•Казус матнини зукколик билан ўқинг, қандай процессуал хатоликлар мавжуд?


Guvoh chaqirish haqida iltimosnoma taqdim etishi; 6



Download 31,18 Kb.
bet6/7
Sana19.05.2022
Hajmi31,18 Kb.
#604786
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fpk

5. Guvoh chaqirish haqida iltimosnoma taqdim etishi;
6. Sudga yozma dalilni talab qilib olish haqida shaxs iltimosnoma taqdim etishi;
7. Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga shu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqini beradigan so’rov xati topshirishi mumkin;
8. Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko’zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqidagi iltimosnomalarini qanoatlantirishi;
9. Agar taraflar sud maqjlisiga uzrli sabalarga ko’ra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etsalar, da’vogar yoki javobgarning iltimosnomasiga binoan sud arizani ko’rmasdan qoldirish to’g’risidagi chiqargan o’z ajrimini bekor qilishga va protsessni davom ettirishi mumkin;

Birinchi mantiqiy savolga javob;

Ushbu tumanlarda sudlarning tuzilishiga sabab aholi ko`pdir. Aholi soni Yangiyo`lda 275 ming, urgutda 507 ming, Xatirchida 193 ming, Paxtakorda 124 ming bo`lgani uchun Prezident ushbu tumanlarda sudlarni mukammal darajada tashkil etishga sabab esa, masofa uzoq bo`lganligi sababli aholiga yengilik yaratish maqsadida takomillashtirgan.


Ayni vaqtda odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini ta’minlash, huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish, advokatura institutini kuchaytirish, ushbu sohalar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha oldimizda ko‘pgina vazifalar turibdi.
Kelgusida ma’muriy sudlar faoliyatini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Sud xususiy mulk himoyasida turib, fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini tiklash orqali ijro idoralarini qonun doirasida ishlashga majbur qiladigan tizimni yaratishimiz zarur. Bu esa jamiyat taraqqiyotiga, birinchi navbatda, uning iqtisodiy ravnaqiga xizmat qiladi.


Ikkinchi mantiqiy savolga javob;

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

SUDLAR FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI OSHIRIShGA DOIR QO'ShIMCHA CHORA-TADBIRLAR” TO'G'RISIDA


Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdarg'om tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;
fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiyo'l tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari bo'yicha Urgut, So'x, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdarg'om tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari bo'yicha Bo'zatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqal'a tumanlari sudlarini tashkil etish;
O'zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy malaka hay'atining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudьyalari malaka hay'atlarining qarorlari ustidan Sudьyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqini berish.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudьyalar oliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudьyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi va Advokatlar palatasining 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi takliflari ma'qullansin:
a) sud ishlarini nazorat tartibida ko'rish institutini tugatish, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o'rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;
b) jinoyat ishlarini sudda ko'rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko'rib chiqilishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish;
v) quyidagi tartiblarni joriy etish:
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instantsiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;
apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ishlar bo'yicha chiqarilgan sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o'rinbosarlari protestiga ko'ra kassatsiya tartibida takroran ko'rib chiqish;
davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko'ra jinoyat ishini tugatish;
prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo'yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo'lgan holdagina, suddan chaqirib olib o'rganish;
qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo'zg'atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko'rilishida prokuror o'z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko'rish bo'yicha sudlov tarkibini (keyingi o'rinlarda — Sudlov tarkibi) tuzish haqidagi taklifi ma'qullansin.
Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar (keyingi o'rinlarda — yirik investorlar) va davlat organlari o'rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko'rish vakolati berilsin.
Belgilansinki:
investitsiyaviy nizolar bo'yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo'yicha taraflarning xohishiga ko'ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'rilishi;
qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'rilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida quyidagi tarkibiy tuzilma (lavozim)lar kiritilishiga rozilik berilsin:
a) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida:
Oliy sud boshqarmalari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga hisobdor bo'lgan, Oliy sud raisining taqdimnomasiga asosan Oliy sud Plenumi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari lavozimi;
Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi;
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi;
b) viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari.
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Moliya vazirligining Sudьyalar oliy maktabi Sud amaliyoti muammolarini o'rganish markazini tugatish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin. Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sud amaliyoti muammolarini o'rganish markazini tugatish hisobidan bo'shayotgan 9 ta shtat birliklari Oliy sud tuzilmasida tashkil etilayotgan Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasini shakllantirishga yo'naltiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshliqlariga nisbatan Oliy sud sudyalari uchun belgilangan, Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa xodimlariga nisbatan esa, viloyat sudlari sudьyalari uchun belgilangan mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish shartlari tatbiq etilsin.
Bunda, qayd etilgan shartlar faqat muqaddam sudьyalik lavozimida ishlagan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi, ushbu shaxslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudьyalik stajiga qo'shilishi va pensiya tayinlashda hisobga olinishi inobatga olinsin.

Download 31,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish