Katta yettilik davlatlari xo’jaligi


Rossiya bilan munosabatlar



Download 18,53 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2022
Hajmi18,53 Kb.
#577564
1   2
Bog'liq
KATTA YETTILIK DAVLATLARI XO’JALIGI

Rossiya bilan munosabatlar
Rossiyaga qarshi reja haqida birdanida bir nechta mamlakat vakillari so‘z ochishdi. Masalan, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi Rossiya bilan munosabatlarda «birdamlik yondashuvi»ni taklif qildi. Uchrashuvda Britaniya vakili Rossiya hamda Ukraina chegarasidagi holat haqida hisobot berdi. Bu ma'lumotlardan keyin yaponiyalik diplomat ayni mavzuda umumiy yo‘nalishni belgilab olishni taklif qildi. O‘z navbatida Fransiya va AQSh vakillari ham Rossiyaning mintaqadagi agressiv harakatini diqqat bilan kuzatishayotganini ma'lum qilishdi.
«Biz Rossiya argessiyasi qarshisida turgan Ukraina bilan birgamiz. Biroq [Rossiyada] korrupsiya va islohotlarga to‘siq bo‘layotgan boshqa ichki muammolar ham borligini unutmaslik kerak», degan Blinken.
G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida koronavirusga qarshi kurashish ham alohida muhokama qilingan. «Katta boylar» kambag‘al davlatlarga vaksina ko‘rinishida yordam berishga kelishib olishdi. Covax dasturi ham yana muhokama qilindi. Bu dastur doirasida Afrika, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari allaqachon bepul vaksina olishni boshlagan. Biroq ushbu dasturni amalga oshirishda vaksina dozalarining yetishmayotgani qiyinchilik tug‘dirmoqda. Chunki ishlab chiqarilayotgan vaksinaning aksar qismini oldindan pul to‘lab qo‘ygan boy davlatlar olmoqda. Masalan, AQShda bir necha yuz ming doza AstraZeneca vaksinasi bor va Bayden bu vaksinalarni Meksika yoki yaqin atrofdagi boshqa davlatlarga yordam ko‘rinishida berishni va'da qilgan. Biroq bu juda kam hisoblanadi.
G7 mamlakatlari eng kam korporativ soliq bo‘yicha har bir davlat uchun kamida 15 foizlik global korporativ soliqni joriy etish majburiyatini zimmasiga olishi ta'kidlanar ekan, G20 davlatlari moliya vazirlari hamda markaziy banklari rahbarlarining iyul oyidagi uchrashuvida ikki yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirilgan.
Dunyoning eng boy 7 davlati, shuningdek, soliq huquqlarini adolatli taqsimlash majburiyatini zimmalariga olishgan. Bunda bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlar yirik va ko‘p daromad qiluvchi transmilliy korporatsiyalar uchun 10 foizlik marjadan oshuvchi daromadga kamida 20 foiz soliq solish huquqini namoyon etadi.
G7 mamlakatlari iqlim o‘zgarishlari borasida ham o‘ziga xos kelishuvga erishgan. Xususan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy ma'lumotlar majburiy oshkor etilishiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlagan.
Yirik davlatlar makroiqtisodiy oqibatlarni ko‘rib chiqish va uglevodorod mahsulotlari narxini belgilashda siyosiy bosim imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar qabul qilishda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar hamda bioxilma-xillikni yo‘qotishga doir xavotirlarni inobatga olish majburiyatini ham olishmoqda.
Bundan tashqari, dunyoning eng boy 7 davlati global iqtisodiyotni tiklash uchun zarurat bo‘lguncha siyosiy dastak berishni hamda yuqori sifatli ish o‘rinlari tashkil etish va iqlim o‘zgarishi hamda notenglik muammolarini hal etishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ushbu davlatlar iqtisodiyotlari ochila boshlar ekan, ular inqirozning noteng ta'sirini cheklashga doir qarorlar qabul qilishni davom ettiradi. Bunda eng zarur bo‘lgan soha qo‘llab-quvvatlanadi. Tiklanish qat'iy iziga tushib olgach, kelgusi inqirozlarga samarali qarshi tura olish va uzoq muddatli tuzilmaviy muammolarni hal etish uchun davlat moliya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash choralari ko‘riladi.
Kanada dunyoning eng rivojlangan yetti davlati ishtirokidagi “Katta yettilik”ka (G7) raislik qiladi.
“Katta yettilik”ka raislik maqomi 1 yanvar kunidan e’tiboran Italiyadan Kanadaning qo’liga o’tdi.
Kanada Yevropa Ittifoqi ham o’rin olgan katta yettilikka raislik maqomini bir yil mobaynida boshqarib boradi.
Katta yettilikka rais sifatida Kanada shu yilning 8-9 iyun kunlari 44-Katta yettilik liderlar sammitiga mezbonlik qiladi.
Mazkur sammit 8-9 iyun kunlari mobaynida Kvebek-Siti shahridan 150 kilometr shimoli-sharqda joylashgan La Malbe shahrida o'tkaziladi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo navbatdagi sammitda gender tenglik, ayollarning jamiyatda tutgan o’rnini kuchaytirish, iqlim o'zgarishlari, toza energiya va xavfsizlik masalalari asosiy mavzular bo'lishini ma’lum qildi.
“Katta yettilikka a’zo davlatlar sifatida barcha fuqarolarimizning global iqtisodiyotdan unumli foydalanishi, farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun yana ham sog’lom, osuda va xavfsiz dunyoni barpo etish oldidagi mas’uliyatimizni his qilamiz”,-dedi Jastin Tryudo.
Eslatma: “Katta yettilik” siyosiy jamiyati 1975 yilning 15-17 noyabr kunlarida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiya o'rtasida tuzilgan bo’lib, keyinchalik Kanadaning qo'shilishi bilan G7 ya’ni “katta yettilik” nomini olgan.
1997 yili Rossiya jamiyatga qo'shilishi bilan G8 paydo bo'lgan, ammo Rossiya 2014 yilda Qrimni bosib olishidan keyin a’zolikdan chiqarilgan.
Uch kunlik uchrashuvda davlat rahbarlari iqtisodiyotni tiklash, geosiyosiy muammolar, savdo va taraqqiyot vazifalarini muhokama qiladilar. Bundan tashqari, uchrashuvlarning aksariyati yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi.
“Yettilik” davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya)dan tashqari sammitda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen hamda Avstraliya, Hindiston, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi rahbarlari va Jahon savdo tashkilotining yangi bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala ishtirok etadi.
Sammit AQSH Prezidenti Jo Baydenning birinchi xorijiy safariga to‘g‘ri kelgani va bu uning Oq uy rahbari sifatidagi birinchi yirik xalqaro tadbiri ekani bilan ham ahamiyatli. Bayden Yevropaga jo‘nab ketishidan oldin jurnalistlarga G7 va NATO sammitlarida ishtirok etishi Rossiya hamda Xitoyga G‘arbning birligi haqida signal berishini ta’kidladi.
Sammit davomida muhokama qilinadigan asosiy mavzu 2014 yil mart oyida Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgach, “Katta sakkizlik” (G 8) tarkibidan chiqarilgan Rossiya bo‘ladi. DPA agentligi Berlindagi hukumat doiralaridagi manbalariga asoslanib, G7 sammitida yetakchilar Rossiya hukumati tomonidan dunyo tartibi normalarining buzilishini muhokama qilishini ma’lum qildi
Bayden o‘zining ilk xorijiy safaridan nimalar ko‘zlayotgani haqida ma’lumot berib, Rossiya va Xitoyga Yevropa bilan munosbatlari juda yaxshi ekanini ko‘rsatish hamda o‘zaro ittifoqni mustahmkalash niyatidaligini ta’kidladi.
“Maqsad [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin va Xitoyga Yevropa hamda Qo‘shma Shtatlar juda yaqin ekanligini aniq tushuntiring va “Yettilik” guruhi harakat qilishdan to‘xtamasligini ko‘rsatish”, degan Bayden.
Baydenning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin (16 iyun) va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an (14 iyun) bilan uchrashuvi AQSH rahbarining Yevropa bo‘ylab turnesining asosiy nuqtasi bo‘ladi.
G7 sammiti kun tartibiga, shuningdek, Xitoy, Eron muammolari, iqtisodiyotni tiklash, koronavirus pandemiyasi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va mamlakatlarga vaksinalar yetkazib berish kiradi. Sammit 13 iyunga qadar davom etadi.
“Katta yettilik” – G7 qanday tuzilma
“Katta yettilik” Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSHni birlashtiruvchi norasmiy xalqaro klub.
Ushbu davlatlar rahbarlarining norasmiy forumi ham (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) shu nomga ega bo‘lib, sammit doirasida dolzarb xalqaro muammolarga yondashuvlar kelishib olinadi. Yozilmagan qoida bo‘yicha guruh sammitlari an’anaviy tarzda har yili har bir a’zo davlatda navbat bilan o‘tkaziladi.
G7 xalqaro tashkilot emas, u xalqaro shartnomaga asoslanmagan, uning nizomi va kotibiyati yo‘q. G7 qarorlari majburiy emas. G7 ustaviga ega bo‘lmaganligi sababli, ushbu muassasa a’zosi maqomini rasman qabul qilish mumkin emas.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar rahbarlarining uchrashuvlarini o‘tkazish g‘oyasi 1970-yillarning boshida paydo bo‘lgan. Bunga iqtisodiy inqiroz hamda AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyaning iqtisodiy va moliyaviy masalalarda o‘zaro kelisha olmay qolgani sabab bo‘lgan.
Birinchi sammit Fransiyaning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Valeri Jiskar d’Esten tashabbusi bilan 1975 yil 15-17 noyabr kunlari Rambuye saroyida o‘tkazilgan. Unda Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Yaponiya davlat rahbarlari va bosh vazirlari to‘plangan.
1976 yilda "oltilik" Kanada qo‘shilgach, "yettilik"ka aylangan. 1991 – 2002 yillarda bosqichma bosqich Rossiya ishtirokida "sakkizlik"ka aylangan. 2014 yilda esa Rossiya Ukrainaga tegishli bo‘lgan Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgach, "Katta sakkizlik"dan chiqarib yuborildi.
Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish