Namangan davlat universiteti 5A230102 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura yo‘nalishi talabasi Abduraximov Abdurasul Abdunosir o‘g‘lining “Ishsizlik iqtisodiy xavsizlikning ijtimoiy indikatori sifatida” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
So‘ngi yillarda aholini ijtimoiy himoyalash, turmush farovonligini oshirish borasida boshlangan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatib, yurtimizning eng chekka hududlarida ham har bir aholi o‘z hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarni oilalari misolida yaqqol his qilishmoqda. Buni birgina joylarda saylovchilar bilan o‘tkaziladigan yuzma-yuz muloqotlarda ko‘tariladigan bandlik, ijtimoiy xizmat turlarining pastligi, elektr energiyasi, ichimlik suvi va ichki yo‘llar kabi ayrim turdagi aholi murojaatlari soni kamayganligida ham kuzatish mumkin.
Bunda esa, albatta aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tahlillarga qaralsa, 2017-2020 yillarda aholi bandligini taʼminlash uchun qarib 3 millionga yaqin doimiy ish o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, hududlarda aholi bandligini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi orqali subsidiya va grandlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lganlar fuqarolar uchun imtiyozli kreditlar doimiy ravishda ajratib kelinmoqda.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, aholi bandligini taʼminlashda joylarda xizmatlar sohasining rivojlanib borishi muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, ham dalatimiz rahbari boshchiligida joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoda. Jumladan, joriy yilning 11 may kuni qabul qilingan Prezidentimizning “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik subʼektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Aholi bandligini taʼminlash aholi turmush darajasini oishirishning muhim omilidir. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek: «...Biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada taʼsir ko‘rsatayotgani bilan ўлчанади» 1. Ushbu o‘zgarishlar dastlab mehnat munosabatlari orqali namoyon bo‘lib, mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish zaruratini keltirib chiqardi. Ushbu bozor faoliyatini rivojlanishi aholining ish bilan bandlik muammolarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda mehnat bozorini shakllantirish jarayonida “Aholining ish bilan bandligi to‘g‘risida”gi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi muhim huquqiy asos hisoblanadi. Keltirib o‘tilgan meʼyoriy hujjatlar aholi turmush farovonligini oshirishda ularning bandligini taʼminlashning muhim asosini tashkil etadi. Ammo, keltirib o‘tilgan qonun va kodeksda belgilangan kafolatga qaramay 2017 yilda “Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsada, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sababi ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq”. Ushbu keltirib o‘tilgan holat mamlakatimizda mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi
rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratishni taqozo etib, tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |