Amaliy topshiriq
1. Ota-onangiz yoki akalaringizdan shisha oynadan to‘rtburchak
shaklida o‘nta bo‘lak qirqib berishini so‘rang. Ulardan bittasi
kattaroq bo‘lsin. Ularni ho‘l latta bilan artib, ustma-ust taxlang. Eng
ustiga kattasini qo‘ying. Kattasidan ushlab ko‘taring. Bunda qolgani
ham ko‘tariladi. Sababini tushuntiring.
2. Tarelkaga suv quyib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho‘l bo‘la-
di. So‘ngra bir bo‘lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki
aylantirib oling. Sovunni ko‘tarsangiz, tarelka qo‘shilib ko‘tariladi.
Sababini tushuntiring.
24
1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z-o‘zidan alohida
moleku lalarga ajralib ketmaydi?
2.
Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki
itarilish kuchlari ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi?
3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |