Kaykovus va uning "Qobusnoma" asari Amir Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘idagi gilon qabilasiga mansub bo‘lib, u hijriy 412-yilda, milodiy 1021-1022-yilda o'rtahol feodal oilasida tug'ildi



Download 31,68 Kb.
bet2/3
Sana21.07.2022
Hajmi31,68 Kb.
#834244
1   2   3
Bog'liq
qobusnoma

Asarda suxandonlik haqida.

  • Kaykovusning so`z odobi xususidagi qarashlari.

  • Bola tarbiyasida nutq odobining tutgan o`rni.

    .
    Ma’naviy tarbiyaning katta qismi ma’naviy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz pand-nasihat, o‘gitlaridan olinadi. Bu pand-nasihat va o‘gitlar esa ulardan bizga qoldirilgan kitoblardagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Haqiqiy o‘qimishli kitobxon esa ma’nan ozuqa bo‘lib mazmunan uning ma’naviyatini yuksaltirishga qodir kitobni boshqalaridan osongina ajrata oladi. Ana shu mazmundagi kitoblarni o‘qish esa go‘yo fozilu olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish bilan tengdir. Jumladan, shunday mazmundagi kitoblar sirasiga Kaykovusning “Qobusnoma” asarini kiritish mumkin. Afsus bugun ko‘p yoshlarimiz bu kitob mazmunidan bexabar qolmoqdalarki, bu aynan ayrim yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay ergashayotganlarida bilinmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo‘lamiz.


    Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.
    Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi. 
    Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi. 
    Kaykovus o‘g‘lini xalqqa yaqinlashishga, uning manfaatini ko‘zlashni farzandiga uqtiradi: “Xalqning ozgina yaxshiligini ko‘p ko‘rgil, qaysi narsa xalq manfaatiga yaqin turishini o‘rgan”, — deydi. 
    Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan.
    Yuqoridagilarni inobatga olib, yosh kitobxonlarimiz bo‘sh vaqtlarida bunday mazmundagi asarlarni o‘qib o‘z ma’naviyatlarini mohiyatan boyitadilar. Bugun yosh kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ular istagan asarlarini elektron variantda o‘qib tushunishlari mumkin. Jamiyatning ertangi kunini tinch va obod bo‘lishi, eng avvalo, yoshlarimiz olayotgan, o‘zlashtirayotgan ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Qaysi xonadon, mahalla, oilada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha xonadon, mahalla, oila ahil-totuvlikka oshno, topgan-tutganida baraka bo‘ladi. O‘z-o‘zidan yurt obodligi va ozodligi ham mustahkamlanib, yuksalib boraveradi. 
    Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021—1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
    Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.
    Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratäè. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.
    «Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.
    Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.
    Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.
    Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.
    Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.
    «Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.
    Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asr ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda «... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim»1, deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:
    1. Kaykovus bilim olish haqida.


    2. Hunar va turli kasb egalari haqida.


    3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.


    4. Jismoniy yetuklik haqida.



    CHunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat.
    Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi.
    SHuningdek, ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ham yo’llanmalar beradi:

    Hamma vaqt parhezli va qanoatbaxsh bo’lish, bekorchilikdan o’zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo’lish, kitob o’qishga berilish, ilm yo’lida qayg’u-hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o’z yonida kitob va boshqa o’quv qurollarini saqlash, oz so’zlab, ko’p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo’lida munozaradan cheiknmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o’z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. YAna u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo’lishi kerakligi, ilmni chuqur o’rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo’lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko’ra biladigan bo’lish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o’z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatishlari zarurligi ham ta’kidlanadi.


    Sharq ma’naviyati va axloq ilmida “Qobusnoma”asari muhim o’rin tutadi. Kaykovusning “Qobusnoma” asari melodiy 1082-1083 hijriy 475-yillarda yaratilgan bo`lib, bugungi kunda umumjahon madaniyatining ulkan boyligiga aylandi. Vushmagir o`g’li Shamsulmaoliy Qobus muallif Kaykovusning bobosi bo`lgan. Bu nasihatomuz kitobni Kaykovus o`z o`g’li Gilonshohga bag’ishlaydi.
    Ma`lumki, X-XI asrlarda ilm-fan, madaniyat, san`at va adabiyot taraqqiy etdi. Abu Abdulloh Ro`dakiy, Abulqosim Firdavsiy, Abul Hasan binni Ahmad Unsuriy kabi shoir, olimlar shu davrda yetishib chiqdilar. Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham mana shunday ilm-fan jadal sur`atlarda rivojlangan bir paytda dunyoga keldi.
    “Qobusnoma” Sharq olimlari bilan bir qatorda g’arb ilm ahlining diqqatini ham o`ziga tortdi. Ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi sababli ham turli tillarga tarjima etildi va butun dunyo xalqlariga tanildi. 1702-1705-yillarda turk tiliga, 1786-87-yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg’ur tiliga, 1811-yil nemis tiliga tarjima qilindi. Asli fors-tojik tilida yaratilgan bu asarni ota-bobolarimiz asl nusxasidan foydalangan holda asrlar mobaynida mutolaa qilib keldilar. 1860-yilda mashhur o`zbek shoiri va olimi Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan bu kitob o`zbek tiliga o`girildi. “Qobusnoma” 1881-yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga, 1886-yilda rus va franso’z tillariga tarjima qilindi. Mashhur rus olimi .Ye.I.Beltels 1953-yilda rus tiliga tarjima qildi.
    Vushmagir o`g’li Unsurmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining qirg’og’ida yashagan Giloe qabilasida tarbiyalangan. Kaykovus 1021-1022 (hijriy 412) yillarda mayda feodal oilasida tug’ilgan. 63 yoshga to`lgan paytida G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar bu asarni yozdi.
    Asar XI- asrning 82-83-yillarida yaratilgan. Tarixdan ma`lumki Qobus xonadoni Somoniylar davlati hukmronlari bilan yaqin munosabatda bo`lgan. Somoniylar xonadonini tiklash uchun Qobus uyg’ur xoni Ilikxon bilan janglar olib borib g’alaba qozongan. Ammo Somoniylar davlatini yemirilishdan asrab qola olmaydi. Qoraxoniylar Farg’onadan Xitoygacha tarqalgan turkiy qabilalarni birlashtirib, Somoniylr ustidan g’alaba qozonadilar. Qobus Tabaristonni ishg’ol etadi va shu o`lkaga hukmron qoladi. Qobus nihoyatda ilmparvar, san`atni sevadigan inson edi. U o`z zamonasining barcha ilmlarini egallashga harakat qildi.
    Adabiyot muxlisi va shoir bo`lgan Qobus arabda fors tilini chuqur o`rgandi va arab tilida “Nomalar” kitobini yozdi. Musiqa va tabiiyat ilmiga qiziqdi. Hattoki Qobus mashhur o`zbek olimi Abu Rayhon Beruniyning Jurjonda yashab ilm bilan shug’ullanishiga sharoitlar yaratib berdi.
    Qobusning o`z davrining barcha ilmlarini egallaganini asardan bilib olsa bo`ladi. Kaykovus ham o`z salaflarining asarlari bilan tanishadi. O`g’liga maslahatlar berish uchun “Qobusnoma” ni yaratadi. Sharq olimlari qadimgi davrlardan boshlab bola tarbiyasiga, so`z odobiga, axloqiy masalalarga katta e`tibor berganlar. Bu tarbiya hind kitobi “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, “Ro`shnoinoma”, Yu.X.Hojibning “Qutadg’u bilig”, M. Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk”, A.Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq”, A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Vaqfiya” asarlarida o`z ifodasini topgan.
    Umumjahon manfaatlarini ifoda etuvchi axloqiy masalalarni o`zida mujassam etgan asarlardan biri “Qobusnoma” 44 bobdan iborat. 4 bobi diniy xarakterda bo`lgan. Sobiq ittifoq davrida diniy xarakterdagi asarlar yetarlicha o`rganilmaganligi sababli, bu 4 bob kam o`rganilgan.
    Sharq allomalari axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini Qur`oni karim suralari, Muhammad payg’ambar faoliyati va ko`rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. “Qobusnoma” ham bundan mastasno emas.
    “Qobusnoma” “Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, “Payg’ambarlarning xilqati zikrida” boblari bilan boshlanadi. Gilonshohga bag’ishlab yozilgan bu “Nasihatnoma” o`sha davr an`anasiga ko`ra bobosi podshoh Shamsulmaoliy Qobus sharafiga “Qobusnoma” deb ataladi. Mo``jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlar kitobning yanada jozibador bo`lishini ta`minlaydi.
    Kitob yosh avlodni tarbiyalash, ularning kamolotini ta`minlashning muhim muammolariga doir ilk Sharq pandnomasi hisoblanadi. Asar o`tmishda maktab va madrasalarda “Guliston”, “Bo`ston” kabi asarlar bilan bir qatorda darslik sifatida o`qitilgan.
    1935-yilda Tehron dorilfununi professori Said Nafisiy “Qobusnoma” ni Tehronda bosmadan chiqardi. Ogahiy tarjimasining qo`lyozma nusxasi O`zFA Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondida va Sankt-Petrburgdagi Saltikov Shedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda. Ogahiy tarjimalaridagi asar 1965-1973-1986-yillarda adabiyotshunos olim Subutoy Dolimov tomonidan uch marta nashrdan chiqarildi. “Qobusnoma” axloqiy mavzudagi asar bo`lganligi sababli, unda eng avvalo qanday qilib axloqli, ilmli, dono farzand tarbiyalash yo`llari ko`rsatiladi. 40-bob ham hayotiy masalalarni qamrab oladi. “Qobusnoma” ota va ona haqini bilmoq, hunar afzunligi, qarilik va yigitlik sifati, taom tartibini yeyish bayoni, sharob ichmoq, mehmon bo`lmoq va mehmonga bormoq, ishq odatlari, uxlamoq, hammomga bormoq, ovga chiqmoq, chavgon o`ynamoq, omonatni saqlamoq, uy va yer sotib olmoq, ot sotib olmoq, xotin olmoq, farzand tarbiyalamoq, ilm o`rganmoq kabi turli masalalar yuzasidan keng mulohaza yuritilgan, insonga xos axloqiy sifatlar mushohada asosida tahlil etib berilgan.
    “Qobusnoma” ning yettinchi bobi suxandonlik bilan baland martabaga ega bo`lish masalasiga bag’ishlangan.
    Kaykovus bu bobda so`zlovchining nutqi go`zal ma`noli bo`lishi, so`zni nutqda noo`rin ishlatmay, o`z o`rnida ishlatish masalalarini yoritib beradi. Kishi yolg’on so`zlamasligi, xalqqa ma`qul keladigan so`z so`zlashga harakat qilmog’i haqida mulohaza yuritadi. Hamma hunardan so`z hunari yaxshiroqdir deydi.
    Kaykovus har bir kishi notiq bo`lmog’i lozimligini, ammo yolg’onchi bo`lmasligini ta`kidlab shunday deydi:
    “Kishi suxandon, suxango`y (notiq) bo`lishi kerak. Ammo, ey farzand, sen suxango`y bo`lg’il va lekin durug’go`y (yolg’onchi) bo`lmag’il. Rostgo`ylikda o`zing shuhrat qozong’il, tokim biror vaqt zururat yuzidin yolg’on so`z desang qabo’l qilg’aylar. Har so`z desang ham rost deg’il va lekin yolg’onga o`xshagan rostni demag’ilkim, rostga o`xshagan durug’ durug’ga o`xshag’on rostdin yaxshiroqdur, nedinkim ul durug’ maqbo’l bo`lur, ammo ul rost maqbil bo`lmas. Demak, nomaqbo’l rostni aytishdan parhez qil...”
    Kaykovus faqat nutq so`zlashni emas, boshqalarning so`zi va nutqidan ibrat olishni o`qtiradi, shu yil bilan ham yaxshi notiq bo`la olish mumkinligini aytib o`tadi.
    “Ey farzand, toki qila olsang so`z eshitmakdin qochmag’ilki, kishi so`z eshitmak bila suxango`y (notiqlik) hosil qilur”.
    Agar farzand yoshligida hech kishining so`zini eshitmay katta bo`lsa, u albatta soqov bo`ladi. Kamolga yetishish jarayonida chiroyli so`zlar eshitsa suxango`y bo`ladi.
    Muallif suxandon bo`lish uchun donishmandlar so`zini tinglashni tavsiya etadi. Sovuq so`z bo`lmagil deb o`qtiradi. Xosga xos, oliyga oliy so`z aytish muvofiqdir deyiladi. “Dononing pand-nasihati ko`ngil ko`zin ravshan qilur, nedinkim, ul pand aql va hikmat ko`zining surmasi va to`tiyosidir. Bas, bu toifaning so`zin hushqulog’i bilan eshitmak kerakdur. Bu jamoatning so`zinda manfaat ko`pdur”.
    “Ey farzand, agar har negakim suxandon bo`lsang, o`zingni bilg’ondan kamroq tutg’il, to so`zlash vaqtida nodon va beburd bo`lib qolmag’aysan. Ko`p bilib, oz so`zlag’il va kam bilib ko`p so`z demag’il”.
    Demak, kishi donolar so`zini tinglamoq orqali notiqlik darajasiga erishar ekan, o`z nutqi ustida ko`p mashq qilishi, xalq oldida nutq so`zlaganda yoqimli va ba`mani gapirishi, xalqning e`tiborini qozonishi zarur. “Xalq oldida gapirganda so`zing go`zal bo`lsin, bu so`zni xalq qabo’l qilsin. Xaloyiq sening so`z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so`z orqali biladilar,... har kishining ahvoli o`z so`zi ostida yaxshiringan bo`ladi”.
    Kaykovus notiq so`zning ma`nolarini ham har tomonlama o`rgangan bo`lishi lozim, deb hisoblaydi.
    “Ey farzand, so`z yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlaganda ma`noli gapir, bu notiqlik alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang, qushga o`xshaysan, bunday qushni to`ti deydilar!”.
    Notiq shunday kishiki, uning har so`zi xalqqa tushunarli va xalqning har so`zi unga ma`lum bo`ladi. Suxandon nutq so`zlaganda pushaymon bo`lmasligi uchun har so`z o`ylab gapirmog’i zarurdir.
    Kaykovus “Qobusnoma” asarida kishi faoliyatida so`z odobining naqadar buyukligini pand-nasihatlar bilan o`qtirar ekan, turli hikoyatlar keltirib, fikrlarini isbotlab boradi. Shirin va o`rinli so`zlar orqali Xorun-ar-Rashid tushining ta`birini aytgan munajjimning yuz tillo bilan mukofotlanishi haqidagi hikoyat, donishmand Abuzurjmehrning bilmagan narsasini bo`yniga olishi haqidagi hikoyat, donishmand Shayx va Alaviy yigit haqidagi rivoyatlarda so`zning qudrati ochib beriladi.
    Bugungi kun o`qituvchisining oldiga kelajak avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash vazifasi topshirilgan. To`g’ri, farzand tarbiyasi avvalo oiladan boshlanadi. Shunday ekan, bola tarbiyasida nutq madaniyati va so`z odobining o`rni katta. Chunki qadim Sharqda bu axloqiy masalaga jiddiy e`tibor berilgan va odob- axloqli inson eng avval muomalali, shirin so`zli deb tan olingan. Kamtar, tarbiyali inson har bir so`ziga e`tibor berishi o`qtirilgan. Shuning uchun ham yosh avlod tarbiyasida nutq odobi muhim masala sanaladi. Nutq madaniyati va so`z odobiga rioya qilmagan farzand tarbiyali inson hisoblanmagan. Demak, Kaykovusning har bir gapi hikmat. Bu kitobni o`qimoq va o`qmoq-mag’zini chaqmoq darkor. Agar ota-ona, qarindoshlar bolaga uyda, ko`cha-ko`yda so`zlash odobini o`rgatishsa, o`qituvchi jamoat joyida o`zini tutish qoidalarini o`rgatadi. Kattalar bola tarbiyasida ibrat namunasi hisoblanadi.
    O`z aytgan so`zlariga rioya qilish ham tarbiyali ekanlik belgisidir. “Agar tiling uzun bo`lmog’in tilasang, qo`lingni qisqa qilg’il” –deb nasihat qiladi Kaykovus. Ammo kishi o`z maqsadi yo`lida kurashar ekan, doimo og’ir va vazmin bo`lmog’i ham maqsadga muvofiq emas. O`z maqsadi yo`lida odob doirasidan chiqmagan har bir inson so’z ayta bilmog’i shart. Sharm qilib, uyalib kerakli so`zni ayta olmaslik bolani og’ir ahvolga solib qo`yadi. Shuning uchun yoshlikdan bolaga o`z fikrini aytish qobiliyatini oilada rivojlantirish zarur. O`qituvchi esa bolani mustaqil fikrlashga, so`z vositasida o`z fikrini bemalol bayon qila olish qobiliyatini shakllantirishi hayotiy zaruratdir.
    Demak, Kaykovusning “Qobusnoma” asari Sharq madaniyatining ulkan yodgorligi “Asarda inson hayotiy faoliyatini qamrab oluvchi turli sohalarga oid falsafiy qarashlar mavjud bo`lib, shu jumladan nutq odobi masalalari xususida ham ibratli hikmatlar bayon etilgan. Shaxs hayotida so`zning, nutqning o`rni katta ekan, unga bo`lgan munosabat ham jiddiy masala hisoblanadi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda, “Qobusnoma” asari ham so`z xususida” nutq madaniyati borasida umumjahon madaniyatining xazinasiga qo`shilgan ulkan hissadir. Sharqda notiqlik san`atining rivojlanishiga bu asarni o`ziga xos salmoqli o`rni mavjud.

    "QOBUSNOMA" - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb atalgan. "Q." shu ayearning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan.


    "Q" asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi.
    Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.
    Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa "jon" bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni "sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim", deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.


    Download 31,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish