kelsa, irsiyat ulami bo‘g‘inJarda mustahkamlaydi, tabiiy tanJanish esa
ma’lum sharoitga moslanishni vujudga keltiradi. Natijada foydali
o‘zgamvchanlikka ega organizmlar yashab, zararli o‘zgaruvchanlikka ega
oiganizmlar esa yashash uchun kurashda nobud boiadilar.
6.Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati
Genetikaning asosiy vazifalariga genning o£zgarishi, kelib chiqishi,
genlaming ta’sir mexanizmlari, ulaming nazoratidagi jarayonlar va butun
organizmda murakkab belgi va xususiyatlarning boshqarilishini o‘rganish
kiradi. Hozirgi zamon genetikasining vazifasi nazariy muammolar bilan
birga muhim amaliy vazifalarni hal etishdir. Genetika hayvonlar,
o‘simliklar, mikroorganizmlaming irsiyatini tushuntirish va ulami inson
manfaatlariga mos ravishda o‘zgartirish metodlari va yo‘llarini ishlab
chiqishga mas’uldir.
Seleksiya yangi nav va zotlami yaratish bilan shug‘ullanishiga qaramay,
Do'stlaringiz bilan baham: |