Kelishildi



Download 1,98 Mb.
bet4/15
Sana08.04.2017
Hajmi1,98 Mb.
#6292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi terapevtik seksiyasida 2013 yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.


Rayis: Professor,t.f.d. Karimov M.Sh.


Amaliy mashg‘ulot ta'lim texnologiyasi





1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi

Halq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi. Mahsus jixozlangan Shifokor nazorati tematik xona, sport tibbiyoti kartasi, sirkul, santimetr lentasi, bo‘y o‘lchagich, tibbiyot torozi, dinamometr, spirometr, stanovoy dinamometr, tarqatma materiallar, slaydlar (kompyuter)

2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 6soat.(270min)

Talabalar soni 8-9

3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:

Tematika bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda talabalarni sport tibbiyoti fani, vazifalari va ish mazmuni bilan, sport tibbiyotida qo‘lla-niladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan, jismo-niy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan tanish-tirish va sportchilarn jismoniy rivojlanishi baholash usulallrai, sportchilar organizmi tizimi funksional xolatini baholash sinama-larini o‘rgatish.

4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi :

(mashg‘ulot rejasi)

Kirish

Asosiy qism

Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari:

–sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ul-lanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish;

–sportchidan va jismoniy tarbiya bilan shu-g‘ullanuvchilardan anamnez yig‘ilish hususiyatlari bilan tanishtirish;

–jismoniy rivojlanishni tekshiruv tar-tibi (061 / u shakl)bilan tanishtirish;

–ijismoniy rivojlanishni antropometriya va samotoskopiya orќali aniќlashni o‘rgatish;

–jismoniy rivojlanishni baholash usul-lari va sinamalarda olingan ma'lumotlar to‘g‘ri baholashni shakllantirish;



6. O‘quv faoliyatini natijalari:

–tibbiy nazorat xonasini jihozlashni bili-shadi.

–sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulla-nuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bosqich-larini aytib beradilar va asosiy, tayyorlov va maxsus guruhlarda shug‘ullanish uchun ko‘rsatma-larni aniqlashadi;

–mustaqil antropomeiriya va samotoskopiya o‘t-kazadilar;

–jismoniy rivojlinishning aniqlash usulla-rini tartibli ravishda ochib beradilar

–yurak va nafas olish a'zolarining jismoniy yuklamaga javob reaksiyasini baholashadi;

–olingan ma'lumotlar Shifokor nazorat karta-siga har bir talaba uchun rasmiylashtiriladi.


7. Ta'lim texnikasi va usullari:

hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari:

Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst, sinama o‘tkazish jihozlari.

10. Ta'lim shart sharoitlari:

Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,

guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar



11. Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi


12. Motivatsiya

Tibbiy nazorat sport tibbiyotining asosiy bo‘limi xisoblanadi. Uning vazifasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni doimiy tanlash, tibbiy tekshiruv xamda kuzatish kiradi. Tibbiyot nazorati xonalari – ommaviy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlarini tibbiy ta'minlashni tashkil etishdagi keng tarqalgan bo‘g‘ini xisoblanadi.

Hozirgi davrda sport bilan shug‘ulanuvchilarni soni tobora ortib bormoqda va shuning sport bilan shug‘ulanuvchi albatda Shifokor nazoratida bo‘lishi zarur. Aholini turliy xil kontingenti sport muassasalarida, poliklinikialarda, o‘quv muassasalarida, JT kolektivlarida, tashkilotlarning sog‘liqni saqlash punktlariga kelishadi va Shifokor nazoratida bo‘ladi.

Zamonaviy sport sportchilar natijasiga ta'sir qiluvchi omillarni tez o‘rganishni talab qilmoqda, bu omillarni har xil sport yo‘nalishi vakillari uchun ahamiyatini aniqlaydi, komleks tekshiruvlar natijasida olingan ma'lumotlar, har bir aloxida xolatlarda to‘g‘ri tibbiy xulosa berish imkonini beradi. Bu tekshiruvlar sprotchilar o‘rtasida yilda bir marta o‘tkaziladi.

Hozirgi paytda, axoli sog‘lig‘i, ayniqsa o‘sib borayotgan avlodning sog‘lig‘i yaxshilash dolzarbdir. Shu bilan birga JT mashg‘ulotlariga sub'ektlarni doimiy jalb qilish ro‘y bermoqda. Bu mashqlarni faqatgina TJTD va ShN xonalari kuchi bilan tibbiy ta'minlash yetarli emas. Shuni xisobga olib JT va sport bilan shug‘ullanuvchilar ustidan ShN faqatgina maxsuslangan muassasalar Shifokorlari tomonidangina emas, balki sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari Shifokorlari tomonidan xam bajarilishi kerak. Biroq sport tibbiyoti asoslari bo‘yicha bilimlarni bilmasdan turib professional tanlov, patalogik xolatlar profilaktikasi, sog‘liq va jismoniy xolat, yosh va odamning shaxsiy (individual) imkoniyatlariga mos, shug‘ullanish jarayonida vosita va usullarni qo‘llash bo‘yicha savollarni xal qilish qiyindir

13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Shifokor nazorati fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya, ShJT va gigienik fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashgulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Jismoniy tarbiya va tibbiyotning sog‘liqlik ildizlari bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Shu vaqt ichida Shifokorlar jismoniy tarbiya turlaridan ratsional foydalanishda ishtirok etadilar. Bu narsalarni Hind va Xitoy Shifokorlari eramizdan 3000 yil avval yozilgan qo‘l yozmalarida, Gippokrat qo‘l yozmalarida ko‘rishimiz mumkin. XV asrda Italiyada Salernskiy sog‘lomlashtirish kodeksini ishlab chiqdi, u o‘z ichiga ertalabki badan tarbiyani oldi. XVII-XVIII asrlarda ko‘pgina Shifokorlar jismoniy mashqlarning sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh ta'sirga ega ekanligini yozganlar. XIX asrda Fridrik Vilgelm IV Germaniya maktablariga jismo-niy tarbiya darslarini kiritdi.

XIX asrda Peterburgda birinchi marta jismoniy tarbiya o‘qituvchilrini tayyorlovchi uch yillik kurslar ochildi, keyinchalik revolyusiyadan so‘ng u jismoniy tarbiya institutiga aylndi.

Jismoniy mashqlarning organizmga ta'sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy nazorat qilish – hozirgi vaqtda mustaqil ilmiy fan hisoblangan sport tibbiyoti fanining shakllanishiga sabab bo‘ldi.

Sport tibbiyoti – ilmiy fan bo‘lib, sog‘lom va bemor organizmiga har xil darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta'sirlarini o‘rganish (gipo- va giperkineziya). Bundan maqsad organizm salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, funksional holatini oshirish, sportdagi natijalarni oshirish uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir.

Sport tibbiyotining asosiy qismi bo‘lib Shifokor nazorati hisoblanadi. Shifokor nazorati – bu o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning organizmga ta'sirini aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni saralash va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir.

Shifokor nazortining mazmuni quyidagilardan iborat : salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganlikni va ichki organlarning funksional holatini aniqlash; shug‘ullanuvchining organizmiga jismoniy yuklamaning ta'sirini kuzatish va o‘rganish; funksional tekshirish, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish va jismoniy yuklamalardan norsional foydalanilganda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish.

Shifokor nazoratining ish mazmuniga quyidagilar kiradi :

-ayrim sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni dispanser kuzatib turish (kuzatish, kasallikni aniqlab davolash va oldini olish);

-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-o‘quv-mashq darslarini Shifokor pedagog bilan birga nazorat o‘tkazish;

-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlari ustidan doimiy sanitariya nazoratini o‘tkazib borish;

-sport musobaqalarini tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari bilan ta'minlash;

-sport va jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha Shifokor maslahatlarini berish;

-mashg‘ulotlarda va musobaqalarda yuz beradigan sport jarohatlarining oldini olish;

-aholining jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishini targ‘ibot qilish.

Ko‘rilib chiqilgan Shifokor nazorati asosan Shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlarida olib boriladi. Shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlarida asosan sport masterlari, 1-razryadli sportchilar, shahar, viloyat yoki Respublika terma jamoalari nazorat qilinadi. Qolgan sportchilarning Shifokor nazorati poliklinika, medsanchast, sport jamiyatlari, ishlab chiqarish korxonalari va oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan Shifokor nazorati xonalarida olib boriladi yoki poliklinikaning Shifokor-terapevti tomonidan o‘tkaziladi.

Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmni mustahkamlaydi, himoya – moslashuv jarayonlarining biologik mexanizmlarini oshiradi. “Har doim jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishda shunga erisha olamizmi?” – degan savol tug‘iladi. Qachonki jismoniy mashq bajarayotgan shaxs uchun jismoniy yuklama darajasi optimal bo‘lgandagina ijobiy ta'sirga olib keladi. Agar jismoniy yuklama darajasi past bo‘lsa, u holda hyech qanday ta'sirga olib kelmaydi; agar katta bo‘lsa u holda har xil kasalliklarga va hatto yurakning tez va ko‘p ishlab yuborishi hisobiga “to‘satdan o‘limga” olib keladi. Jismoniy yuklama katta bo‘lganida yoki xaddan tashqari ko‘p shug‘ullanganda yurak, buyrak, qon, jigar va hatto suyaklarda har xil o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin.

Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi :

1.Sport yo‘nalishi – sport bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadi o‘z ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya'ni bunda salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog‘lom odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanish o‘z oldiga davolash vazifasini qo‘ymaydi, ya'ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi. Shifokorning vazifasi ma'lum sport turi uchun zarur bo‘lgan shug‘ullanish yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy ta'sirida uni mashg‘ulotlardan chetlashtirishdir.

2.Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning vazifasi umumiy sog‘lomlashtirish, organizmning qarshiligini oshirish, kasalliklarning oldini olish va h.z. Bu yo‘nalish o‘z oldiga sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan sog‘lom odamlar, shuningdek surunkali kasali bor bemorlar ham (kasallikning remissiya davrida) shug‘ullanishlari mumkin. Bunda jismoniy yuklama miqdori Shifokor va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan aniqlanadi va kuzatib boriladi. Mashg‘ulot davomida mashqlarning organizmga ta'sir etishiga qarab yoki organizm holatining o‘zgarishiga qarab Shifokor va pedagog yuklama midorini oshirishi yoki kamaytirishi, hamda ma'lum vaqtga mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.

3.Shifobaxsh jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning maqsadi va vazifalari – har xil jismoniy mashqlarni qo‘llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va jarohatlardan so‘ng organ va sistemalarning buzilgan funksiyalarini tiklashdan iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo‘llash faqat Shifokor mutxassis tomonidan tavsiya etiladi.



Shifokor nazoratining vazifalari

1.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlarga qo‘yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish.

2.Jismoniy mashqlar ta'sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va funksional holatlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni doimiy kuzatib trish.

3.Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni va o‘zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini olish.

Sport bilan shug‘ullanuvchilarga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi kerak, chunki salomatlik holatlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydilar. Sababi hozirgi vaqtda sport bilan shug‘ullanuvchilar juda katta jismoniy yuklamalar bajaradilar, masalan : shtangist shug‘ullanish vaqtida 20000 kggacha yuk ko‘taradilar; suzuvchilar 12 kmgacha suzadilar; yuguruvchilar 40 kmgacha yuguradilar. Trenirovkalar haftasiga 10-12 martagacha, hr kuni 1,5 – 2 soatgcha davom etadi.

Adabiyotlardan shu narsa ma'lumki, jismoniy aktivlik immunitet sistemasiga ta'sir ko‘rsatadi. Agar jismoniy mashqlar ratsional qo‘llanilsa, immunitetning nospetsifik faktorlari oshadi, lekin noratsional qo‘llanilsa, ya'ni katta va juda katta jismoniy yuklamalar organizmning immunobiologik reaktivligini pasaytiradi. Kuchli jismoniy yuklama teri va shilliq pardalarning himoya faktorlariga ta'sir ko‘rsatadi.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarda surunkali infeksion o‘choqlarining bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, ya'ni karies tishlar, surunkali tonzilit va surunkali xoletsistit. Chunki shug‘ullanish vaqtida har xil, ba'zida og‘ir asoratlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shifokor nazortida salomatlik holatini aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida Shifokor birinchidan ularning jismoniy rivojlanganligini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir tibbiy ko‘rikda albatta takrorlanadi va xal etiladi, chunki shu olingan natijalarga asoslanib, sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga sport turlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari pedagogik saralash usuli ham qo‘llaniladi. Trener yoki pedagog maxsus pedagogik sinamalar yordamida jismoniy rivojlangan va qobiliyatli shug‘ullanuvchilarni aniqlaydi, chunki ular sport musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatishi mumkin. Lekin ularning salomatlik holatlari tibbiy talablarga javob berishi shart. Agar ularning salomatlik holati sport bilan shug‘ullanishga imkon bermasa, ular sport bilan shug‘ullanishga va mashqlar bajarishga ruxsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va jismoniy mashqlar bajarishga ruxsat etiladi. Jismoniy tarbiya bilan har bir odam shug‘ullanishi mumkin, lekin bunda har bir shug‘ullanuvchi uchun mashqlar hajmi alohida belgilanadi, bundan maqsad mashqlaridan ratsional foydalanib, ijobiy ta'sir olishdir.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvilar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Bu tibbiy ko‘riklar quyidagilarga bo‘linadi :



Birlamchi tibbiy ko‘rik

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar birinchi marta Shifokor huzurida bo‘ladilar. Bu tekshirishda sport bilan shug‘ullanish mumkinmi yoki yo‘qmi, shug‘ullanish mumkin bo‘lsa, saralash ishlari olib boriladi, shuningdek sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ya'ni sog‘lomlashtiruvchi yoki shifobaxsh jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vazifalari xal qilinadi. Birlamchi tekshiruvda terapevtdan tashqari boshqa mutaxassislar – jarroh nevropatolog, okulist, laringolog, stomatolog, ginekolog va boshqalar qatnashadilar. Bundan tashqari laboratoriya va instrumental tekshirish ishlari (EKG, FKG, ExoKG va h.z.) olib boriladi. Sport bilan shug‘ullanish uchun tekshiruvdan o‘tayotgan shug‘ullanuvchiga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi va ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning morfo-funksional holatiga qarab sport turi tavsiya etilishi kerak. Agar shug‘ullanuvchining salomatlik holatida o‘zgarishlar bo‘lsa, unga sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.



Qayta tibbiy ko‘rik

Ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma'lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar Shifokor tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta'siri aniqlanadi. Qayta tibbiy tekshirish jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan organizmdagi salbiy o‘zgarishlar aniqlanadi, shuningdek o‘zgarishlar rivojlanishining oldi olinadi, kerakli davolash tavsiya etiladi.



Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik

Rejasiz olib boriladi. Ko‘rik shug‘ullanish mashg‘ulotlarida kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi. Bu holatda trener va o‘qituvchi sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchini mashg‘ulotlarga qo‘yishga haqi yo‘qdir. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi Shifokor tomonidan belgilanadi.

Maktab o‘quvchilari, kolledj va oliy gohlar talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng, jismoniy rivojlanganligi, salomatligi va funksional holatiga qarab tibbiy guruhlarga bo‘linadi.

Asosiy tibbiy guruhi

Unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.



Tayyorlov tibbiy guruhi

Salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv darslaridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi. Ular sport seksiyalarida qatnasha olmaydilar. Bajarayotgan jismoniy mashqlar ta'siri salomatligining, jismoniy rivojlanishining va funksional holatining yaxshilanishi bilan ular asosiy guruxga o‘tkaziladilar.



Maxsus tibbiy guruhi

Salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta'sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar Shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan holatlarda shug‘ullanuvchilar shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yuboriladilar.


Jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchi va oddiy sportchi shaxslarni tekshirish rejasi. (Shakl № 061u)

  • pasport ma'lumotlari,

  • hayot anamnezi,

  • sport anmnezi,

  • yaqin sport anmnezi ma'lumotlari,

  • antropometrik ma'lumotlari

  • tashki ko‘rik ma'lumotlari

  • ichki a'zolarni tekshirish,

  • qo‘shimcha tekshiruvlar,

  • tizimlarni funksional holati baxolovchi sinamalari,

  • xulosadan iborat bo‘ladi

Hayot anamnezi va sport anamnezida sportchilar ijtimoiy shart sharoitlarini, yashash sharoitlarini, ovqatdanish tartibini, yomon odatlari,hayot tarzini o‘rganamiz.Sportchini qaysi faoliyat va o‘qish xarakteri ham muhimdir, qaysi kasallik o‘tkazgani, jaroxatlar olgani va irsiy kasalliklar haqida so‘rab surishtiriladi. Sport anamnezida tekshiriluvchi sport yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanganmi, qachondan va hozirda qaysi sport turi bilan shug‘ulanishi, sportdagi yutuqlar, shug‘ulanishga xoxshi va sportdagi natijalar dinamikasi haqida ma'lumotlar yig‘iladi.

To‘g‘ri yig‘ilgan anmnez tekshiriluvchining salomatlik xolati, jismoniy tayorgarlik darajasi haqida to‘g‘ri yo‘nalish oladi va keyngi obektiv ma'lumotlardan to‘g‘ri natijalar olishni imkonini beradi.

Jismoniy rivojlanish va JR aniqlash usullari

Jismoniy rivojlanish - isnson organizmini zahiradagi jismoniy kuchini, chidamliligini va ish qobiliyatini aniqlovchi morfologik va funksional belgilar yig‘indisidir.

Jismoniy rivojlanish genotip,fenotip va kasalliklarga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy rivojlanish komleks tushuncha bo‘lgani uchun uni xarakterlovchi belgilar turliy xil bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usullariga somatoskopiya (tashqi ko‘ruv) va somatometriya (antropometriya,tana qismlari o‘lchash) kiradi.

Jismoniy rivojlanish kriteriylari

SOMATOSKOPIYA ANTROPOMETRIYA

 TANA TUZILIShI MORFOLOGIK FUNKSIONAL

 QADI QOMAT (belgilar) (belgilar)

 MUShAKLAR TUZILIShI BO‘Y UZUNLIGI  VAZN

 TAYaNCh TIZIMI  TANA AYLANA  O‘TS

 TeRIOSTI YoG‘ QAVATI O‘LChAMLARI KO‘KRAK QAFAS

 KO‘KRAK QAFASI ShAKLI EKSKURSIYaSI

 BeL TUZILISh ShAKLI  DINAMOMeTRIYa

 OYoQ ShAKLI

 TOVON ShAKLI

 ChURRA DARVOZALARI

 TeRI QOPLAMLARI VA KO‘ZGA KO‘RINUChI ShILIQ QAVATALARni


Tibbiy ko‘rikni birinchi bosqichida tashqi ko‘rishdan boshlanadi. Tekshiriiluvchi yechinib, erkin tik turadi, oldingitomondan, yontomondan va orqa tomondan ko‘riladi,oyoqlar yelka kengligida bo‘ladi.

Tana tuzilishi tana qismlarini o‘zaro joylashish, o‘lchamlari, shakl tuzilishidir.

Tana tuzilishida tuzilmalari – yog‘, mushak, suyak to‘qimalari nisbatini o‘rganishda:farqlanadi endomorf tana yon o‘lchamlari katta bo‘ladi (teri osti yog‘ qavati yaxshi rivojlangan), mezomorf(mushak va suyaklar yaxshi rivojlanga), ektomorf inson tanasini bo‘yiga o‘lchamlari uzun bo‘ladi.



  • Astenik tip. Tana ko‘rinishi qo‘l va oyoqli uzunchoq,epigastral burchag o‘tkir, beli bukri, kuraklar chiqib turadi, yog‘ va mushaklari kam rivojlangan, suyaklari nozik. Mushaklar ishi va xarakat sifat nisbiy ko‘rsatkichlari past bo‘ladi.

  • Ko‘krak (torokal) tip. Bunda ham tana qismlari uzunchoq bo‘ladi, lekin asteniklardan kengroq bo‘ladi, yelka kengli o‘rta kengligda, epigastral burchag to‘g‘ri burchagli,ko‘krak qafasi silindrik. Yog‘,suyak vamushaklar o‘rta yoki kuchsiz rivojlangan. Mushaklar ishi va xarakat sifat ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘ladi.

  • Mushak tip. Mushaklar va suyak komponentlari yaxshi rivojlangan, yog‘ komponenti o‘rtacha rivojlangan, tana tuzilishi proporsional, yelkasi keng,toz tor, ko‘krak qafasi silindrik, epigatarl burchag to‘g‘ri, tana vazni o‘rtacha ko‘rsatkilarda yuqori bo‘ladi. Xarakat sifati ko‘rsatkichlari yuqori darajada va ish qobiliyati ham yuqori darajada bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

  • Qorin (degistiv) tip. Bu insonlarda tana vazni yuqori bo‘ladi, vazn yog‘ qavat hisobidan oshgan,suyak va mushak to‘qimalari o‘rtacha rivojlangan, yelka va toz keng,qorin osilgan, tana shakli yumoloq. Xarakat sifati absalyut ko‘rsatkichlari yuqori darajada,nisbiy ko‘rsatkichlari past bo‘lishi mumkin. Jsimoniy ish qobiliyati pasayadi.

Qaddi -qomat - insoni oyoqlari jipsalishib tik turgan erkin xolatidir.

Oldi tomndan qaralganda boshni xolatiga, ko‘krak qafasi va qorin shakliga, yelkani va so‘rg‘ichlar joylashish, bel uchburchagi simetriyasiga,oyoqlar shakliga etibor qilinadi.

Yon tomnidan qaralganda bosh joylashish xolatiga, yelka va kuraklar joylashishiga bel uchburchegi simitreyasiga, umurtqalar o‘simtalari to‘g‘ri chizig‘da bo‘lishiga, yonbosh suyaklarini to‘g‘ri turishiga etibor qilinadi.

Albatda oyoqlar uzunligi aniqlanadi tekshiriluvchi chalqanchasiga yotadi, oyoqlar jipslashgan xolatda, bunda burun kindik ikki tovon jipslashgan joyi bir chizig‘da bo‘lishi kerak.

Qaddi-qomat baholashda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, buzilishi ( assimetriya) sifatida baholanadi.


O‘ng tomonda qovurg‘alar bo‘rtib chiqishi, chap tomonda bel sohasida mushaklar bo‘rtib chiqishi. Umurtqalar chizig‘i qiyshaygan.

Mushaklar tizimi. Mushaklar xajmi, tonusi va simetrik rivojlanishini baholanadi. Mushaklar xajm xixatdan yaxshi, qoniqarli, yomon rivojlangan deb baholanadi. Mushaklar tonusi normal, giper-va gipotonus bo‘lishi mumkin.

Mushaklarni simetrik rivojlanishi sport turiga qarab sportchilarda mushaklar maxaliy disbalansi kuzatiladi.

Teri osti yog‘ qavati kaliperometrik usul bilan aniqlanadi.


Yog‘ osti qavat baholanganda kuchsiz, o‘rta, oshiqcha, juda ko‘p rivojlangan deb baholash mumkin.

Ko‘krak qafasi shakli silindrik, konissimon, bochkosimon, yassi, “etikdo‘z”, emizematoz va boshqalar.


Bel shakl umurtqa pog‘onasi fiziologik egriliglari va patologik qiyshaishlarga bog‘liq bo‘ladi.

Skoliozometrda o‘lchandi.





Bel shakillari : a- normal; b- yumaloq; v – tekislashgan;

g – egarsimon


Skolioz ko‘rinishlari: a – o‘ng tomnolama; b – chap tomonlama;

 v, g – S –simon



Oyoq va tovon shaklari.

Tovon gumbazini tekshirishda tovon o‘lchash yoki plantografiya usullardan foydalaniladi.

Tovon o‘lchami indeksi (%): I = (h 100) : L

h – tovon balandligi (sm), tovoni ichki tomondan eng baland nuqtasi; L – tovon uzunligi (sm), Agar I 33% katta- juda baland gumbaz, 33dan 31gacha % - baland gumbaz; 31dan 29gacha% - normal gumbaz; 29dan 27gacha% - yassilashgan tovon; 27dan 25gacha% - yassi tovon .

Chijin va Godunov modifikatsiyasi bo‘yicha yassi tovoni aniqlash – plantografiya.



Oyoq shakilari to‘g‘ri, x-simon va o-simon deb baholanadi.

Antropometriya tana qismlarini o‘lchash bilan jismoniy rivojlanishni miqdoriy xarakteristikasini ko‘rsatadi.

Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tananing bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pka tiriklik sig‘imi, mushaklar kuchi o‘lchanadi.O‘lchashlar uchun xona yaxshi yoritilgan bo‘lishi,tekshiriluvchi yechingan, oyoq kiymsiz bo‘lishi kerak. Tekshiruvchidan aniq bilim va ko‘nikmalarni bilish talab etiladi.


Tana vaznini o‘lchash tibbiy torzida o‘lchanadi.O‘lchashdan oldin torozi tekshiriladi.


Tana uzunligini o‘lchash (bo‘y) bo‘y o‘lchagich bilan o‘lchanadi, bunda tekshiriluvchini tovoni, orqasi, kuraklar orasi bo‘y o‘lchagichni vertikal tayoqchasiga tegishi kerak, tekshiriluvchi boshi shunday xolatda bo‘lishi keraki ko‘zni tashqi burchagidan quloq burmasiga o‘tkazilgan xayoliy chiziq gorizantal bo‘lishi kerak. Tik turgan va o‘tirgan xolatda bo‘y o‘lchanadi va santimetrda ifodalanadi.

Mutonosiblik kofitsenti.

MK=   (L1 – L2) ۠x 100

L2

L1 – tik turganda bo‘y uzunligi, L2 – o‘tirgan xolda bo‘y uzunligi



Normada MK = 87-92 % . 

 


Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish