Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, “Sutka qismlari” deb nomlangan doirani 4 ta qismini sutka qismlariga mos ranglarga bo’yang.
Ertalab Kunduzi
Tun Kechqurun
Bolalar ishni tugatganlaridan so’ng, tarbiyachi ulardan o’z rasmlarini ko’rsatib sutka qismlaridan qaysini qanday rangga bo’yaganligini aytib berishni so’raydi.
Tetiklashtiruvchi mashq
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan “Sutka” o’yinini o’ynaymiz. Men “Kun” desam turasiz, “Tun” desam o’tirib ko’zlaringizni yumasiz, “Ertalab” desam turib, yuvinish harakatini bajarasiz, “Kechqurun” desam raqsga tushasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |