Ishni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar
O'lchash natijalarini yozib qo'yish uchun jadval namunalari. Diodning to‘g‘ri ulanish xarakteristikasini olish uchun jadval.
2.1-jadval
I bgn(mhgg(fkfmmm(kj(((mA)
|
0
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
U(mV) (mV)
|
|
|
|
|
|
|
|
Diodning teskari ulanish xarakteristikasini olish uchun jadval.
2.2-jadval
U(V)
|
0
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
1(V)
|
|
|
|
|
|
|
|
Kremniyli, germaniyli diodning to‘g‘ri ulanishi bo'yicha xarakteristikasini olish.
Buning uchun 2.2-a rasmdagi sxemadan foydalaniladi kommutativ tumblerni “Вкл” holatiga qo‘yish kerak, natijada nurlanuvchi indicator lampa yonadi. (0-50) mV, (0-20) mA shkalali ampermetr, milliampermetr va voltmetrlarni 2.2-a rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan KT1, KT2, КТЗ, KT4 nazorat nuqtalariga ulang. Keyin esa R1 qarshiligi orqali manba tokini bir tekisda o‘zgartirib, diodning to‘g‘ri ulanishdagi tok va kuchlanishlari xarakteristikalarini qayd eting. VAX olish uchun 7-8 nuqta kifoya. Olingan natijalarni jadvalga kiriting va sxemani o‘z holatiga keltiring.
Kremniyli, germaniyli diodning teskari ulanishi bo'yicha xarakteristikasini olish.
Buning uchun 2.2-b rasmdagi sxemadan foydalanib kommutativ tumbler “Вкл” holatiga o'tkazing. (0-50) mV, (0-20) mA shkalali o‘lchash asboblarini 2.2-b rasmda keltirilgan KT5, KT6, KT7, KT8 nazorat nuqtalariga ulang. Keyin esa R2 qarshiligi orqali manba kuchlanishini bir tekisda o'zgartirib, diodning teskari ulanishdagi tok va kuchlanishlarning xarakteristikasini qayd eting. Olingan natijalarni jadvalga kiriting va sxemani o‘z holatiga keltiring.
3.Olingan natijalar bo‘yicha VAX ning grafiklarini chizing.
Hisobot mazmuni
Laboratoriya ishining bayoni.
O‘lchash jadvallari.
O‘lchash natijalari jadvali.
Diodlarning VAX grafiklari.
Tekshirilayotgan va boshqa yangi diodlar haqidagi ma’lumotlar.
Nazorat uchun savollar
Yarimo‘tkazgichli diod qanday tuzilgan?
p-n o‘tish joyi nima va uning qanday xususiyatlari bor?
Yarimo'tkazgichli diodlar o‘z vazifalari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
Diodning volt-amper xarakteristikasi deb nimaga aytiladi va u laboratoriyada qanday olinadi?
Yarimo‘tkazgichli diodlar qanday materiallardan ishlab chiqariladi?
Yarimo'tkazgichlarda xususiy teshik va elektron o'tkazuvchanligi tushunchalari nimani bildiradi?
p-n o‘tish joyi volt-amper xarakteristikasining tenglamasini yozing, uning amaliy diod xarakteristikasining farqi qanday?
Kremniyli, germaniyli diodlar VAX va ko‘rsatkichlari nima bilan farq qiladi va nima sababdan?
p-n o‘tish joyi kengligi nima, u berilgan kuchlanish qiymati va ishorasi bilan qanday bog‘langan?
10.Yarimo'tkazgichli diodlar qanday asosiy ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi?
11.Quyidagi tushunchalar nimani bildiradi: diodning o‘zgarmas tok bo‘yicha qarshiligi, o‘zgaruvchan tok bo'yicha qarshiligi. Differensial qarshilik nima?
12.To‘g‘rilagich diodlarining ishlatilish qoidalarini aytib bering.
Adabiyotlar
Горбачёв Г.Н., Чаплыгин E.E. “Промышленная электроника” /Под ред. Лабунцова В.А., М.: «Энергоатомиздат», 1988.
“Полупроводниковые приборы: диоды, теристоры, опто-электронные приборы” Справочник/Брюков А.В., Гицкевич А.А. и др.: Под общ. ред. Горюнова Н.Н. — М.: «Энергоатомиздат», 1984.
Викулин А.К., Стафеев В.И., “Физика полупроводниковых приборов” — М., «Радио и связь», 1990.
Гусев В.Г., Ю.М., “Электроника” — М., “Высшая школа”, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |