 2H , 0 - A1,0 , 280 , + 2H , 0

Kirishishdan keyin massa zichlashadi , oson eruvchi birikmalar qiyin eruvchi zarrachalar oraliqlaridagi boʻshliklarni toʻldiradi va bu keyinchalik zichlashish - pishish jarayoniga ijobiy ta'sir etadi . 200 ° C va bundan yuqori haroratda organik aralashmalar va yonuvchi qoʻshimchalarning yonishi sodir boʻladi , bu esa materialning ichidan suvning yanada yaxshiroq chiqib ketishi va organik moddalarning uchuvchi qismining chiqib ketishini taminlaydi . 500-700 ° C haroratlar oralig'ida temir tutuvchi , minerallar , sul fidlar va sulfatlar , 700-900 ° C haroratda esa karbonatlar dissosiasiyasi sodir boʻladi . Organik aralashmalarning yonishi va ( CO SO , va h.k. ) uchuvchi gazlar ajraluvchi minerallar dissosiasiyasi jarayoni sopolakning pishishining boshlanishigacha , uning buzilish va qaynashsimon nuqsonlari bo'lmasligi uchun tugallanishi lozim . 700 ° C va bundan yuqori haroratda tuproq tarkibida mavjud ishqorlar boshqa komponentlar bilan oʻzaro ta'sir ko'rsatdilar , bunda qattiq zarrachalarni yaqinlashuvi va eritmadan yangi , termodinamik barqaror kristall fazalar ajralishi bilan minerallarning erishi sodir boʻladigan eritma hosil boʻladi ( A.I. Avgustinik boʻyicha ) Materialning bundan eyingi 700 ° C dan yuqori tarzda qizdirilishi metakaolinitning A1,0 , va 2Sio , erkin oksidlarga ajra lishini keltirib chiqaradi va shu bilan birga sillimanit ( Al , O , SiO ) va SiO , hamda metakaolinit ( A1,0 , .2SiO2 ) , 950-1150 ° C va bundan yuqori haroratlarda mullit ( 3A1,0 , .2SiO ) hosil bo'ladi . Mullit eng barqaror birikma boʻlib , buyumga mustahkamlik , zarb bardoshlik , qovushqoqlik , issiq - bardoshlik va boshqa xususiyatlar esa beradi .

Odatdagi tuproqlarda kuydirish chog'ida ( 1050 ° C va bun . dan yuqori ) amorf qumtuproq eritmasida erigan , boshqa oksid . lar bilan birikishga kirishmagan eritmadan shuningdek kristobalit ham hosil boʻladi , qaysiki ( V.F. Pavlov boʻyicha ) buyumlarning issiqbardoshligini kamaytiradi , sopolakni guyoki « yumshatadis va uning suv o'tqazish va suv yutish xususiyatini ko'paytiradi . Maydalangan nefelinli sienit va dala shpatlari tarkibli qoʻshimcha larning qo'shilishi shisha fazasi hosil boʻlish darajasini oshiradi , qaysiki ushbu fazada kristobolit erib ketadi . Mullit kristallarining hosil boʻlish jarayoniga pech ichidagi muhit juda katta ta'sir ko'rsatadi . Suv bugʻining hozirligi va azot muhitida 600 ° C dan boshlab ushbu jarayon tezlashadi , uglerod ( IV ) oksidi So , mavjud bo'lgan muhitda esa sekinlashadi . Shuning uchun buyumlarni kuydirishni yaxshisi 800 ° C gacha boʻlgan haroratgacha tuproqdagi organik aralashmalarni hamda yonuvchi qoʻshimchalarning yaxshi yonib ketishiga ta'sir koʻrsatuvchi oksidlanish muhitda , 800 ° C dan yuqori haroratda esa pishish jarayonini keskin jadallashtiruvchi va uning boshlanish haroratini 100-150 ° C ga tushiruvchi qaytarilish muhitda olib borish lozim . Qaytarilish muhiti pechning ishchi bo'shlig'ini kuydirish jarayonida suv bilan purkash yoki keramik massaning tarkibi kiritilgan yoqilg'ini yondirish bilan vujudga keladi .

$ 22 . Pechlarning tuzilishi va ishlash tamoyili

Keramika ishlab chiqarishda halqasimon , tunnelli , tirqishli va nveyerli pechlar qoʻllaniladi . Uzluksiz ishlovchi halqasimon pech choʻzilgan halqa shaklidagi kuydirish kanaliga ega . Kuydiriluvchi buyumlar kanal ichiga joylanib qoʻzgʻalmas holda turadi , kuydirish zonasi esa materialga nisbatan uzluksiz harakatlanadi . Kuydirish zonasidan issiqlik tashuvchi kuydirish kanali orqali qizdirish zonasiga oʻtib boradi , qaysiki xom buyumni isitish va undan namni bugʻlantirish uchun foydalaniladi . Yoqilg'i ( qattiq , suyuq yoki gaz ) bir - biridan 1 m masofada pechning gumbazosti shipida joylashgan yoqish quvurchalari orqali beriladi . Kanalning barcha qismi buyumlarni yuklash va bo'shatish uchun devorida ishchi tuynuklari boʻlgan kameralarga bo'lingan . Sovutish paytida kuydirib bo'lingan buyumlar tomonidan beriluvchi issiqlik , kuydirish zonasiga beriladi . Halqasimon pechlarning kamchiliklariga buyumlarni kanal kesimi bo'yicha notekis tarzda kuydirishni , to'liq mexanizatsiyaning mav jud emasligini , yuqori darajada qo'l mehnati sarflarini , qiyin mehnat sharoitlarini kiritish mumkin .

Halqasimon pechga ( 13 - rasm ) xom buyum ko'pi bilan 5 % namlikda kiradi. Kamera 2 orqali soʻriluvchi sovuq havo kuydirilgan buyumlarni sovush jarayonida o'zi isiydi ( 2-8 kameralar ) kuydirish zonasiga yonish jarayonida qatnashish uchun kiritiladi ( 9-12 kameralar ) . Bunda issiq gazlar kuydirish kanali bo'yicha qizdirish va isitish kameralariga boradi ( 13-19 kameralar ) . Xom buyumni 100--120 ° C gacha isitishda issiqlikni berish hisobiga sovugach , tutun yo'li kanali orqali yoki so'ruvchi ventilyatorga chiqadi . Bir vaqtning o'zida tayyor buyumlar 1 kamerada bo'shatiladi va kul va chiqindidan tozalangan kamera 20 ichiga xom Halqasimon pechlarni kaolinli tola asosidagi yuqori haroratga chidamli engil vaznli materiallardan yoki metall karkasdagi fosforitli qo'llash imkoniyatlari mavjud , bu pechlar devorlari alohida nurlanuvchi panellardan bajarilgan . Bu panellar 1-2 min ichida Va buyumlarning yangi turkumi yuklanadi . materiallardan bajarilgan hajmli tekis tomyopma tuzilmasi orqali qayta loyihalashning qoʻllanish kelajagi mavjud . Tomyopmalarni tashish , buyumlar paketlarini yuklash va boʻshatish pech ustiga oʻrnatilgan harakatlanuvchi kranlar orqali bajariladi . Tunnel pechida kuydirish zonasi qoʻzgʻalmas , kuydiriluvchi material esa vagonchalarda harakatlanadi , tasmali yoki rolikli konveyerlarda ikki tomoni ochiq boʻlgan tunnel bo'yicha issiq lik tashuvchiga qarama - qarshi tarzda harakatlanadi . Kuy dirish kanalining uzunligi 48,208 m , kengligi 1,7-4,7 m , ish chi balandligi 1,3-1,9 m . Italiyaning « Serike » firmasi pechlari oʻlchamlari 135,6 m uzunlik , 6,94 m kenglik va 2,07 m balandlikni tashkil etadi . Buyumlarni qizdirish to'g'ridan toʻgʻri alanga berish usulida va ekranlar - mufellar orqali amalga oshirilishi mumkin . Ochiq alangali pechlarda buyumlar yonish mahsulotlari bilan to'qnashadilar , shuning uchun ularni kul bilan va yoqilg'ining yonmay qolgan zarrachalari orqali ifloslanishi mumkin . Mufel pechlarida bu istisno etiladi , chunki buyumlarni qizdirish mufel orqali amalga oshiriladi . Ushbu usul qimmatroq , ammo ancha yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi . Shuningdek radiatsion tarzda qizdiruvchi pechlarni kelajakda 1300 ° C gacha qizish layoqatiga ega .

Tunnel pechi ( 14 - rasm ) uchta zonadan iborat : qizdirish , vagoncha qizdirish zonasidan oʻtadi , bu yerda qurish davrigacha hamda buyumlarni issiq gazlar orqali qizdirishi sodir bo'ladi , keyin esa kuydirish zonasiga oʻtadi . So'ngra vagonchalar harakatlanadi , bu zonaga pech oxirida joylashgan ventilyator orqali sovuq havo beriladi . Sovutuvchi buyumlardan ajraluvchi issiqlik hisobiga isigan havo yoqilg'ining yonishida ishtirok etish uchun kuydirish zonasiga tomon harakatlanadi . Kuydirish zonasidan yonish mahsulotlari qizdirish zonasiga beriladi , bugʻlanishi uchun beradi va uni kuydirishning boshlang'ich kuydirish va sovutish . Boshlanishida xom buyum terilgan gidravlik va mexanik itargichlar yordamida sovutish zonasiga haroratiga yaqin boʻlgan miqdorga keltiradi . Qizish zonasidan gazlar ventilyator yordamida quritish agregatiga yuboriladi yoki atmosferaga chiqarib tashlanadi .



Tunnel pechlaridagi kuydirish rejimi kuydiriluvchi buyumlarning koʻrinishi , shakli , oʻlchamlariga bogʻliq ravishda hamda issiqlik tashuvchi koʻrinishiga qarab tayinlanadi . Tunnel pechlarining afzalliklariga quyidagilar kiradi : kuydirish avtomatizasiyalashtirilgani , sanitar . jarayonini mexanizasiya va gigienik ish sharoitlarining yaxshilanganligi va halqasimon pech larga nisbatan yuqori unumdorlikka egaligi . Tunnel pechlarining kamchiliklari - vagonchalarning tez ishdan chiqishi , pechning turli zonalarida katta harorat o'zgarishlaridir . G‘ishtni bir qator tarzida kuydirish uchun moʻljallangan tunnel pechlarining kelajagi bor hisoblanadi , qaysiki ularda notekis kuydirish kanal balandligining kichikligi sababdan istisno etiladi . Keramika plitalar ishlab chiqarishda , 15-150 minut mobaynida sifatli buyumlar olinishini ta'minlovchi konveyerli pechlarda tezlashtirilgan rejim bo'yicha bir qatorli kuydirish usulidan foydalaniladi . Tezlashtirilgan bir qatorli kuydirish haroratni keskin koʻtarilishi ( 50-100 ° C / soat ) bilan belgilanadi , shuning uchun uning rejimini toʻgʻri oʻrnatilishi juda muhimdir ( ma'lumotlardan ) . NIIstroykeramika tuzilmasi asosidagi tezlashtirilgan tarzdagi kuydirish pechlari ochiq alangali va mufelli boʻladi iqtisodiy jihatdan eng tejamkor pech toʻgʻridan - toʻgʻri qizdiruvni pechlardir , ulardagi 1kg buyumga sarflanuvchi shartli yoqilg'i sarfi mufel pechlariga qaraganda 2 marta kam . Ular tuzilish jihatdan ham sodda , ularda ancha davomiy ravishdagi yuqori haroratda ushlanib turilishi , pechning turli zonalaridagi harorat o'zgarishlarini minimumgacha tushirish , yuklash va boʻshatish jarayonini avtomatlashtirish imkonlari mavjud . Ochiq alangali konveyerli pech toʻgʻri turtburchak kesimidagi tirqishsimon kanaldan iborat boʻlib , uning ichida roliklar ustida issiqbardosh poʻlatdan boʻlgan toʻrsimon konveyer tasma harakatlanadi . Pechlar kanalning ikki tomoniga joylashgan ijeksion gaz gorelkalari orqali yoqiladi . Gorelkalarning joylashishi kanal ichidagi harorat rejimini boshqarishga imkon beradi . Ulardan birlari yonish mahsulotini yuqori va pastki tutunga oid kanalga yo'naltiradi . Konveyerli boshqalari birlari yonish mahsulotini yuqori va pastki kanallarga yunaltirsa , pechlarning unumdorligi sutkada 10-17 ming dona buyum , kuydirish davomiyligi 0,5-3 soat ( tunnelli pechlarda 15-19 soat ) ; kuydirishning tannarxi 3-4 barobar arzon . NIIstroykeramika institutida tezlashtirilgan bir qatorli quritish konveyerli tizimlar ishlab chiqilgan , qaysiki bunda qizdiruvchi va kuydirish uchun tirqishli rolikli pechlardan foydalangan holdagi elementlar kuydiriluvchi byumlarni tunnel boʻylab harakat qildi riruvchi rolikli konveyerning bevosita tagiga joylashtirilgan . Bun day tizimlardan foydalanish keramik plitalarni kuydirish vaqtini qisqartirish , kuydirish jarayonini oson boshqarish , yopishib qolish , teshikchalar , pufakchalar kabi sirlash nuqsonlarini yo'qotishga hajmda boʻlsin barchasida ham foydalanish uchun qulay . Qoʻzgʻaluvchi imkon beradi , chunki suv bugʻi plitalarining sirlanmagan yuzasi orqali chiqadi . Tezlashtirilgan tarzdagi kuydirish usulining yanada takomil lashtirilgan pechlarida tasmali konveyer havo yostigʻi bilan almashtirilgan . Davriy tarzda ishlovchi pechlar qurilish keramikasi ishlab chiqarish sanoatida foydalanuvchi umumiy sondagi pechlar katta boʻlmagan qismini egallaydi . Ularning afzalligi - buyumlarni ma'lum harorat rejimi bo'yicha kuydirish imkoniyatiga egalligida . Biroq , davriy tarzda ishlovchi pechlar ma'lum etishmovchiliklarga ega , ulardan eng asosiysi yoqilg'ining solishtirma sarfining yuqo riligidir . Shuning uchun ular faqat kam hajmdagi yoki antiqa buyumlar , kimyoviy jihatdan chidamli apparatura va h.k. buyum larni kuydirish uchun qoʻllaniladi . An'anaviy tuzilmalarga oid davriy tarzda ishlovchi pechlarda pechning ishchi kamerasida yuqori haroratlar sharoitida bajariluvchi kamerani yuklash va boʻshatish - mehnattalab operatsiyalardir . Shu ning uchun hozirgi vaqtda qoʻzgʻaluvchi taglikli pechlar loyihalari ishlab chiqilib ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda . Ushbu pechlarda kuydirishi lozim boʻlgan buyumlar pech ichida emas , balki tashqarida me'yoriy sharoitda yuklanadi va shunday sharoitda boʻshatiladi . Bu pechlar xoh katta hajmda ishlovchi korxona boʻlsin , xoh kichik hajmda bo'lsin barchasida ham foydalanish uchun qulay. Qo'zg'aluvchan taglik g'ildirovchi vagonchadan iborat bo'lib uning ustiga buyumlar yuklanadi . Qo'zg'aluvchi taglik bir , ikki va uch ketma - ketlikdag vagonchadan iborat bo'lishi mumkin . Kuydirish jarayoni tugagach kerakli haroratgacha sovutilgan taglik osonlikda pech ichidan tashqariga chiqariladi . Ushbu pechlarda kuydirishning maksimal Buyumlarni pechga joylash ( oʻtqazish ) amallari pechlarning tuzilishi va foydalanuvchi yoqilg'i ko'rinishiga bogʻliq . Buyumlarni taglik g'ildirovchi vagonchadan iborat bo'lib uning ustiga buyumlar harorati 1350 ° C . To'liq sikl davomiyligi 48 soatni tashkil qiladi . o'tqazish yonayotgan olovni kuzatishga xalaqit bermasligi , alangani $ 23 . Buyumlarni pechga joylash tartibi pech kesimi boʻyicha bir tekisda taqsimlanishi hamda engil yuklash va boʻshatish ishlarini ta'minlaydigan tarzda boʻlishi lozim . Buyum yuzasini maksimal tarzda issiqlik tashuvchi bilan qamralishini ta’minlaydigan o'tqazish eng maqbuli hisoblanadi . Mayda fraksiyali yoqilgʻidan foydalanishda buyumlarni zichroq tartibda , yoqilg'ini pech tagiga tushishiga to'sqinlik qiladigan tarzda , yirik yoqilg'idan foydalanishda esa yoqilg'ini yuqori qatorlarda tutilib qolmaydigan tarzda o'tqazilishi lozim . G'ishtni o'tqazishning asosiy elementlari : oyoqchalar , oyoqchalar usti yopgichi , kolosnikli panjara va asosiy o'tqazish ( 15 - rasm ) . Eng keng tarqalgan o'tqazish « archa ) shaklidadir , uning o'tqazilish zichligi tirqish 10-15 mm boʻlishida 240-266 dona / m va tirqish 40 mm gacha bo'lishida 190-220 dona / m . Oyoqchalar balandligi yoqilgʻining sifatiga bogʻliq ravishda ( qoʻllanishi , tortim imkonlari ) 5 qator xom gʻishtgacha koʻpaytirilishi mumkin . Kolosnikli panjarani terish yoqilgʻini pech balandligi boʻyicha bir tekisda taqsimlanishini ta'minlash uchun qat'iy ravishda vertikal qoʻyilishi lozim . Olov holatini kuzatish uchun kolosniklik panjara orqali xom gʻisht taxlamasining pastidan yuqorigacha barcha erlari ko'rinib turishi lozim . Kanalning barcha kesimi boʻylab gaz tezligining yanada bir tekisda taqsimlanishiga 1. Ya . Mazovning g'isht taxlamasining o'ninchi qatorida kanalning oʻrtasi boʻylab qoʻshimcha oyoqchalar qoʻyilishi orqali amalga oshiriladigan usuli toʻgʻri keladi .

«Аrcha» shaklida o'tqazish usuli bilan bir qatorda G.A. Gan- harenko, S.V. Baskakov, A.AА. Nemsov, A.V. Minkinlarning past ovogli ikki g'ishtli, 210-215 dona/m? zichlikdagi kolosniksiz o't- gazish usullaridan foydalaniladi. O'tqazishning ushbu usullari mayda, shlaklanmaydigan yoqilgi bo'lishida, shuningdek хom g'ishtning yuqori nam holda bo'lishida qо llaniladi. Hozirgi рaytda xom g'ishtlarni halqasimon pech ichiga o'tqazish mexani- zasiyalashtirilgan va yuk ko'tarish layoqati 0,75 t bo'1lgan «4004» turdagi elektryuklagichlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu elektryuk- lagichlar 103-232 dona g'ishtdan qo1 yordamida shakllantirilgan paketni ko'tarib реch kamerasi ichiga olib kiradi. Ba'zi korxonalarda VSKO-24 va VSKО-28 turidagi avtomat-taxlagichlar joriy etilgan. Tunnel pechlarida kuydirilishida ham kuydirish jadalligi va stfati xom g'ishtni vagonchalar ustiga o'tqazish usuliga bog'liq. Orgazish usuli buyumlar turi, yuklash-bo'shatish ishlarining mexanizatsiyalashtirish darajasi va yoqilg'i turiga qarab tanlanadi. U avtomat-taxlovchilar orgali yoki qo'lda bajariladi va turg'un, пustahkam va zich holda bo'lishi (kuydirish kanalining 200-280 dona/m?) hamda рechning uzunligi va kengligi bo'ylab gazning bir tekisda taqsimlanishiga to'sqinlik qilmasligi lozim.

Yuza qoplovchi g'ishtni kuydirishda ularni vagonchalar ustiga 50-60 mm uzilishlar bilan chalganchasiga «to'g'ri archа» usulida рaketlar holida joylanadi. G'isht qatorlari balandlik bo'yicha shaxmat tartibida navbatma-navbat teriladi. O'tqazish zichligi kuydirish kanalining 250-270 dona/m? teng. Sanitar-qurilish anjomlarini tunnel pechlarida kuydirilishida eng tejamkor usul sifatida ratsion zich o'tgazish usuli qo'llaniladi (16-гasm).

$24. Pechlar ishini nazorat qilish uchun o'lchov apparaturasi

Рechlar ishini nazorat qilish uchun eng oddiy o'1chov apparatu- ralaridan (termometrlar, termoparalar, datchiklar, gazoanalizatorlar va h.k), shuningdek avtomatik nazorat asboblaridan foydalaniladi. Tunnel pechining uzunligi bo'ylab berilgan haroratni ushlab turish uchun yoqilg'ining o'zgarmas sarfi, sovutish zonasidan havoni tortib gizdirish zonasiga berilishi, tutun gazlarini chigarib tashlanishi ustidan kuzatuvchi avtonom regulyatorlari bo'1gan avtomauk boshqaruv tizimi go'llaniladi. Shuningdek pech ichiga ma lun vaqtlar oraliqlarida vagonchalar kiritish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Pechga yoqilg'i va havo berish pozitsion yoki mutanosiblik regulyatorlari orqali nazorat qilinadi . Ikki pozitsion avtomatik regulyator tizimining ishlash tamoyili shundan iboratki , isitilishida termoelektrik termometrda elektr yuritish kuchi uyg'onadi , qaysiki u ma'lum nuqtada harorat tebranishlari chegarasini o'rnatuvchi moslama mavjud boʻlgan tutash galvanometrga keladi . Harorat maksimal miqdorga erishganda , gaz va havo tarmoqlaridagi zaslonkalar yopiladi , yonish toʻxtaydi va harorat pasayadi . Harorat minimal yo'l qo'yilgan miqdorgacha pasayganda zaslonka qaytadan ochiladi . Kuydirish haroratini mutanosib ravishda avtomatik boshqaruv tizimining qoʻllanishi issiqlik tashuvchini harorat oʻzgarishiga muvofiq ravishda pechga berilishini nazorat qilinishiga imkon beradi . Harorat regulyatori issiqlik tashuvchi etishmagan paytda ochiluvchi va aksincha pech ichidagi haroratning yoʻl quyilgan miqdorlardan koʻtarilishida yopiluvchi klapan bilan bog'langan .

Vagonetka osti va kuydirish kanallari oraligʻidagi muvozanatdagi aerodinamik rejimni ushlab turish uchun bosim oʻzgarishi elektron regulyatoridan foydalaniladi . Uning ishlash tamoyili shundan iboratki , kuydirish kanalidagi havoning siyraklashuvida ijro mexanizmi orqali boshqaruvchi miqdor regulyatoriga signal kelib tushadi . Bu mexanizm vagonchaosti kanaldan havo oluvchi ventilyator oldidan oʻrnatilgan va undagi siyraklashuvni oʻzgarishiga ta'sir etuvchi drosselli klapan bilan bogʻlangan . SO gazini aniqlash uchun chiqib ketuvchi gazlarni tahlil qilish optik - akustik gazoanalizator orqali amalga oshiriladi . Kuydirish rejimini avtomatik tarzda boshqarish shuningdek ventilyator va dimososlar toʻxtashining membranali induksion datchiklarga ulangan signal lampalari yordamida ishlovchi tovush va yorugʻlik signalizasiyasini ko'zda tutadi .

$ 25 . Keramika buyumlari kuydirish nuqsonlari

Kuydirish qusurlari buyumdagi qaytarib boʻlmas nuqsonladir. Ularni bartaraf etib boʻlmaydi . Shuning uchun ko'pchilik hollarda kuydirish nuqsonlari tayyor mahsulotning sifatini, uning navlanishi va yaroqsizligini aniqlaydi . Yuqori namlikdagi jimi yirik yoriqlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin . Tez sovutishda kuydirilgan buyumlarda mayda yoriqlar yuzaga keli shi mumkin .

Dimososlar tortishining etarli boʻlmasligi oqibatida pechning qizdirish zonasida buyumlarning bugʻlanib qolishi ( zaparka ) -buyun yuzasida oq alomatlar sodir boʻlishi mumkin , bunda buyumga urib koʻrilganda jarangsiz tovush beradi . Bunday holatda pechning aerodinamik rejimini toʻgʻrilash zarur .

Buyumlarni halqasimon pechlarda kuydirishida oʻtqazilgan buyumlarning yuqori qatorlarida chala pishish , pech kengligi bo'yicha kuydirishning notekisligi , pastki qatorlarning chala pishishi , o'tqazilgan buyumlarning markaziy qismida oʻta kuyib ketish ( erib qolish ) , jarangsiz tovush , buyumlar mustahkamligining pasayishi kabi nuqsonlar boʻlishi mumkin . Bu , yondirish naychalari orqali pech ichiga sovuq havoning surilishi , yuqori qatorlarda oʻtqazilishning o'ta zichligi va pastki qatorlarning siyrakligi , kanalning yonbosh devorlarini kamroq isishi , pishish zonasida klapanlar tutun konuslari orqali gaz soʻrilishi , o'tqazilgan buyumlarning balandligi bo'yicha markaziy qismida havoning etishmasligi hamda qizdirish zonasida xom buyumning bugʻlanib qolishi ( zaparka ) bilan bog'liqdir .

Sanitar - texnik buyumlar va qoplovchi koshinlar kuydirishdan keyin quyish texnologiyasi buzilishining oqibati bo'lmish quyilish « yoriqlari » , massa tarkibining donachalar tarkibi bo'yicha bir jinsli emasligi , namlikning bir xil emasligi va devorchasining turli qalinlikda boʻlishi natijasida yuzaga keluvchi qiyshayishlar , mexanik shikastliklar natijasida hosil boʻlgan ezilishlar va buzilishlar , oʻtga chidamli jihozlar donachalari orqali yuzaga keluvchi ifloslanish , sirning yopishishi ( buyumlarning bir - biriga taglikka yoki kapsulga yopishib qolishi ) , mushkalar - buyum yuzasida qora - qoʻngʻir rangli mayda dogʻchalar , qaysiki bu massada temir aralashmalari mavjudligidan paydo bo'ladi .

NAZORAT SAVOLLARI

1. Keramika ishlab chiqarish texnologiyasida kuydirish qanday bosqich hisoblanadi?

2. Keramik massadan tayyorlangan buyumlarni pishirish uchun qancha darajadagi harorat zarur bo'ladi ?

3. Kuydirishning harorati rejimi shartli ravishda qanday davrlarga bo'linadi?



4. Keramika texnologiyasida buyumlarni sovitish muhim vazifalarga kiradimi?

5. Kaolinit mineralining formulasini yozib bering . U qizdirilganda qanday birikmaga aylanadi ?
Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish