Ikkinchidan, MCHJ mol-mulkini garovga qo`yish to`g`risidagi qarordan
norozi ta`sischi qanday huquqlarga ega?
“Ma`suliyati cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar
to`g`risida”gi qonunining 41-moddasiga ko`ra, jamiyat kuzatuv kengashining,
jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro
etuvchi organining ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlarining, jamiyat ustavi
talablari buzilgani holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu ishtirokchisining
arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ushbu
normadan kelib chiqsak, agar jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat
yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi
organi MCHJning mol-mulkini garovga qo`yish to`g`risida qaror chiqarsa va
bundan jamiyat ta`sischisi norozi bo`lsa, ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilishi
mumkin. Agar MCHJning mol-mulkini garovga qo`yish to`g`risidagi bitim yirik
bitimlar sirasiga kirsa, “Ma`suliyati cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli
jamiyatlar to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, agarda yirik bitim ushbu qonunning 44-
moddasida nazarda tutilgan talablarga zid ravisha tuzilgan bo`lsa, jamiyatning yoki
uning ishtirokchisining da`vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin. Sud Shikoyatni o`rganib chiqib, qabul qilingan qarorni yoki tuzilgan
bitimni haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Yuqorida berilgan kazusga huquqiy baho berish vazifasi berilgan. Ushbu
holatga O`zbekiston Respublikasi Kattaqo`rg`on tumanlararo iqtisodiy sudining
2020 yil 27 oktabr 4-1402-2002/637-sonli ish bo`yicha qabul qilgan qarorini
o`rganib chiqib tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Kattaqo`rg`on iqtisodiy sudiga da`vogar “Kattaqo`rg`on gaz servis”
MCHJning ta`sischisi “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning direktorining 2018-
yil 10-maydagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. “Ma`suliyati
cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonuniga ko`ra,
agarda yirik bitim ushbu qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan talablarga zid
ravisha tuzilgan bo`lsa, jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da`vosiga binoan
sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi
iqtisodiy-protsessual kodeksining 26-moddasiga ko`ra ushbu da`vo talabi sudga
taalluqlilik jihatdan iqtisodiy sudlarga tegishli. Ushbu normadan kelib chiqsak,
ta`sischining talabi to`g`ri va sudga bunday talab bilan murojaat etishga haqli.
Chunki, “Ma`suliyati cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar
to`g`risida”gi bilan tuzilgan “Avtomobillarga gaz quyish va gaz o`rnatish
shahobchasi”ni garovga qo`yish to`g`risidagi ipoteka shartnomasi jamiyat
tomonidan yirik bitimlar sirasiga kiradi. Chunki, “Ma`suliyati cheklangan va
Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonunining 44-moddasiga ko`ra,
agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan
bo`lmasa, bunday bitimlarni tuzish to`g`risidagi qaror qabul qilinadigan kundan
oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma`lumotlari asosida
aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga
ega bo`lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufdan chiqarishi yoki jamiyat
bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufdan chiqarishi ehtimoli bilan bog`liq
bo`lgan bitim yoki o`zaro bog`liq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi.
“Avtomobillarga gaz quyish va gaz o`rnatish shahobchasi”ni 135 000 000 so`m
miqdorda baholangan. Lekin, “Avtomobillarga gaz quyish va gaz o`rnatish
shahobchasi” “Ideal price cunsalting” MCHJning 2017-yil 2-martdagi xulosasiga
ko`ra, 662 358 000 so`m miqdorida qayta baholangan. Bu esa jamiyat ustav
fondining 62,18 foizini tashkil etadi. Yuqoridagi normadan kelib chiqsak, ushbu
ipoteka shartnomasi yirik bitim hisoblanadi. “Ma`suliyati cheklangan va
Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonunning 44-moddasiga ko`ra,
Yirik bitimni tuzish to`g`risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi. Demak, “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning
direktorining 2018-yil 10-maydagi qarori qonu normalariga zid.
Yuqoridagilardan xulosa qilsak, Kattaqo`rg`on tumanlararo iqtisodiy sudi
“Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning direktorining 2018-yil 10-maydagi qarorini
ushbu jamiyatning boshqa ta`sischining arizasiga ko`ra haqiqiy emas deb topishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |