Sillabus Farg‘ona politexnika institutining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va Institut Kengashining 2021-yil “30” avgust kungi yig‘ilishi №12-bayoni bilan tasdiqlangan.
Kelishildi:
Fanning ishchi O‘quv dasturi «Iqtisodiyot» kafedrasining 2021 yil «25» avgustdagi 1 - son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
“ 25 ” avgust 2021 yil Bayonnoma № 1
Kafedra mudiri: _________________ E.A.Muminova
Fanning ishchi O‘quv dasturi “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti Kengashi tomonodan foydalanish uchun tavsiya etilgan.
“ 27 ” avgust 2021 yil Bayonnoma № 1
Kengash raisi: ____________ I. Jaxongirov 2021 yil “___” _______
Fan oqituvchilari haqida ma`lumot:
Tuxtasinova Myhayyo Mirzasultonovna - «Iqtisodiyot» kafedra kata o‘qituvchisi
Ofis: FarPI «Iqtisodiyot» kafedrasi. Manzil: Farg`ona sh. Farg`ona ko‘chasi 86 uy
Telefon: +998930457885
Email: muhayyotuhtasinova@gmail.com
Kirish
Iqtisodiy siyosatga kirish fanining ishchi-o‘quv dasturi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyoti nazariyasiga tegishli mavzularni qamrab oladi. Mazkur dastur bakalavriat yo‘nalishlariga mo‘ljallangan bo‘lib bo‘lg‘usi mutahasis kasb- korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir asrorlarini idrok etishi talab qilinadi.
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot qonun-qoidalarini va rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fandir.
«Iqtisodiy siyosatga kirish» fanining mazkur ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining Ta‘lim to‘g‘risidagi qonuni asosida va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, davlat standartlari bo‘yicha bakalavriat darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Shu maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutiladi:
talabalarni iqtisodiy bilimlarining nazariy asoslari bilan qurollantirish;
ularning iqtisodiyot qonun-qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni yegallashiga ko‘maklashish;
iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risidagi amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
talabalar ongiga milliy mustaqillik va iqtisodiyotni yerkinlashtirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda milliy mafkura g‘oyalarini singdirish.
“Iqtisodiy siyosatga kirish” fani darslari o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan: slaydlar ko‘rsatish, fanning elektron versiyasidan foydalanish, internet orqali ma‘lumotlar kabi foydalanish, darslarda interfaol usullarni qo‘llash orqali yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy majmua va ko‘rsatmalardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |