. O`z imkoniyatlari va Yoshi bilan bog`liq jismoniy rivojlanish meyyorlariga mos ravishta jismoniy faollik ko`rsatadi;
. Turli harakatchanlik faoliyatni uyg`un ravishta va maqsadli bajarishni biladi;
. Turli hayotiy va o`quv vaziyatlarda mayda matorika qo`llanmalardan foydalanadi;
. O`z xarakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
. SHaxsiy gigeniya malakalarni qo`llaydi;
. Sog`lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
. Xavsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qila olishi etirof etilgan.
SHunga ko`ra katta maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatini diagnostika qilish vositalaridan amalda to`g`ri foydalanish muxum pedagogic axamiyat kasb etadi.
Tashkilotimiz davomida biz, maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy komponentetlarini taxlil qilib chiqdik. Bu murakkab pedagogic jarayon bo`lib, uni amalga oshirishda didaktika, tarbiya nazariyasi, ta`lim menejmentida ilg`or surilgan inavatsion, g`oylarga tayangan holda ish ko`rish talab etiladi.
Ushbu jarayonda oila, ta`lim muasasalari ham faol ishtirok etilishi ta`lab qilinadi. Bu albatta birichi navbatta ta`lim jarayonidagi obektlar indivudalligini hisobga olgan holda, tarbiyaviy ish mazmuni shakil va metodlari, vositalarni tanlab olishni taqazo etadi. Shu bois “Ilk qadam” o`quv dasturida qayd etib o`tilgan “jismoniy tarbiya” hamda “Gimnastika” bo`limlari mazmunan boyitish tetiklashtiruvchi gimnastika, havo va suv molajalari, ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlarini 3 dan 7 yoshgacha bo`lan bolalarning rivojlanish xaritasiga qayd etib borish muxum.
Adabiyotlar taxlili shuni ko`rsatadiki, sog`lom avlod deganda biz ham jismonan, ham ruxiy jihatdan tetik, bardam har ishga qodir madniyatli insonni tushunamiz. Aytish o`rinliki, insoning kuch va qobilyatlarini taxlil etganda u uchga bo`linadi: jismoniy, aqliy, axloqiy. SHunga ko`ra insoning bu kuch qobilyatlarining taraqqiysi yuksalishlarini taminlaydigan tarbiya ham uch qisimga ya`ni: badan tarbiyasi, axloq tarbiyasi, aql tarbiyasi.
Tajriba va kuztishlarimizga asoslanib aytishimiz mumkunki, kompetentlari bir biriga uzviy bog`liq, zanjirsimon tarzda biri ikkinchisini to`ldirib turadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish jarayonida quydagi asosiy vazifalar hal etiladi:
Sog`liqni mustaxkamlash tana azolarini chiniqtirish
Jismoniy jihatdan to`g`ri rivojlantirish.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini taminlash, jajji bolajonlarni qaddi qomatini to`g`ri mutonasib shakillantirish, suyak bo`g`inlari va muskullarini uyg`unlashgan tarzda rivojlantirish uchun katta va maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatni diagnostika qilish vositalarini tog`ri tanlash va ta`lim jarayonida foydalanish tarbiyachilardan kreativ ijodiy faollikni talab qiladi.
Pedagogik adabiyotlar taxlilidan bilamizki, jismoniy tarbiya vositalari uch turga bo`linadi: 1) gigeniya omillari, 2) tabiatdagi sog`lomlashtiruvchi kuchlar, 3) jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo`naltirilgan jismoniy mashqlar.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko`p jismoniy mashqlar qo`llaniladi. Tabiatning shog`lomlashtiruvchi kuchlari quyosh, havo, suv tasiri mustaqil shug`ullanish uchun muhum vosita hisoblanadi.
Gimnastika (ertalabki badantarbiya)- Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muhum vosita hisoblanadi. Badantarbiya: gigenik gimnastika va akrabatika, va badiy gimnastikaga bo`linadi. Gimnastikaning yordamchi turlari (davolash gimnastika va mashg`ulot boshlanishidan oldingi gimnastika).
Asosiy gimnastika saflanishlar, barcha muskullarni o`stiradigan mashqlar: yurush, yugurish, muozanat saqlash, tirmashib chiqish va oshib o`tish kabilardan iborat.
Tajribalarimizga tayanib aytishimiz mumkunki, odatda o`yinlar harakatlarning erkinligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asossiy faoliyat turi o`yin bo`lganligini inobatga olgan holda gimnastika mashqlarini mustaxkamlash hamda takomillashtirish maqsadida harakatli o`yinlarda foydalanish maqsadga muofiqdir. SHundan kelib chiqib aytishimiz mumkunki gimnastika mashqalrini bajarish jarayonida faqat sog`lomlashtirish vazifasini emas, balki ilm berish vazifasi ham hal qilinadi.
Bolalar o`z harakatlarini ongli ravishta boshqarish o`z tana azolarini boshqarishga odatlanishlari kerak.
Maktabgacha va katta maktabgacha yoshdagi bolalar kun tartibini harakatli o`yinlarsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Bu yoshdagi bolalar hayotida harakatli o`yinlar ularning jismoniy chiniqib borishiga va aqliy rivojlanishiga tasir ko`rsatuvchi muhum omil hisoblanadi.
Kuzatishlarimizga tayanib aytishimiz mumkunki bu yoshdagi bolalar o`yinlarida qaxramonlar qatnashgan obarazli yo`nalishlar tashkil etadi. Bolalar har xil obrazlarga taqlid qilingan o`yinlarni o`ynab borish jarayonida o`zlarini boshqarish qobilyati, faol harakat qilish ko`nikma va malakalari shakillana boradi. Taqlidli o`yinlarning muhumligi shundaki, ularda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun juda muhum sharoit yaratiladi. Obrazlarga taqlid qilib o`ynaladigan o`yinlar davomida bolalar o`sha o`yinlarga taqlid qilib maxliyo bo`lib charchoqni unutishadi, bazi bir murakkab bo`lgan vazifalarni ham bajarib yuborishadi. Natijada ularda jamoa bo`linb harakat qilish, chidamlilik, sabr qanoat kabi sifatlar shakillana boradi.
Harakatli o`yinlarni bolalar yosh xususiyatlari, jismoniy tayyorgarligi, fiziologik xususiyatlarni inobatga olgan holda o`tkazish jarayonida tarbiyachidan katta masuliyat talab etiladi.
O`yin qoidasini va tartibini bolalarga to`g`ri tushuntirib borish, ularda har xil harakat yoki obraz to`g`risida to`la tasavvur hosil qila olish o`yinni uyushqoqlik bilan o`tkazishni taminlaydi.
Quyda biz maktabgacha ta`lim tashkiltlarida bolalarning yosh xuxusiyatlarni inobatga olgan holda tashkil etishimiz mumkun bo`lgan harakatli o`yinlardan namunalar kelatiramiz.
“Qo`ng`izlar uchdi” o`yini. Tarbiyachi qo`ng`izlar uchdi deb qo`ng`iroq chalganda bolalar maydoncha ichida har xil yo`nalishda yuguradilar. Tarbiyachi qo`ng`izlar yiqilib tushdi deb signal berganda bolalar orqa bilan chalqancha yotadilar va qo`l oyoqari bilan pitir pitir erkin harakat qiladilar. “Qushlar parvozi” o`yini. Qushlar (bolalar) qanotlarini yozib butun maydoncha bo`ylab uchib yuradilar. “Bo`ron boshlandi” deya signal berishi bilan ular daraxtlarga chiqib yashirinadilar, (yani badantarbiya devorchasiga tirmashib chiqadilar). Tarbiyachi bo`ron tinchidi deyishi bilan bolalar badan tarbiya devorchasidan yana pog`onama pog`ona tusha boshlashadi va parvozda davom etadilar.
Ko`rsatmalar: Agar badan tarbiya devorchasi bo`lmaganda o`tirgichlar, yashiklar, va boshqa buyumlardan foydalansa bo`ladi.
“Qala himoyasi” o`yini. Bolalar uch to`rt aylanaga saflanadilar. Har bir bolaning orasida masofa 1 metr. Ularning oyoqlari orasida chiziq chiziladi. Aylanalar markaziga chiziqchalar o`rnatiladi. O`yinchilardan biri himoya qilish uchun chiziq atrofiga borib turadi. Unga valeybol yoki baskedbol to`pidan foydalanadi. O`yin tarbiyachi qo`ng`irog`I bilan boshlanadi. Bolalar to`plarni bir birlariga oshirib turib payt poylab, to`pni qalaga tekkizishga harkat qiladi. Himoyachi esa qo`l oyoq va gavdasi bilan qalani himoya qiladi, to`pni tekkizgan o`yinchi himoyachi bilan o`rin almashadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatni diagnostika qilish omillaridan biri xalq o`yinlari hisoblanadi. Qadim zamonlarda milliy sport va harakatli o`yin, ko`ngil ochishlardan ota bobolarmiz bayramlarda sayillara keng foydalanishgan. Milliy jismoniy mashqalar sport va harakatli o`yinllarning xilma xilligi ularni o`quv tarbiya jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida qo`llash imkoniyatni beradi.
Quyda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida qo`llash mumkun bo`lgan milliy sport va harakatli o`yinlardan namuna keltiramiz. “Kes kes” o`yini. Ishtirokchilar ikki guruhga bo`linadilar. Birinchi guruh oldinda ikkinchi guruh orqada turadi. Tarbiyachining belgisi bilan birinchi guruh qochadi, ikkinchi guruh quvlaydi. O`yin ishtirokchilari ikki qatorga tizilib turadilar birinchi qatordagi o`yincholar qo`lidagi soqqa yoki toshni uzoqqa uloqtiradilar. Ikkinchi qatordagi o`yinchilar esa qo`lidagi to`p bilan uni urushga harakat qiladilar. Agar o`yinchi tekkiza olmasa, bosha guruh o`yinchisi tashlashiga ruxsat beradi. Agar o`yinchi soqqani tekkizsa bir achko oladi. Navbat ikkinchi guruh ishtirokchisiga berilib, unga soqqani uloqtirishga ruxsat beriladi. O`yinda kamroq xatoga yo`l qo`yib koproq achko toplagan guruh g`olib sanaladi. Soqqa sifatida to`p yoki toshdan foydalanish mumkun.
Bundan tashqari “Qirq tosh”, “Durra soldi”, “Tepish”, “Jama”, “Jigar Jigar”, o`yinlari maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarning jismoniy chiniqishlariga muhum vosita bo`lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, “uzoq muddatli”, aqliy mashg`ulotlardan so`ng gimnastika va jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bilan shug`ullanish maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq atvor madaniyati ko`nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabgcha ta`lim tashkilotlarida faoliyat yurutayotgan tarbiyachilarning asosiy vazifalaridan biri bolaning jismoniy rivojlanishlari uchun shart sharoit yaratib berishlaridan iborat. Gimnastika va jismoniy tarbiya mashqlari tartibli va yo`li bilan olib borilsa, fikirni uyg`unlashtiradi, qon yurushiga yordam beradi, xazimni yaxshilaydi, asabni quvvatlantiradi,zexinni ochadi.
Shu nuqtaiy nazardan aytganda katta maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatini diagnostika qilish muhum pedagogic ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |