Imperayaning e’lon qilinishi. Frank qiroli qo’l ostidagi yerlarningjuda kengayib ketishi, tabiiy, Krl Buyukni va uni maslahatchilarini unvonini o’zgartirish to’g’risida o’ylashga mafbur qildi. 800 yilda Karl Rimda bo’lgan vaqtida papa unga “rimliklar imperatori” tojini kiydirdi, “Rimliklar imperatori” degan ta’rifning qiziq joyi shundaki, bu ta’rif Rim traditsiyasining IX asrda ham odamlarga juda katta ta;sir o’tkazganligini ko’rsatadi. Karl franklar imperatori deb emas, balki Rimliklar imperatori deb e’lon qilindi, vaholanki, bu vaqtda endi rimliklar degan xalq yo’q edi. Bir oz vaqtdan keyin Sharqiy rim-Vizantiya imperatori ham Karlning “bazilevsa” unvonini tanolishga majbur bo’lidi, udastlabki vaqtlarda bunga qattiq qarshilik qilib kelgan edi. Karlning zamondishi Bag’dod xalifasi Xorun ar Rashid ham Karlni imeprator deb tanidi va bular bir-birlariga elchilar yuborishdi.
Buyuk Karl davrida idora qilish. Juda katta bir davlatni idora qilish ishi Karldan ma’muriy apparatni qayta tuzishni talab qildi. U amaldorlar orqali, imperatorning maxsus farmonlarini chiqarish, mahalliy hokimiyatni bir qadar sistemarik nazorat qilib turish yo’li bilan idora etuvchi markazlashgan davlat tuzishga harakat qildi. Karl Buyukning idora qilish markazi qirol saroyi- palatsiy edi. Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi shu palatsida markazlashtirilgan bo’lib, bular: palata garfi, arxikantsler, kamerariy, konnetabl va boshqalardan iborat edi.
Imperiyada Karlning o’zi ta’yinlaydigan episkoplar ham sud va ma’muriy ishlarda katta rol o’ynar edilar. Mahalliy ma’murlarni tekshirish uchun markazdan o’qtin- o’qtin qirol revizorlari deb atalmish tekshiruvshilar yuborib turardi, ular odatda ikki kishi bo’lib yurib , grafliklardagi ahvolni tekshirar hamda aholining graf , episkop va boshqa amaldorlar ustidan beradigan shikoyatlarini qabul qilardi. Imperatorning farmonlari yozma ravishda tuzilib, kapitulyariya deb atalardi. Karl buyukning 250 ga yaqin farmoni bizgasha yerib kelgan.
Karl Buyuk davrida franklarning feodallashuv jarayoni. Karl Buyuk va uning vorislari davrida feodallashuv jarayoning juda tezlashib kerayotganligi imperiyaning parchalanib kerishida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq Karl imperiyasi “qabila va xalqlarning quramasidan iborat ” bo’lishi bilan bir vaqtda, feodallashayotgan jamiyat ham edi. Mirovinglar davrida bo’lgan hodisa, ya’ni katta yer egaligining o’sishi, uning mayda erkin dehqon xo’jaligining yutushi Karolinglar davrida davom etdi va zo’r berib avj oldi. Prekar munosabatlarining rivoj olishi , patronat-kommendatsiyalarning keng yoyilishi, erkinlarning qaramlikka tushish hollarining ko’payayotganligi-bularning hammasi Karl Buyuk podsholigi davrida odat tusiga kirganligi imperator qonunida o’zining yorqin ifodasini topdi. Karl magnatlar va boshqa “nufuzli odamlar” tomonidan dehqon yelarining tortib olinishini cheklashga ancha urundi, biroq yerdor zadogonlar uning farmoyishlariga qarshilik ko’rsatganliklari uchun bu farmoyishlar amalda bajarilmay qolar edi.
Feodallashuv imperiyani siyosiy tarqoqlikka va pirovardida, siyosiy jihatdan mayda qismlarga bo’linib ketishiga olib keldi. O’zinign harbiy qudratiga va eng katta istilochilik shuhratiga qaramay, Karl Buyukning o’zi ham yedot zadogonlarga qaram edi. Bu narsa hammadan burun magnatlar s’ezdlari ahamiyatining ortishida ko’rindi.
Qirol sudlari faoliyatining kuchayishi bilan bir qatorda Karl Buyuk immunitet degan narsani ham keng sur’atda jotiy qilishga majbur bo’ldi, immunitetlat berilgan mahalliy yer egalari o’z xududlarida qirol amaldorlari, sudyalari va shunga o’xshash kishilarning tekshirish uchun kirishidan holi edilar. Bundan tashqari, mahalliy yer egalariga yana shunday immunitet yorliqlari ham berildiki, bu yorliqlarga muvofiq ular o’zlariga qaram bo’lgan aholigina emas, hatto erkin aholini ham sud qilish va undan o’z foydalariga hukumat soliqlari va majbutiyalari undirish huququni oldilar. Immunitetlar magnat- yer egalarining erkin aholi orasidan ojizlarni topib olib o’z asoratlariga tushutishlariga juda katta yordam berdi. Karl davrida harbiy benefitsilar sistemasi ham avj oldi. Erkin dehqonlarning zaiflashuvi va tushkunlikka uchrashi orqasida dehqonlar harbiy xizmatni o’tashga tobora kamroq chaqirildi. Lekin benefitsilarning ham faqat bir qismi imperatorga qaram edi. Ularning ko’pchiligi katta yer egalari - magnatlarga qaramedi, bu magnatlar kurashga odatda “o’z sodiq kishilari”dan butun-butun otryadlar olib kelardilar. Shunday qilib, Karl Buyuk qo’shini haqiqatda uning o’ziniki bo’lmay, balki tobora aniqroq tashkil topayotgan katta feodallar qo’shini edi, bu feodallarning juda ko’p pomestilari bo’lib, ukar mahallalarda juda keng siyosiy huquqlarga ega edilar va ularning qaramog’da juda ko’p mayda ritsarlar bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |