“RADIO”
O‘YINI
Maqsad: Bolalar xotirasini va diqqatini rivojlantirish .
Kerakli jihozlar: guruh xonada barcha bolalar o‘ynashi mumkin.
O‘yinning borishi: bolalar doira bo‘lib o‘tiradilar. Tarbiyachi guruhga teskari
o‘tirib: “Diqqat, diqqat! Qizcha yo‘qolib qoldi (guruhdagi biror qizni tasvirlab
beradi: sochini, ko‘zining rangini, bo‘yi, ziragi, kiyimining qandaydir qismini). U
boshlovchining yoniga kelsin”, - deydi. Bolalar diqqat bilan eshitadilar va bir-
birlarini kuzatadilar. Shu tarzda yo‘qolib qolgan qizning kimligini topishlari kerak.
Keyingi safar boshlovchi rolida hohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |