Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipi. Stsiomeduzalar (Scyphozoa) sinfi. Vakil Aurella meduzasi.Tuzilishi va rivojlanishi
Kerakli jihozlar. Gidraning umumiy tuzilishini, otuvchi kapsulalarini, epiteliy-muskul hujayralarini ifodalovchi tablitsalar, tirik gidra (sutka mobaynida ovqatlanmagan bo‘lishi kerak), tirik siklop yoki dafniya, mikroskop, tomizgich, shisha tayoqcha, to‘g‘rilagich igna, gidraning ko‘ndalang kesimining mikropreparati, preparoval nina, lupa, mikrofilmlardan ham foydalanish mumkin.
Ishdan ko‘zlangan maqsad. Gidra misolida kovakichli hayvonlarning xarakterli belgilarini o‘rganish (tanishish). Tirik gidraning harakatini, ovqatlanishini va ta’sirlanishini kuzatish. Ko‘ndalang kesmasini o‘rganish.
Ishning mazmuni.
Gidra—uncha katta bo‘lmagan chuchuk suv polipidir. U ko‘l, hovuz va shu kabi chuchuk suvlardagi suv o‘tlari orasida yashab, silindrik formaga ega. Kattaligi 1 —1,5 sm. Gidraning oldingi tomonida 5—12 taga yaqin paypaslagichi bo‘lib, ularning o‘rtasidagi teshik — gipostomda og‘iz teshigi joylashgan. Og‘iz teshigi ikki xil vazifa bajaradi, ya’ni ovqat qabul qiladi, ham chiqindilarni tashqariga chiqarib tashlaydi.
Agar gidraga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, u tezda qisqaradi. Gidra ikki qavatdan tuzilgan. Uning tana devori tashqi ektoderma, ichki endoderma qavatidan iborat. Har ikkala qavat orasida esa strukturasiz yupqa tayanch plastinka yotadi. Bu qayvon tanasi kovak shaklida bo‘lib, ovqat hazm qilish bo‘shlig‘i yoki gastral bo‘shliq deyiladi, gastral bo‘shliq paypaslagichlarning uchigacha davom etadi.
Ekto va endodermaning asosiy qismini epiteliy — muskul hujayralari tashkil etadi. Ektodermada qisqaruvchi nerv va interetitsial (jinsiy hujayralar hosil qiluvchi) hujayralar bo‘ladi. Gidralarda otiluvchi hujayralarning bo‘lishi xarakterlidir. Bu hujayralar himoya va hujum qilish vazifasini bajaradi. Agar gidraga tashqaridan ta’sir etilsa, u tezda qisqaradi.
Endoderma esa epiteliy — muskul va bezsimon hujayralardan iborat. Endodermada joylashgan epiteliy — muskul hujayralar o‘zlaridan xivchin chiqarib, gastral bo‘shliqqa suv bilan kirgan oziqlarni o‘ziga tortadi va oziq shu tariqa gidradagi hujayralarda hazm bo‘ladi.
Endodermadagi bezsimon hujayralar esa o‘zlaridan ovqat hazm qilish shirasi ishlab chiqarib, gastral bo‘shliqdagi yirik oziqlarni parchalaydi.
Bu hol sodda hayvonlardagi hujayralararo ovqat hazm qilish sistemasidan ko‘p hujayrali hayvonlardagi hujayralararo bo‘lmagan ovqat hazm qilish sistemasiga o‘tishini ko‘rsatadi. Gidra bahor va yozda jinssiz, kuzda esa jinsiy ko‘payadi.
Gidra jinssiz ko‘payganda tanasining ustki tomonida kurtaklar hosil bo‘ladi va etilgach, uzilib tushadi va mustaqil katta gidraga aylanadi. Kuzda esa jinsiy ko‘payish boshlanib, jinsiy maqsulotlar ektodermada hosil bo‘ladi.
Chuchuk suv gidrasi refleks jarayoni 11-rasm
Chuchuk suv gidrasining kurtaklanib ko`payish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |