“BEKINMACHOQ” o‘yini
Maqsad: Bolalarni hamjihatlikda harakat qilishga odatlantirish.
Kerakli jihozlar: o‘yin maydoncha va o‘tirgichlar
O‘yinning borishi: O‘yin qatnashchilari ikki guruhga bo‘lingan holda maydonda
o‘yin olib boradilar. Birinchi guruh bolalari o‘yin boshlangan
joyda qoladi. Ikkinchi guruh bolalari esa maydondan uzoqroq joyga (o‘tirgichlar
orqasiga) berkinadilar. Birinchi guruh bolalari ularni izlaydilar. Agar ularni
topsalar yana o‘yin boshlangan joyga qaytib keladilar. Yashiringan bolalarni
topa olmasalar: “Engildik chiqinglar” deb aytadilar. Yutgan guruh o‘yinni davom
ettiradi, ya’ni boshqatdan berkinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |