“
KO‘Z BOG’LASH” o‘yini
Maqsad: bolalarni diqqatni jamlashga va ziyrak bo‘lishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: o‘yin maydonchasi va ro‘molcha
O‘yinning borishi: o‘yin qatnashchilaridan birini ko‘zi ro‘mol bilan bog‘lanadi va
u o‘rtada turadi. Bolalar «Xola, nimangiz yo‘qoldi?» deb so‘raydi. Ko‘zi
bog‘langan bola «Angushvonam» deb javob beradi. Bolalar «Men topdim, men
topdim» deb har tomonga yuguradilar. Ko‘zi bog‘langan bola esa tovush kelgan
tomonlarga qo‘lini cho‘zib, bolalarni ushlashga harakat qiladi. Ushlangan bola
o‘yindan chiqadi yoki uning ko‘zini bog‘lashadi. O‘yin shu tartibda davom etadi,
hech tutilmagan bolalar eng chaqqon va g‘olib deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |