Javob .
Kazus matnini zukkolik bilan o’qing, qanday protsessual xatoliklar mavjud?
3851-modda Apelatsiya shikoyatini ( protestini ) berish muddati.
Apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida berilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga qaytariladi.
O‘tkazib yuborilgan muddat, agar muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra birinchi instansiya sudining ajrimiga binoan tiklanishi mumkin.
Tepadagi muammoli holatda protsessual xatolik bu muddatga bog`liqdir, chunki ushbu holatda apelatsiya shikoyati berish muddati sakkiz kunga muddatidan o`tib ketgan. Ushbu kazusdagi holat bo`yicha Sud bu ishni yakka tartibda ko`rsa ham bo`ladi.
FPK ning 3993-modda Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto`g`ri qo`llash.
Ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa;
Ushbu kazusdagi holat bo`yichayam sudda ishtirok etadigan shaxslar shaxslar kelmaganligi bois sud ishi tugatili, sud majlisi yopiq deb e`lon qilingan.
395-modda Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda, apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu kazusdagi protsessual xatolik asosan muddatga qaratiladi, chunki Ish yurituviga apelatsiya shikoyatini topshirgandan keyin, ushbu arizani ish yurituviga qabul qilsa, ushbu holatni ko`rish bo`yicha iltimosnoma va arizani ko`rish tayinlanadi. Lekin ushbu holatda muddat o`tib ketganligi bois ya`ni bir oydan oshib ketganligi sababli, muddatni uzrli deb topishga to`g`ri keladi, agarda ushbu holat bo`yicha muddatni uzrli deb topsa, ushbu shikoyatni ko`rishga tayinlaydi, agarda muddatni uzrli deb topmasa, ushbu shikoyatni qaytarib yuboradi. Muddatni uzrli deb topish va tayinlash ajrimi birga chiqadi, protsessual xatolik ushbu kazusda tayinlab muddatni uzrli deb topishni birga ko`rayapti. Ushbu muammoli holatda Sudya yakka tartibda hal qiladigan masaladir. Ushbu holatda sudya yordamchisi, prokuror, advokat ishga jalb qilinishi shartmas, ushbu holatda sudya yakka tartibda ko`riladi.
Oliy sudning 2021-yil 16- sentabrdagi 716- sonli qarorida ham quyidagicha keltilgan.
sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
sud majlisi boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda majlis bo‘lgan joy va sana” degan so‘zlar “sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin deb aytib o`tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |