Kent axborot texnologiy



Download 231,62 Kb.
bet1/20
Sana29.12.2021
Hajmi231,62 Kb.
#85147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Topshiriq. Ekologiya fanidan. OEL090 (2)


Ilova 1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


EKOLOGIYA



fanidan
AMALIYOT
TOPSHIRIQ №2

Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi

_______________OEL090__guruh
_______________________________________

talabaning F.I.Sh.


Qabul qildi: ______________________________________

Toshkent 2020


Вариант рақамлари

Имя

Фамилия

Адрес электронной почты



Shoxdjaxon

Jumaev

shohjahonjumayev777@gmail.com



Farxod

Abdualiyev

kif3abdualiyev@tuit.uz



Murodjon

Mannonov

kif3mannonov@tuit.uz



Mirshod

Negov

kif3negov@tuit.uz



Shahzodjon

Nurmuxamedov

kif3nurmuxamedov@tuit.uz



Shohzod

Odilov

kif3odilov@tuit.uz



Shaxzod

Rashidov

kif3rashidov@tuit.uz



Raxmatilloh

Rasulov

kif3rasulov@tuit.uz



Jahongir

Rozimov

kif3rozimov@tuit.uz



Zarnigor

Shirinboyeva

kif3shirinboyeva@tuit.uz



Shahboz

Sobirov

kif3sobirov@tuit.uz



Toshpo'lat

To'raqulov

kif3turaqulov@tuit.uz



Shaxbos

Xalimov

kif3xalimov@tuit.uz



Mirzoxid

Xoshimov

kif3xoshimov@tuit.uz



Ibrohim

Isabekov

kif3isabekov@tuit.uz



Otabek

Abdiahadov

kif3abdiahadov@tuit.uz



Amirbek

Aslonov

kif3aslonov@tuit.uz



Jamshid

Erkinov

kif3erkinov@tuit.uz



Jahongir

Gafurov

kif3gafurov@tuit.uz



Murodjon

Muxamadaliyev

kif3muxamadaliyev@tuit.uz



Sherali

Narzullayev

kif3narzullayev@tuit.uz



Elbek

Tojiyev

kif3tojiyev@tuit.uz



Azizbek

Bakhodirov

kif3baxodirov@tuit.uz



Abduvali

Nazirov

kif3nazirov@tuit.uz



Yorqin

Durnazarov

kif3durnazarov@tuit.uz



Shohzod

Farmonov

kif3farmonov@tuit.uz



Khusniddin

Salimov

kif3salimov@tuit.uz



Jasur

Sattorov

kif3sattorov@tuit.uz



Ravshan

Nortoshev

kif3nortoshev@tuit.uz



Shohrux

Aminov

kif3aminov@tuit.uz



Bekzod

Hayitboyev

kif3hayitboyev@tuit.uz



Sirojiddin

Mahmanazarov

kif3mahmanazarov@tuit.uz



Saidislom

Quvvatov

kif3quvvatov@tuit.uz



Davron

To'rayev

kif3torayev@tuit.uz



Jamshid

Umarov

kif3umarov@tuit.uz



Mirzokhid

Khasanov

kif3khasanov@tuit.uz



Navruzbek

Samsokov

kif3samsoqov@tuit.uz



Dilafruz

Jumayeva

kif3jumayeva@tuit.uz



Shahzod

Abdikarimov

kif3abdikarimov@tuit.uz



Firdavs

Atajanov

kif3atajanov@tuit.uz



Fayzullox

Ergashboyev

kif3ergashboyev@tuit.uz



Bobir

Hamroyev

kif3hamroyev@tuit.uz



Shahzod

Muxammadov

kif3muxammadov@tuit.uz



Asliddin

Buronboyev

kif3buronboyev@tuit.uz



Davron

Omonov

kif3omonov@tuit.uz



Abbos

Xamidullayev

kif3xamidullayev@tuit.uz



Abubakr

Yoʻldoshov

kif3yoldoshov@tuit.uz



Maftuna

abduraxmanova

kif3abduraxmanova@tuit.uz



Zuxriddin

Abdushukurov

kif3abdushukurov@tuit.uz



Hakimjon

Husanov

kif3husanov@tuit.uz



Beknazar

Oltiboyev

kif3oltiboyev@tuit.uz



Bexruz

Sevinchev

kif3sevinchev@tuit.uz



Mahliyo

Toshboyeva

kif3toshboyeva@tuit.uz



Dilshod

Ikromov

kif3ikromov@tuit.uz



Asliddin

Rasulov

kif3rasulovasliddin@tuit.uz



Abdukarim

Jurayev

kif3jurayevabdukarim@tuit.uz



Erkin

Jurayev

kif3jurayeverkin@tuit.uz



Murodjon

Xakimov

kif3xakimovmurodjon@tuit.uz



Elyor

Norboyev

kif3norboyevelyor@tuit.uz



Abdulboriy

Alimov

kif3alimovabdulboriy@tuit.uz



Asilbek

Erkinov

kif3erkinovasilbek@tuit.uz



Sardorbek

Yusupov

kif3yusupovsardorbek@tuit.uz



Sirojiddin

Maxmanazarov

maxmanazarov@inbox.ru













































EKOLOGIYA” fandan


2 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
2.1 - jadval

Mavzu:

Tabiiy resurslar. Ishlab chiqariladigan tashlanmalar hisobi

Ishdan maqsad:

Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.

Adabiyotlar:

  1. Nigmatov A.N. Ekologiyaning nazariy asoslari. – T.:“Faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2013.

  2. Fundamentals of General Ecology, Life Safety and Environment Protection. Mark D Goldfein, Alexei V Ivanov, Nikolaj Kozhevnikov, V Kozhevnikov. NovaSciencePublishers, Inc. (April 25, 2013).

  3. Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson Street, New York, NY 10014 ISBN-13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566-1396-9 (ALB).

  4. D.Yormatova. Ekologiya. – T.: «Fan va texnologiya», 2012, 256 bet.

  5. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya menejmenti (chizmalar, tushunchalar, faktlar va raqamlarda): darslik / A.Nigmatov, Sh.Muxamedov, N.Xasanova. – T.: Navro‘z. 2014. – 199 b.

Vaqti

10 soat.

Toshshiriqni bajarish ketma ketligi

  1. Amaliy topshiriqni bajaring.

  2. Hisobot tayyorlash.


Eslatma: talabalar jadvallarda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar.
Topshiriq: Tabiiy resurslar. Ishlab chiqariladigan tashlanmalar hisobi uchun berilgan.
I. Amaliy topshiriqni bajaring.
2.1-topshiriq. Atmosferaga zararli moddalar chiqindilarining darajasini baholash
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni amalga oshirish maqsadida keyingi 15 yilda respublikada monitoringning yagona tizimi yaratildi, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi asosiy tabiiy va texnogen manbalarning ro‘yxati shakllantirildi, o‘lchashlarni bajarishning zamonaviy metodikalari ishlab chiqildi, ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasi modernizatsiya qilindi, monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida davlat axborot-tahlil markazi tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda.

Atrof muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy massasi ko‘rsatib o‘tilgan davrda 1,5 baravarga qisqardi, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Sirdaryo viloyatlarining o‘rganilgan tumanlarida sug‘oriladigan yerlar boniteti 0,9 dan 4,7 ballgacha oshdi.

Shu bilan birga, suv resurslari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ba’zi tozalash inshootlarida oqova va tashlamalarni tozalash ishlarini amalga oshirish samarasi yetarli darajada emas, yirik sanoat korxonalari atrofidagi ba’zi tuproqlar ifloslangan. Ekoanalitik laboratoriyalarning metodik va moddiy-texnika bazasi yanada takomillashtirishni talab qiladi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;

- atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;

- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.

Atmosfera havosining holatini baholashda O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:

- atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planishi;

- fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta’sir ko‘rsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajalari.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy ta’sir ko‘rsatish omillarining har biri bo‘yicha belgilanadi.

Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqxona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:

- atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni tozalash va unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalardan, shuningdek ularning ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish hamda ularning ishlash qoidalariga rioya etishi;

- ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritishi, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi, retsirkulatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirishi;

- xo‘jalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini barpo etishi;

- atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini belgilashi;

- atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni hamda unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

- atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, ularning hisobini yuritishi va statistika hisobotini taqdim etishi;

- atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini ta’minlashi hamda o‘lchovlarni amalga oshirishi;

- yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg‘ining, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan yoqish maxsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi va chiqindilar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno;

- energiyani tejovchi va (yoki) resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

- meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishini kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan tadbirlarni bajarishi;

- korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof-muhitga hamda aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholashdan o‘tkazishi;

- kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, tashish shartlariga, ulardan foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalariga rioya etishi;

- atmosfera havosiga biryo‘la va avariya tufayli ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishi;

- chiqindilarning utilizatsiya qilinishini ta’minlashi hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish choralarini ko‘rishi shart.

Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi tuproq, suv va atrof-muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi kerak.



Download 231,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish