Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi: (2018 yil 1 noyabrgacha
bo`lgan o`zgartish va qo`shimchalar bilan) Rasmiy nashr-O`zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi.- T.: “Adolat”, 2018 y.-568 b.
2. “Ma`suliyati
cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar
to`g`risida”gi qonuni;
3. Fuqarolik-protsessual kodeksi;
Foydalanilgan internet manbalari:
1. Lex.uz
2. Norma.uz
3. Public.sud.uz
31-mantiqiy savol
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza
qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan munosabatlarida
tadbirkrolik subyektining huquqlari ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib chiqadigan barcha
tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar xo`jalik yurituvchi
subyektning foydasi. Ushbu tamoyilni tahlil qiling. Ushbu tamoyil qaysi
qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan? Misollar keltiring.
Davlatning davlat sifatida mustahkamlanishi, ravnaq topishi, o`z aholisini
imkon boricha qulay ish o`rinlari bilan ta`minlashi, sanoatning har bir sohasida
jahon standartidagi mahsulotlar ishlab chiqara olishi uning tadbirkorlarga yaratib
berilgan sharoitllar, ularga beriladigan imtiyozlarning shaffofligi, tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar bilan bog`liq. Chunki, tadbirkorlik
rivojlangan joyda kuchli raqobat bo`ladi, tadbirkorlar tomonidan o`z mijozlariga
taqdim etadigan mahsulotlar, xizmatlar sifati yaxshilanishdan to`xtamaydi, eksport
bop mahsulotlar, xizmatlar ko`payadi. Buning uchun davlat tadbirkorlaning
imtiyozlar bilan ta`minlanishida tenglikni ta`minlashi, tadbirkolik subyektlarining
faoliyati ortiqcha aralashuvlarning oldini olishi, davlat amaldorlari esa tadbirkorlik
subyektlari bilan munosabatlarga kirishganda qandaydir vakolatlar egasi sifatida
emas, balki yo`llangan xizmatchi sifatida muomala qilishi kerak.
Har bir sohani rivojlantirishda ma`lum bir prinsiplarga hamda tamolyillarga
tayaniladi. Shu jumladan tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda ham. Shunday
tamoyillardan biri tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib
chiqadigan barcha tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar
xo`jalik yurituvchi subyektning foydasiga hal qilinishi tamoyilidir. Ushbu tamoyil
yuqorida aytib o`tgan fikrlamizning asoslarian biri desak, xato bo`lmaydi. Chunki,
ushbu tamoyil faqat tadbirkorlik subyektlarining rivoji uchun xizmat qiladi. Ushbu
tamoyil bir qancha qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yilgan. Xususan,
O`zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to`g`risida”gi qonunining 11-moddasida ushbu tamoyil belgilab qo`yilgan. unga
ko`ra, Tabirkorlik subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan
munosabatlarida tadbirkrolik subyektining huquqlari ustuvorligi prinsipi amal
qiladi, unga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda
kelib chiqadigan barcha tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar
xo`jalik yurituvchi subyektning foydasiga hal etiladi. Shuningdek, “Xo`jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida”gi
qonunning 5-moddasiga ko`ra, tadbirkolik subyekti huquqlarining ustuvorligi,
unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan
bog`liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo`lmaydigan ziddiyatlar va
noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi. Masalan, tog`
zo`nasida davlat organi buyurtmasiga binoan “Acme” MCHJ tomonidan
qurilayotgan bino kutilmagan tosh ko`chkisi oqibatida talofat ko`rdi. Natijada,
davlat organi tadbirkorlik subyekti ustidan sudga murojaat qilib, kutilmagan
hodisalar tadbikorlik subyekti tomonidan o`rganib chiqilishi kerakligini, shuning
uchun kerakligini ko`rilgan zararni “Acme” MCHJning hisobidan qoplanishini
talab qildi. Sud ishning holatlarini o`rganib chiqib, ushbu holatni kutilmagan fors-
major holati sifatida baholadi hamda hal qiluv qarorini tadbirkorlik subyektining
foydasiga chiqardi.
17-mantiqiy savol
Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyili nimani anglatadi?
Fuqarolik huquqi subyektlari o`z manfaalarini turli shartnomalar tuzish
orqali ro`yobga chiqaradilar. Shuning uchun shartnomalar tuzish bilan bog`liq
munosabatlarga alohida e`tibor qaratish talab etiladi. Shunday talablardan biri
Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyilidir. Xo`jalik shartnomalarini
tuzishning erkinligi ta`moyili tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirishning eng
asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ushbu tamoyil O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 354-moddasi bilan mustahkamlab qo`yilgan. Unga ko`ra,
fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shuningdek ushbu
tamoyil O`zbekiston Respublikasi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 4-moddasiga ko`ra,
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarining asosiy prinsipi
sifatida belgilab qo`yilgan. ushbu normalardan kelib chiqsak, shartnoma tuzishning
erkinligi deganda, har bir fuqaro o`z tanloviga ko`ra, o`zi ishonchli deb hisoblagan
shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan erkin shartnoma tuzishini anglatadi.