“Kelishilgan” “Tasdiqlayman”
O‘.T.I.B.D.O‘ 175-maktab rahbari
Ganiyeva Z.T Shaxnazarova N.A
__________ _____________
Toshkent shahar Mirobod
tumanidagi 175-maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Matyaqubova Shoiraning
matematika darsidan bir
soatlik
DARS ISHLANMASI
Uslub birlashma rahbari:
Soliyeva L.R
___________
2018-2019-o‘quv yili
Sana: 17.09.2019
Sinf: 3-sinf
Fan: Matematika
Mavzu: Qo‘shishning guruhlash xossasi
Tayanch tushunchalar: Qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuni, qo‘shishning guruhlash qonuni, ko‘pburchaklar, ularning tomonlari, burchaklari va uchlari.
Ajratilgan vaqt: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Qo’shishning o‘rin almashtirish va guruhlash qonunlarini eslatish, ularga doir misollar yechish, ko‘pburchaklarning tomonlari, burchaklari va uchlari bo‘yicha ularni ajrata olishga doir mashqlarni yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ish, «Kim tez topadi?» interfaol metodi.
Jihozlar: Darslik, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash qonunlari, ko‘pburchaklar bo‘yicha o‘quvchilarning 2-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
Kutilayotgan natijalar: Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash qonunlarini qo‘llagan holda misollarni yechishni puxta o‘zlashtirib oladilar, ko‘pburchaklaming tomonlari, burchaklari va uchlari bo‘yicha ularni ajratish, ko‘pburchaklaming nomlarini ayta oladilar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
1 misollarning yechilishi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash qonunlarini puxta o‘zlashtirib olishlari zamrligi ta’kidlanadi.
2-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. Shu bilan birga o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham misolni yechishlari mumkin.
3. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 72 cm, eni bo‘yidan
27 cm qisqa. To‘rtburchakning perimetrini toping.
72-27=45 72+72+45+45= 144+90=234
Javob:
P= 134 sm
4-misol
. 7 · x = 63 48 : x = 6 54 : x = 9
X=63:7 x=48:6 x= 54:9
X=9 x=8 x=6
Tekshirish: Tekshirish: Tekshirish:
7* 9 =63 48:8=6 54:6=9
5. Rasm asosida masala tuzing va yeching:
O‘qituvchi: «Ikkinchi shakl nima uchun to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi?»
O‘quvchi: «Hamma burchaklari to‘g‘ri burchakli bo‘lgani uchun to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi».
IV. Mustahkamlash.
Boshqotirmani yechish uchun «Kim tez topadi?» interfaol metodidan foydalaniladi. O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, boshqotirmani yechadilar. Guruh sardorlari plakatda ko‘rsatilgan javoblami namoyish etadilar.
V. Uyga vazifa: 6-7-misol-masala
6. Qulay usulda qo‘shing:
520 + 240 + 180 = 700+240= 940 370 + 270 + 230= 600+ 270=970
260 + 130 + 340 = 600+ 130 = 730 410 + 280 + 190= 600+ 280 =880
7. Bir yil oldin maktabda 890 nafar o‘quvchi o‘qir edi.
Ulardan 80 nafari maktabni bitirishdi. Yangi o‘quv
yilida 1-sinfga 90 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Hozir
necha nafar o‘quvchi o‘qimoqda?
Yechish:
(890-80)+90= 810+90=900
Javob: 900nafar
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: Qog‘oz yoki kartondan turli o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar yasab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |