Amaliy topshiriq
Tog‘orani suvga to‘ldiring. Qo‘lingizda qalamni ushlab uning
soyasini tog‘ora suvining tubida kuzating. So‘ngra qalamning
yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga
ajralishiga e’tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo‘lib, yorug‘
bo‘ladi. Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
1.
Nima uchun havo bulut bo‘lganda buyumlarning soyasi hosil
bo‘lmaydi?
2. Agar devorga biror buyumning soyasi tushirilsa, bu soyaning
o‘lchami nimaga bog‘liq bo‘ladi?
3.
Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini yana qanday
hodisalar tasdiqlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |