YONG‘IN O‘CHIRISH UCHASTKA BOSHLIQLARI UCHUN TAVSIYALAR
1. YOng‘in o‘chirish rahbari, shtab va ta’minot boshliqlarining ko‘rsatmalarini bajarishi hamda o‘z uchastkasida yuz bergan vaziyatga asosan harakat qilishi.
2. SHaxsiy tarkibni o‘zboshimchalik bilan elektr qurilmalaridan elektr quvvati o‘chirilganligi yuzasidan yozma ruxsatnoma olgunga qadar yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash bo‘yicha mustaqil harakatlarni bajarishlari ma’n etishi.
3. O‘zining yong‘in o‘chirish uchastkasidagi oldiga quyilgan vazifalarni bajarishda, shuningdek yong‘inni bartaraf etishda unga bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkibning xavfsizligi va yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarini saqlanishiga javobgar hisoblanadi.
4. Uzluksiz yong‘in holati aniqlash ishlarini olib borish, yong‘in o‘chirish uchastkasidagi vaziyat haqida yong‘in o‘chirish rahbari yoki tezkorlik shtabi boshlig‘iga axborot berishi.
5. Odamlarni va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga olib chiqish hamda yong‘inni bartaraf etishda kuch va vositalardan to‘liq va samarali foydalanishni tashkil etishi.
6. O‘zining yong‘in o‘chirish uchastkasida ishlayotgan bo‘linmalar orasida o‘zaro harakatni ta’minlashi.
7. Jangovar vazifalarni bajargandan so‘ng yong‘in o‘chirish rahbariga amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berishi.
8. YOng‘in o‘chirish rahbari, shtab va ta’minot boshliqlarining ko‘rsatmalarini bajarish, zarur hollarda yong‘inga berilayotgan dastaklarni manyovr (dastaklarni berish uchun qulay vaziyat olish maqsadidagi harakati) ishlarini olib borishi.
9.Unga topshirilgan yong‘in o‘chirish uchastkasidagi tom to‘shamalari va quvurlar uskunalarini himoyasi va sovutish bo‘yicha oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda javobgarlikni olib borishi.
10. YUqori xarorat ta’siri ostidagi quvurlar, texnologik uskunalarning holatini uzluksiz kuzatib borish va yong‘in o‘chirish rahbari yoki tezkorlik shtabiga yong‘in o‘chirish uchastkasidagi vaziyatning o‘zgarishi haqida axborot berish.
“Feyxan-Tekst”qo‘shmakorxonasi SODIR BO‘LGAN YONG‘INNI BARTARAF ETISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI
Xavfli zonalarda shaxsiy tarkibni to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik.
SHaxsiy tarkibni va yong‘in o‘chirish texnikasini hosil bo‘ladigan zarbaviy (portlovchi) to‘lqin natijasida shikastlanishidan saqlanishini e’tiborga olishlari.
Englik yo‘llarini o‘tkazishda pana joylardan hamda texnikalardan foydalanish.
Evakuatsiya vaqtida, qurilmalarni qismlarga ajratishda, buzib ochishda, mexanikaviy ta’sirdan portlovchi, portlash extimolini oldini olish qoidalariga rioya qilishlarini ti’minlash.
SHaxsiy tarkibni ishlayotganda himoyalash gaz-niqoblarini va sozligini nazoratga olish.
Barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida yong‘in o‘chirish boshlig‘iga axborot berib turish va shaxsiy tarkibni xavfsizligni ta’minlash.
Binodagi navbatchi xodim bilan birgalikda markaziy elektr energiyasini o‘chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |