Sportcha yurish turi buyicha:
10-11 yoshgacha (2011-2012 y.t.)-1000 m. 10-11 yoshgacha (2011-2012 y.t.)-1000 m.
12-13 yoshgacha (2009-2010y.t.)-1000 m. 12-13 yoshgacha (2009-2010y.t.)-1000 m.
14-15 yoshgacha (2007-2008 y.t.) -3000 m. 14-15 yoshgacha (2007-2008 y.t.) -3000 m.
16-17 yoshgacha (2005-2006y.t.) -5000 m. 16-17 yoshgacha (2005-2006y.t.) -5000 m.
18 yosh va undan kattalar (2003 y.t.)-5000 m.18 yosh va undan kattalar(2003 y.t.)-5000 m.
5.2. Har bir ishtirokchi musobaqaning faqat bir turida ishtirok etish xuquqiga ega.
6-bob. Musobaqani o'tkazish shartlari.
6.1. Musobaqa O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining yillik kalendar rejasi bo'yicha xalqaro yengil atletika qonun-qoidalariga asosan o'tkaziladi.
7-bob. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma (buyurtmalarni) topshirishni o'tkazish shartlari.
7.1. Musobaqada qatnashish uchun buyurtmalar kompyuterda yozilgan bo'lib, musobaqa boshlanishidan 4 kun avval faks yoki internet orqali qabul qilinadi. Musobaqa nizomini olgan har bir tuman (shahar) jamoalari qatnashish huquqiga egadirlar.
7.2. Ishtirokchilar musobaqada qatnashish uchun, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, talabnoma hamda tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi vrach tomonidan muhri bilan tasdiqlangan talabnoma taqdim etadi.
7.3. Barcha musobaqa qatnashchilarida ko'krak raqami bo'lishi shart.
7.4. Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo'lib, badal puli to'lanmaydi.
8-bob. Musobaqani moliyalashtirish.
8.1. Musobaqa viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat yengil atletika federatsiyasi mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Musobaqa ishtirokchilari, sportchilar, trenerlarning ovqatlanish, yotoqxona va yo'l harajatlari safarga yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.
9-bob. Musobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko'rib chiqish.
9.1. Musobaqa natijasi bo'yicha murojaatlar sportchining treneri tomonidan apellyatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Murojaatlar kelib tushgan paytdan boshlab 2 (ikki) soat ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va uning uyuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi. Murojaatni ko'rib chiqish vaqtida murojaat qilgan trenerlap apellyatsiya komissiyasining ishida o'zining iltimosiga shaxsan ishtirok etishi mumkin. Apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan e'tirozlar bo'lsa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilinishi mumkin.
10-bob. Musobaqa g'olib va sovrindorlarini taqdirlash.
10.1. Musobaqa g'olib va sovrindorlari viloyat turizm va sport bosh boshqarmasining 1, 2, 3 diplomlar va medallari bilan taqdirlanadi.
11-bob. Yakuniy natijalar tahlili.
11.1. Musobaqa natijasi bo'yicha hisobotlar uch kun muddat ichida viloyat turizm va sport boshboshqarmasiga taqdim etiladi.
Tashkiliyqo'mita.Tel: (93) 933-91-07
( 91) 453-40-26
Do'stlaringiz bilan baham: |