Kembriya patruli



Download 25 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi25 Kb.
#635492
Bog'liq
O‘zbekiston armiyasi


O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 29-sentabrdan 17-oktabrga qadar Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqada Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kosovo, Gretsiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSh, Daniya, Indoneziya, Shveysariya, Litva, Niderlandiya Qurolli Kuchlari razvedka va maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilaridan iborat 103 ta jamoa o‘zaro bahs olib borgan.
Musobaqaning faol fazasi 14-oktyabr kuni boshlangan bo‘lib, ishtirokchilar 90 kilometr masofada joylashgan turli darajadagi murakkab shartlardan o‘tish asnosida har 8−10 kilometrda bir nechta jangovar topshiriqlarni bajargan.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar zararlangan hududdan o‘tish, joyni razvedka qilish va tog‘ daryosini kesib o‘tish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni turli yo‘llar bilan evakuatsiya qilish, mina to‘sig‘idan yakka va guruh tarkibida o‘tish, dushman obyektiga bosqin uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi shartdan ham o‘tgan.
Bundan tashqari, jamoalarga 8 ta kutilmagan “test syurpriz” topshiriqlari ham berilgan: xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyatsiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yo‘naltirish, harbiy topografiya me’yorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi bo‘yicha test topshirish, razvedka bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha me’yorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar bo‘yicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi bo‘yicha bildiruv berish.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 kilometr masofani 37 soatda bosib o‘tgan.
Xalqaro musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni mezbon davlat — Buyuk Britaniya jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasiga nasib etgan. Shohsupaning uchinchi pog‘onasini esa AQSh jamoasi band etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yili O‘zbekiston razvedkachilari “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni, 2018- va 2019-yillarda birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston jamoasi “ArMI-2021” yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi


“ArMI-2021” xalqaro armiya o‘yinlarining 24 yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqalarni umumjamoa hisobida 2-o‘rin bilan yakunladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, dunyoning 11 ta davlati hududida o‘tkazilgan “ArMI-2021” xalqaro armiya o‘yinlarida 42 ta davlatdan jami 277 ta jamoaning 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilari o‘zaro kuch sinashgan. O‘zbekiston jamoalari ushbu nufuzli musobaqaning 24 yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur bellashuvlar davomida o‘zbekistonlik harbiylar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagan.
Xususan:
“Sodiq do‘st” erkaklar jamoasi 1 ta oltin,
“Sodiq do‘st” ayollar jamoasi 1 ta oltin.
“Harbiy-tibbiy estafeta” jamoasi 1 ta oltin,
“Dala oshxonasi” jamoasi 1 ta oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
“Elburs halqasi”, “Merganlar marrasi”, “Otliq marafon”, “Qurolsoz usta”, “Xavfsiz muhit”, “Muhandis formulasi”, “Xavfsiz marshrut”, “Qutb yulduzi”, “Qo‘shinlar razvedka a’lochisi” musobaqalarida 2-o‘rinlar nasib etgan. “Avtozirhli tank texnika ustasi”, “Ishonchli qabul”, “Yo‘l patruli”, “Sayan yurishi” bellashuvlarida esa O‘zbekiston harbiylari uchinchi o‘rinlarni egallagan.
Qayd etilishicha, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozilgan. Xitoy — 6 ta, Belarus va Hindiston — 2 tadan.
Xususan, “Harbiy tibbiy estafeta” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bahslarda munosib ishtirok etib, o‘z raqiblarini ortda qoldirgan va 3 ta rekord natijalarini yangilagan.
Qizg‘in va murosasiz kechgan “Elburs halqasi” musobaqasida kichik serjantlar Sanjar Tukliyev, Abdumuhtor Abdug‘aniyev va Azimjon Ibragimov “Tog‘ to‘siqlar yo‘lagi” shartini 12 daqiqa 58 soniya bilan bajarib, rekord natija ko‘rsatgan bo‘lsa, “Muzli hududdan o‘tish” shartini ado etishda ham jamoamiz peshqadamlik qilgan. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari mazkur vazifani 11 daqiqa-yu 37 soniyada uddalab, rekordlar seriyasini davom ettirgan.
“Sodiq do‘st” jamoasida serjant Ulug‘bek Nurillayev “300 metrlik to‘siqlarni xizmat itlari bilan o‘tish” shartida 1 daqiqa 13 soniya bilan bosib o‘tib, tengsiz ekanini amalda namoyon etdi hamda rekord o‘rnatdi.
“Merganlar marrasi” musobaqasining “Yakka sinov” bellashuvida kichik serjant Fazliddin Kirgizov “Mo‘ljalga olish nuqtasini o‘zgartirib otish” mashqini 15 daqiqa-yu 6 soniyaga bajarib, yangi rekord natija ko‘rsatgan.
5-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida “ArMI-2021” ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi


AQShdagi xususiy Global Firepower tashkiloti an’anaviy ravishda har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolgan —140 ta davlat orasida 51-o‘rin.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi 70 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘lib, uning tarkibida 194 ta havo texnikasi, 420 ta tank, 98 ta yoppasiga o‘q uzish tizimlari, 1,2 ming zirhli texnika, 60 ta artilleriya quroli mavjud.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilgi reytingda birinchi o‘rinda AQSh armiyasi, keyingi o‘rinlarda Rossiya va Xitoy joy olgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallagan. Qozog‘iston — 61, Afg‘oniston — 75, Turkmaniston — 86, Qirg‘iziston — 93, Tojikiston — 99-o‘rinda.
Global Firepower reytingi 55 ta ko‘rsatkich inobatga olingan holda tuziladi. Reytingni tuzishda geografik omillar, tabiiy zaxiralar, moliyaviy barqarorlik va mahalliy sanoatning rivojlangani ham ahamiyatga ega. Armiyalar qudratliligini baholashda yadro quroli borligi, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarda flot yo‘qligi hisobga olinmaydi.
Avvalroq o‘zbekistonlik harbiylar Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni egallagani, O‘zbekiston jamoasi “ArMI-2021” xalqaro armiya o‘yinlari yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish