Saylov okrugi va saylov uchastkalarida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
har bir saylov uchastkasi joylashgan bino (xona)da favqulodda vaziyatlarda insonlarni evakuatsiya qilish uchun kamida 2 ta kirish-chiqish yo‘lak (joy)larining mavjud bo‘lishini ta’minlash;
evakuatsiya chiqish joylari yo‘nalishlarini belgilovchi ko‘rsatkichlarni ko‘rinarli joylarga joylashtirish;
saylov o‘tkaziladigan bino va inshootlar joylashgan hududlarni hamda binoning ichidagi xonalarni yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari (hududlarni yong‘in ӯchirish qalqonlari, xonalarni yong‘in ӯchirgichlar) bilan me’yor talablari asosida ta’minlash;
yong‘in ӯchirish gidrantlari yoki yong‘inga qarshi suv hovuz (rezervuar)lari va ichki yong‘in o‘chirish kranlarida (agar ob’ektda bӯlsa) etarli suv bosimini, ularning soz holatda bӯlishini ta’minlash, shuningdek etarli miqdorda yong‘in ӯchirish englari, dastak va ulash moslamalari bilan ta’minlash;
yong‘in ӯchirish gidrantlari yoki yong‘inga qarshi suv hovuz (rezervuar)lari va ichki yong‘in o‘chirish kranlari (agar ob’ektda bӯlsa) joylashgan joylarga mos ravishda “PV” va “PK” kӯrsatkichlarining ӯrnatilganligini ta’minlash;
bino, xonalar va ovoz beruvchilar uchun mo‘ljallangan kabinalardagi barcha elektr yoritish chiroqlarining va elektr energiyasi ta’minoti tarmoqlarini “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” (“PUE”) talablari asosida montaj qilinganligini ta’minlash;
ob’ektlardagi isitish tizimlari va qozonxonalarda muvofiqlik sertifikatiga ega, soz holdagi tabiiy va suyultirilgan gaz, boshqa muqobil yoqilg‘i maxsulotlarida ishlaydigan uskunalardan foydalanilishini ta’minlash;
gaz, elektr, issiqlik, ichimlik suvi va boshqa muhandislik tizimlarining soz holda bo‘lishi hamda xavfsiz ishlashini ta’minlash;
ob’ektlarning bino va inshootlari, havozalar, monitorlar va boshqa konstruksiyalarning texnik musahkamligini ta’minlash;
saylov okrugi va uchastkalari hududlarini to‘liq yoritilishini ta’minlash;
saylov okrugi va uchastkalari hududlarini quruq ӯtlardan va yonuvchi chiqindilardan tozalash;
saylov okrugi va uchastkalarga olib boruvchi yo‘llar hamda ko‘priklarning aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun talab darajasiga keltirilishini ta’minlash;
fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi burchaklarini tashkil etish;
ko‘chki xavfi majud saylov uchastkalarida profilaktik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirish;
saylov uchastkasi a’zolarini favqulodda vaziyatlar va yong‘in chiqqanda harakat qilishga o‘rgatish va yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazish.
5. Ish vaqti tugagandan so‘ng har bir xonadagi konditsioner, kompyuter, tele va video apparaturalar, boshqa turdagi barcha elektr jihozlar va maishiy uskunalar o‘chirilishi va elektr tarmoqdan uzib qo‘yilishi lozim.
6. Barcha elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlari qarshiligi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |