. KENG OMMALASHGAN KOMYUTER GRAFIKASI PAKETLARI
4.1. Adobe Photoshop dasturiy vositasi haqida tushunchalar
Adobe
Photoshop dasturiy vositasi tasvirlar ustida ishlashda eng yaxshi va
samarali dasturiy vositalardan biridir. Adobe Photoshop dasturining yana bir o‘ziga
xos keng imkoniyatlaridan bittasi turli xil rasm formatlarini o‘qiy olish salohiyatiga
egaligi. Ushbu dasturiy vosita bilana turli xil ko‘rinishdagi animatsiyalarni, foto
roliklarni, rasmlar ustida montaj va boshqa shunga o‘shaydigan barcha ko‘rinishdagi
ishlarni bajarsak bo‘ladi. Biz dastlab Adobe Photoshop dasturni ishga tushirish
uchun Windowsning asosiy menyu tugmasini bosamiz, hamda bu menyu
ichidan Programmi bo‘limini tanlab va Adobe deb nomlangan guruhdan Adobe
Photoshop yorlig`ini tanlab ustiga sichqonchani chap tugmasi bilan bosamiz.
Natijada monitorimizda quyidagi interfeys hosil qilinadi(4.1-rasm).
4.1.-rasm.
Adobe Photoshop dasuring ishga tushgandagi oynasi
4.2.-rasm. Dasturning ishchi oynasi yuqoridagi ko‘rinishda bo‘ladi
Asosiy tushunchalar
Ajratish. Ajratilgan bo‘lak bilan ish boshlash– bu Adobe Photoshop
dasturida ishlashimizning muhim asosi bo‘lib, uning yordamida juda juda ko‘p
qulayliklar yaratiladi. Ajratilgan qismmimiz – bu o‘z novbatida taxrirlanuvchi
barcha sohani foydalanuvchiga ko‘rsatib o‘tadi. Belgilab ajratilgan qismimiz
“harakatlanuvchi chumolilar” ko`rinishida nomoyon bo‘lib ko‘rsatiladi, ya’ni
harakatlanuvchi uzilgan chiziqlar asosida belgilanadi.
Qatlam. Adobe Photoshop dasturimizning bir vaqting o‘zida bir qancha
qatlamlar bilan ishlashga yordam beradi. Kompyuter grafikasida qatlam qanday
tushuncha ekanligini anglash uchun, bir nechta yupqa shisha qoplamalariga
chizilgan turli xil ob’ektlarni ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Agar barcha
qatlamlarni o‘zaro birini ustiga birini joylashtirsak yangi ko‘rinishdagi tasvir hosil
qilinadi. Ko‘p qatlamli tasvirimiz xam xuddi shu yo‘nalishda hosil qilib chiqiladi.
Qavatlarimiz soni 100 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo odatda buncha ko‘p qatlam
kamdan kam qo‘llaniladi. Odatda o‘n o‘n besh qavatdan iborat tasvir hosil qilinadi.
Qo‘shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog‘liq bo‘lmasdan,
xaqiqiy ajratish shaklidir (aniqrog‘i, uni ko‘rsatish va saqlash), unda ajratilgan
piksellar oq rangda, qora rangda esa – ajratilmagan, qora rangda – qisman ajratilgan
piksellar ko‘rsatiladi. Ammo dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa –kanal
hisoblanadi.
Piksellarni o‘rnatish rejimi.
Barcha uskuna bilan ishlash amali – bu mavjud
piksellar ustiga yangilarini o`rnatish funksiyasini bildiradi. Oddiy rejimda mavjud
piksel yangisi bilan o‘zgartiriladi. Biroq boshqa variantlar xam mavjud bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |