Kazus yuzasidan topshiriq



Download 11,49 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi11,49 Kb.
#837096
Bog'liq
Qiyosiy kons huquq yakuniy


KAZUSLAR:
1. Latviya parlamenti – Seym deputatlari koronavirusga qarshi emlanmagan va kasallikni boshdan o‘tkazmagan davlat va mahalliy hokimiyat darajasidagi amaldorlarni maoshini saqlamagan holda ishdan chetlatishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Hujjat 15-noyabrdan kuchga kiradi. Shu kundan boshlab Covid-sertifikatlari bo‘lmagan deputatlarga parlamentning onlayn va oflayn yig‘ilishlarida hamda komissiyalar ishida ishtirok etish taqiqlanadi.
Kazus yuzasidan topshiriq.
1.Holatga huquqiy baho bering.
2.Xorijda parlament a’zolarining huquqiy maqomi haqida bayon qiling.
3.Ushbu holatdagi cheklovlarni tahlil qiling.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Sudyalarning konstitutsiyaviy maqomini xorijiy davlatlar va O‘zbekiston misolida tushuntirib bering.
2. Osiyo davlatlarining zamonaviy konstitutsiyalarini tushuntirib bering.

Yuqorida sudyalar maqomining ba’zi elementlari haqida,


shuningdek ularning tayinlanishi va almashtirilishi haqida ham
gapirildi. Sudyalar maqomining o‘ta muhim elementi bu
sudyalarning almashtirilmasligidir. Bu degani sudya qonun
tomonidan o‘rnatilgan muddatga yoki yoshgacha o‘z lavozimidan ozod
qilinmaydi yoki almashtirilmaydi, istisno holatlardagina
almashtirilishi mumkin: agar sudya jinoyat sodir etsa yoki sudyalar
faoliyatiga mos bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullansa shuningdek, sudya
o‘z xohishi bilan o‘z lavozimidan ketishi mumkin. Sudyaning
lavozimidan olish faqat sudlarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, xuddi shu organ jinoyat sodir
etgan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish huquqiga ega.
Qolaversa, almashtirilmaslik prinsipiga ko‘ra hokimiyatda
boshqaruvchi siyosiy partiyaning almashuvi sudyalarning holatiga
ta’sir qilmaydi. Totalitar-sosialistik davlatlarda sudyalar
deputatlar singari saylovchilar tomonidan qaytarib olinishi
mumkin. Sudyalar mustaqil va faqat qonunga bo‘ysunadilar. Ular
siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaslik prinsiplariga ko‘ra faoliyat
olib boradi. Qoida bo‘yicha, sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi
bo‘la olmaydi, hamda siyosiy namoyishlar va ish tashlashlarda
ishtirok etmaydilar Shu bilan birga sudyalar boshqa haq
to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Sud
muassasalarida qarindoshlik munosabatlari istisno etiladi. Har
bir davlatda o‘ziga xos sud tizimi mavjud.

Anglosakson huquq tizimidagi mamlakatlarda sudlar yagona


tizimni tashkil etadi, unga ko‘ra turli soha sudlari yagona Oliy
sudga birlashadi. Ayni paytda ko‘pchilik mamlakatlar, ayniqsa
Yevropa qit’asidagi davlatlarda sudlarning alohida va mustaqil
tizimlari mavjud. Bu mamlakatlarda Oliy sud boshchiligidagi
umumiy va maxsus sudlarning bir-biridan alohida mustaqil bo‘lgan
sud tizimlari tashkil etilgan. Bunga yorqin misol qilib, 1949 yilda
qabul qilingan Germaniya Asosiy Qonunida Federal konstitusiyaviy
sud bilan bir qatorda yana alohida beshta sud ta’sis etilishi ko‘zda
tutilgan, bular: Federal sudlar palatasi, Federal ma’muriy sud,
Federal moliya sudi palatasi, Federal mehnat sudi, Federal
ijtimoiy sud. Ular sud amaliyotida bir xillikni ta’minlash
maqsadida hamkorlikdagi (qo‘shma) senatni tashkil etadilar (95-m. 1
va 3-q.).

Romana-german huquq tizimidagi mamlakatlarda va ba’zi shu


huquq tizimida bo‘lmagan boshqa mamlakatlarda umumiy yurisdiksiya
sudlar, ya’ni fuqarolik va jinoiy ishlarni ko‘rib chiquvchi sudlar
tizimi bilan bir qatorda, davlat kengashi deb ataluvchi (Fransiya,Italiya) hamda Oliy ma’muriy sud deb ataluvchi organ tomonidan
boshqariluvchi ma’muriy adliya tizimi ham barpo etiladi (Shvesiya).
Ba’zi bir postsosialistik mamlakatlarda ham (Bolgariya, Chexiya)
xuddi shu tarzda ikkitadan sud tizimi ta’sis etilgan. Polshada
Oliy ma’muriy sud, hozircha, Oliy sud tomonidan nazorat qilinadi.

Sudlarning tashkil etilish tamoyillari. Konstitusiyalarda


sud tizimlari va mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlarning
turlari belgilab qo‘yiladi, umumiy yurisdiksiya sudlari bilan bir
qatorda, maxsus sudlar ham tashkil etilishi mumkinligi
ko‘rsatiladi.
Sud hokimiyati faoliyatining prinsiplari faqat qonunga
bo‘ysunuvchi sudyalar mustaqilligining kafolatlarini ko‘zda tutadi:
almashtirilmaslik, daxlsizlik, lavozimda turgan paytda rag‘batlan-
tirish miqdorining kamaytirilmasligi va hokazo. Ba’zi konstitu-
siyalarda ushbu tamoyillar sud hokimiyatining ma’muriy vamoliyaviy avtonomiyasi, odil sudlovni faqat qonuniy ravishda
belgilab qo‘yilgan sudlar tomonidan amalga oshirilishi, favqulodda
sudlarning tuzilishining taqiqlanganligi kabi prinsiplar bilan
yanada to‘ldiriladi.
Shunday qilib, xorijiy mamlakatlar hokimiyat organlari
tizimida sud hokimiyati salmoqli mavqega ega. Sudlar tuzilishi,
faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, tarkibi, vakolati turli-tuman
bo‘lsa-da, asosiy maqsadi insonning huquq va erkinliklari, qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilmas-
ligini kafolatlash hisoblanadi.
Download 11,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish