15. Radiokarnaydan ovoz chiqish vaq
tida g‘arbdan sharqqa tomon 25 m/s
tezlikda shamol esdi. To
vushning shu yo‘nalishdagi tarqa
lish tezligini
aniq lang. Tinch ho
latda tovushning havoda tarqa
lish tezligini 330 m/s
deb oling.
A) 330 m/s. B) 355 m/s.
C) 305 m/s.
D) 300 m/s.
16. Ko‘pgina hasharotlar uchayotganda tovush chiqaradi. Tovush chiqish
sababi nimada?
A) Tili orqali bir-biri bilan muloqot qilishi uchun.
B) Qanot qoqqanida tovush chiqadi.
C) Tevarak atrofdan kelgan tovushlarni qaytargani uchun.
D) Uchish paytida havoga ishqalanishi tufayli.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz VII bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari
bilan tanishasiz.
Tovush
Muhitda tarqalayotgan tebranishlar. Chastotasi 16 Hz
dan 20000 Hz oraliqda. Chastotasi 16 Hz dan past
tovushlarni
infratovush
, chastotasi 20000 Hz dan baland
tovushlarni
ultratovush
deyiladi. 1 Hz = 1/s.
Kamerton
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbob. 1711-yil-
da ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan. U simon
ko‘rinishga ega.
Rezonator
Tebranishlarni kuchaytirib beruvchi quticha. Musiqa
asboblarida uning yuzasi yupqa teri, yog‘och bilan
qoplanadi.
170
Mikrofon
Tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga aylan
tirib
beruvchi asbob. Ikki so‘zdan:
mikros
– kichik va
phone
–
tovush so‘zlaridan olingan.
Tovushning
tarqalish
tezligi
Tovush tarqalishi uchun muhit zarur. Gazlarda tarqalish
tezligi 0
°
C da 200–350 m/s, suyuqliklarda 1100–2000
m/s, qattiq jismlarda 3000–6500 m/s oralig‘ida bo‘ladi.
Tovush
qattiqligi
Tovushning birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan energiyasi bilan
belgila nadigan kattalik. Chastotasiga ham bog‘liq. Birligi
detsibel (dB). Tovush baland
ligining yuqori og‘riq sezish
bo‘sag‘asi 130 dB ga teng.
Tovush
balandligi
Tovush chastotasi bilan belgilanadi. Erkak kishilar
gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha,
ayollarnikida 200 dan 9000 Hz gacha tebranishlar
bo‘ladi.
Tovush tembri
Tovushdagi obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda
tovush balandligi bilan belgilanadigan kattalik. Tovush
tarkibidagi eng kichik chastota
0
ni asosiy ton deyiladi.
2
0
, 3
0
va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar
deyiladi.
Aks
sado
Tovushning tarqalishida uchragan to‘siqdan qaytib
kelishiga aytiladi. To‘siqlar joylashishi tovush manbaidan
uzoqligiga qarab, aks sado ko‘p marta takrorla
nishi
mumkin.
Exolot
Dengiz va okeanlar chuqurligini tovush aks sadosidan
foydalanib o‘lchay digan asbob.
Tovush yutish
koeffitsiyenti
Materiallarga yutilgan tovush energiyasining tushgan
tovush ener giyasiga nisbati.
Me’morchilik
akustikasi
Binolarning akustik kattaliklarini o‘lchash, ularda tovush
tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiyalar
ishlab chiqish bilan shug‘ul lanadigan fan sohasi.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |