Kbk: 84(2Ros=Rus)1



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana29.12.2021
Hajmi0,96 Mb.
#75213
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
attachment(190)

«Hamma ish saranjom qilindi: dabdalasi 
chiqib ketgan jasad keltirildi, ko‘kragidan o‘q 
ham chiqarib olindi. Uning baxtsiz hodisa qur-
boni ekaniga hamma ishondi; faqat komendant, 
ikki o‘rtangizdagi mojarodan xabari bo‘lsa ke-
rak, boshini chayqab qo‘ydi, ammo hech narsa 
demadi. Sizga qarshi birorta isbot dalolat yo‘q, 
bemalol yotib uxlayverasiz... agar uxlay olsan-
giz... Xayr...»
Ikkinchi xatni anchagacha ochishga jur’at 
etolmay turdim... Vera menga nimalarni yozi-


Zamonamiz qahramoni
213
shi mumkin? Yuragimni allaqanday og‘ir bir 
his eza boshladi.
Mana, har bir so‘zi abadiy esimda qolgan xat 
quyidagicha mazmunda edi:
«Ushbu xatni ortiq sira ko‘rishmasligimizga 
qat’iy ishonganim holda yozmoqdaman, bundan 
bir necha yil ilgari sen bilan ayrilish vaqtida ham 
xuddi shunday deb o‘ylagan edim; biroq Tang-
ri meni yana bir karra sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi; 
men bu sinovga bardosh berolmadim, mening 
ojiz qalbim tanish ovozga yana qul bo‘ldi... bu-
ning uchun sen mendan nafratlanmaysan-a, 
to‘g‘rimi? Ushbu xatim ham mening sen bilan 
vidolashuv va tavba-tazarruyim bo‘ladi: qalbim 
senga muhabbat qo‘ygandan beri unda to‘lib 
qolgan hamma dardlarni senga izhor etishga 
majburman. Men seni hech bir ayblamayman: 
sen qilgan muomalangni har bir erkak ham 
qilardi: sen meni o‘zingning xususiy mulking 
qatorida, biri ketidan biri kelib turuvchi shodlik, 
tashvish va g‘am-g‘ussalarning manbayi qato-
rida yaxshi ko‘rarding, axir, bular bo‘lmasa ha-
yot ham bo‘lmaydi, kishini zeriktirib yuboradi. 
Men buni boshda bilgan, sezgan edim... Ammo 
sen baxtsiz eding, shuning uchun axir bir kun fi-
dokorligimni bilarsan, qadriga yetarsan va hech 
qanday sharoitga bog‘liq bo‘lmay senga qilgan 
samimiy dildorligimni anglarsan deb, o‘zim-
ni senga fido etgan edim. O‘shandan beri ko‘p 
vaqt lar o‘tdi: men sening ko‘ngil sirlaringga osh-
no bo‘ldim... Qarasam, behuda umid bog‘lagan 
ekanman. Menga juda alam qildi! Biroq, senga 
bo‘lgan muhabbatim jonim bilan birlashib ket-
gan edi, sevgim qoraydi-yu, ammo so‘nmadi!


Mixail Lermontov
214
Endi abadiy ko‘rishmaymiz; ammo amin 
bo‘lki, sendan boshqa hech kimsani sevmay-
man, qalbim o‘zining butun xazinasini, hamma 
ko‘z yoshi va umidlarini senga sarf qilib bitir-
di. Senga bir marta ko‘ngil qo‘ygan xotin bosh-
qa erkaklarga nafratsiz qaray olmaydi, sening 
ularga nisbatan yaxshiroq bo‘lganliging uchun 
emas, yo‘q! Ammo sening mijozingda faqat se-
ning o‘zinggagina xos, o‘zinggagina yarashgan, 
sirli va masrur bir xosiyat bor; qanday so‘z ga-
pirma, ovozingda yengib bo‘lmaydigan bir kuch 
bor; hech kimsa sendek doim sevilishni orzu 
qilolmaydi; hech kimsaning g‘azabi senikidek 
jozibali bo‘lolmaydi; hech kimsaning ko‘zlari se-
nikidek orom va lazzat berolmaydi; o‘z imtiyoz-
laridan sendek yaxshi foydalanuvchi kishi topil-
maydi; haqiqatan ham sen kabi baxtsiz odam 
yo‘q dunyoda, chunki hech kimsa o‘zini sencha-
lik baxtli qilib ko‘rsata olmaydi.
Endi senga, nima uchun to‘satdan jo‘nab 
ketishimning sababini aytay; bu sabab sen-
ga ahamiyatsiz ko‘rinar, chunki buning yolg‘iz 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish