Kelajak me’mori
Assalomu alaykum. Mening ismim Yorqinoy. O`qituvchilik qilishni boshlaganimga o`n besh yil bo`ldi. Mening otam mamlakatimizning eng mashhur insonlaridan biri. Uni hamma taniydi. Ana shunday mashhur odamning qizi bo`lish, men uchun baxt. Buning o`ziga yarasha qiyinchiliklari ham bor. Masalan odamlar nima gapirsam ham, nima yesam ham, qayerga borsam ham, otanga loyiq qiz bo`l deyaverishadi . Meni Yorqinoy emas, kimnidir qizi sifatida ko`rishadi. Dadam aktiyor bo`lgani uchun, atrofimdagi hamma meni ham aktyor bo`ladi deb o`ylaydi. Men esa o`qituvchilikni tanladim. Men o`qituvchiman desam, haligacha odamlar hayron qoladi. Men esa har doim men o`qituvchiman deganimda, o`zimda g`ururni his qilaman. Axir bu kasb , dunyodagi eng zarur, eng muhim, eng faxrli kasblardan birida. Otam ham boshqalar kabi mening san’at sohasini tanlashimni istagan. Yoki qo`shiqchi, yoki aktyor bo`lishimni ham istagan. Bolalar bilan o`ralashib yurasanmi , deb tanbeh ham bergan. Lekin hozir unday qilmaydilar. Shunday qilib men o`qituvchi bo`ldim. Birinchi ish kunim maktabga borib, sinf eshigini taqillatdim. Eshikni ochib ichkariga kirdim. Bir bola menga qarab tiiiiiiish dedi. Men nimanidir hato qildimmi deb, nima bo`ldi deb so`radim. Bola qo`lidagi qo`g`irchog`ini ko`rtsatib chaqaloq uxlayapti dedi. Indamay xonadan chiqib, narigi xonaga kirdim. U yerda Supermenga o`xshab kiyinib olgan bolakayni ko`rdim. Nima qilayapsan, deb so`rasam men supermenman dedi. Sen ucha olasanmi deb savol berdim. U ucha olaman lekin, darrov qo`nib qolaman deb javob berdi. Qarang u bola ucholmayman demadi, ucha olaman lekin uchishni davomli bo`lishi uchun, hali yana mehnat qilishim kerak dedi. O`qituvchilik eng dangasa odamlar uchun eng yaxshi kasb, ba’zi o`qituvchilar aslida dangasa bo`lganligi uchun bu kasbni tanlagan desam xato bo`lmaydi. Chunki, ular bir maktabga borishadi, o`sha maktabdagi biror sinfni olishadi va har yili bir xil narsani o`qitib, umirlarini o`tkazishadi. Mana shu dangasalik emasmi, bir xil narsani har yili qaytaraverish. To`g`ri bolalar har yili almashadi, lekin o`qituvchi o`z darsiga o`zgartirish kiritmaydi. Menimcha bu dangasalikdan boshqa narsa emas. Mening ham shunday o`qituvchilarim bo`lgan ekan . Maktabdagi ba’zi o`qituvchilarimni eslab men bunday o`qituvchi bo`lishni istamadim. Ulardek dangasa, bolalarning qiziqishlarini hisobga olmaydigan o`qituvchi bo`lishni istamadim. Ulardan qanday o`qituvchi bo`lish kerak emasligini o`rgandim. Bolalarga ijod qilish uchun, fikrlash uchun, sharoit yaratib beradigan o`qituvchi bo`lishni istadim. Xato qilgan o`quvchimni urishmaydigan, aksincha unga xatosini o`nglash uchun vaqt va imkoniyat berishga qodir o`qituvchi bo`lishni istadim. Men musiqa o`qituvchisiman. Boshlang`ich sinflarga musiqadan dars beraman. Lekin men maktabda bu fandan doim yomon baho olganman. Hatto bir kuni o`qituvchimiz menga bir baho qo`ygan. Sizningcha bu yaxshimi. Hech kim musiqadan bir baho olmaydi. Men esa olganman. Meni bu narsa to`xtatib qololmadi. O`zimning ustimda qattiq ishladim. Mehnat qilib bu sohani o`rgandim. O`qituvchilik eng og`ir kasb deb bilaman. Kelajakning qanday bo`lishi o`qituvchilarga bog`liq. Kelajakni uyga o`quvchilarni quruvchilarga o`xshatsak , o`qituvchilar o`sha uyning me’morlaridir. Me’mor uyni qanday qurishni ko`rsatib beradi, quruvchilar esa uni quradi. Agar chizmada biror xato bo`lsa, uy tez orada qulab tushadi. O`qituvchi ham o`quvchilar bilan ishlashda xatoga yo`l qo`ysa, kelajakni qulatgan bo`ladi. Siz ham o`qituvchi bo`lishni istasangiz, hozirdan qattiq mehnat qiling. O`qituvchilarni qadrlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |