Kerakli asboblar: Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida ilmog‘i bor silliq taxtacha, stol.
Ishni bajarish
1. Og‘irlik kuchini o‘lchash. Dinamometrni olib, shkalasini o‘rganing. Dinamometrning o‘lchash chegarasini va aniqlik darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning ilmog‘iga turli massali jismlarni iling (24-rasmga qarang). Har safar dinamometr ko‘rsatishlarini yozib oling.
2. Ishqalanish kuchini o‘lchash. 1-tajriba. Stol ustiga uchida ilmog‘i bor silliq taxtachani qo‘ying. Dinamometr ilmog‘ini taxtacha ilmog‘idan o‘tkazing (25-rasm).
2-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg toshni qo‘ying. Tajribani takrorlang. Dinamometr ko‘rsatishidan foydalanib, ishqalanish kuchini aniqlang. Taxtacha ustiga qo‘yiladigan yuklar miqdorini o‘zgartirib, ishqalanish kuchlarini aniqlang.
3. Elastiklik kuchini o‘lchash. 1-tajriba. Dinamometrning asosiy qismi prujina bo‘lganligidan, unga yuk osilganda, yukning og‘irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo‘ladi.
2-tajriba. Rezinaning elastiklik kuchini o‘lchash uchun taxtacha va dinamometr oralig‘iga l0 = 15–20 sm uzunlikdagi rezina ulanadi. Dinamometr uchidan ushlab, yukni tekis harakat qiladigan holatda tortiladi (26-rasm). Bunda rezina cho‘ziladi va unda hosil bo‘lgan elastiklik kuchini dinamometr ko‘rsatishidan yozib olinadi.
3-tajriba. Dinamometrni vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Uning ilmog‘iga 10–15 sm uzunlikdagi rezina bog‘lanadi. Rezina oxirini siqib, ip bilan bog‘lanadi va ip uchini halqa shaklida qoldiriladi. Ipga massasi ma’lum bo‘lgan toshlar ilinadi. Dinamometr ko‘rsatishidan rezina cho‘zilishi tufayli hosil bo‘lgan elastiklik kuchi aniqlanadi.
Ishqalanish kuchini o‘lchash jadvali
Yuksiz dinamometr ko‘rsatishi (N)
|
Taxtachaga qo‘yilgan yuk massasi (kg)
|
Yukli holatda dinamometr ko’rsatishi (N)
|
|
|
|
Elastiklik kuchini o‘lchash jadvali
Yuk osilganda dinamometr ko‘rsatishi (N)
|
Yuk harakatlanganda dinamometr ko‘rsatishi (N)
|
Rezina qo’yilganda dinamometr ko‘rsatishi (N)
|
|
|
|
Xulosa ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MAVZU: RICHAGNING MUVOZANATDA BO‘LISH SHARTINI O‘RGANISH.
LABORATORIYA ISHI-5
Do'stlaringiz bilan baham: |