Katta gruppa.
1.X0=-7 m boshlang‘ich koordinatadan X o‘qi bo‘yicha6 m/s tezlikda tekis harakat boshlagan jism qanchavaqtdan keyin x=5 m koordinataga yetib boradi.
A) 3. B) 1/3. C) 4. D) 2.
2. Quyon janub tomonga 3,9 m/s tezlikda yugurmoqda. Uning tepasida uchayotgan burgutga quyon sharqqa qarab 5,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgandek
ko‘rindi. Burgutning yerga nisbatan tezligi qanday
(m/s)?
A) 6,5. B) 4,59. C) 9,1. D) 1,3.
3. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshgan
jism 5 s ichida 36 km/h tezlikka erishdi. Jismning
uchinchi sekundda bosib o‘tgan yo‘lini toping (m).
A) 6. B) 5. C) 4. D) 9.
4. Qanday balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz tashlangan jism harakatining ohirgi sekundida 45 m masofani o‘tadi (m)?
A) 75. B) 90. C) 125. D) 100.
5. Jism tik yuqoriga 60 m/s boshlang‘ich tezlik bilan
otildi. Jismning t1=2 s va t2=8 s vaqt oralig‘idagi ko‘chish modulini toping (m).
A) 30. B) 45. C) 15. D) 60.
6. Biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning boshlang‘ich tezligi ikki marta orttirilsa, uning uchish uzoqligi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi. B) o‘zgarmaydi.
C) 2 marta kamayadi. D) 2 marta ortadi.
7. Disk o‘z o‘qi atrofida tekis aylanmoqda. Agar u 7
s vaqt mobaynida 2π/3 radianga burilayotgan bo‘lsa,
uning aylanish davrini toping (s).
A) 21. B) 42. C) 7. D) 8.
8. Avtobus 60 km masofani 50 km/h tezlikda bosib
o‘tib biror bekatda to‘xtadi. Bekatda 30 min turgach, harakatini davom ettirib yana 40 km masofani
50 km/h tezlikda bosib o‘tdi. Avtobusning butun
yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping (km/h).
A) 40. B) 50. C) 20. D) 25.
9. Vaznsiz blok orqali cho‘zilmaydigan ip o‘tkazilib uningikki uchiga yuklar mahkamlangan. Agar yuklardan biri bir joyda qo‘zg‘almas qilib ushlanib turilib, bloko‘qi yuqoriga 4 m/s tezlikda ko‘tarilsa, ikkinchi yukqanday tezlikda harakatlanadi (m/s)?
A) 2. B) 8. C) 6. D) 4.
10. Haydovchi yo'lni teng uchga bo'lib, birinchi
qismini v tezlik bilan, ikkinchi qismini 2v tezlik bilan
va uchinchi qismini 3u tezlik bilan o'tdi. Butun yo'ldagi
o'rtacha tezlik qanday
A) 2v. B) 13v/6. C) 18v/11. D) 1,8v.
11. Relis ustida 0,4 m/s tezlik bilan gorizontal harakatlanayotgan kran yukni 0,3 m/s tezlik bilan vertical yuqoriga ko'tarmoqda. Yer bilan bog'langan sanoq tizimida yukning tezligi qanday.
A). 0,7 B). 0,1 C) 0,5 D) 0,35
12. Piyodaning tezligi 3,6 km/h. Undan yarim soat
keyin yo'lga chiqqan velosipedchi piyodani chorak
soatdan so'ng quvib yetishi uchun necha m/s tezlik
bilan harakatlanishi kerak?
A) 7. B) 1. C) 3. D) 2.
13. Gorizontal tekislikda 1 m radiusli g‘ildirak dumalab ketmoqda. Agar g‘ildirak yuqori nuqtasining yerga nisbatan tezligi 2 m/s ga teng bo‘lsa, u holda g‘ildirak pastki nuqtasining yerga nisbatan tezlanishini toping.
A) 0. B) 1. C) 2. D) 4.
14. Koptok 10 m/s tezlik bilan gorizontga 30° qiyalatib otildi. U qanday (m) balandlikkacha ko'tariladi?
A) 1,25. В) 2,5. С) 5. D) 10.
15. 80 m balandlikdan 15 m/s tezlik bilan gorizon
tal otiigan jismning uchish uzoqligini toping (m).
80. B) 40. C) 45. D) 60.
16. Jism aylana bo'ylab w=2+2t tenglama bilan
ifodalanadigan burchak tezlik bilan harakat qilmoqda. (w-burchak tezlik).
U 10 s da necha marta aylanadi?
62. B) 52. C) 42. D) 19,1
17. Moddiy nuqta XOY koordinatalar tekisligida x = 1 +t va y = 2 + 2t tenglamalarga ko‘ra to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta uchun y = y(x) trayektoriya tenglamasini tuzing.
A) y = 2x. B) y = 2x +1. C) y = 2x +2. D) y = x +1
18. Jism x = −5+2t + t2 (m) qonuniyat bo‘yicha harakatlanmoqda. Jismning 3 s da bosib o‘tgan yo‘lini toping (m).
A) 10. B) 20. C) 5. D) 15.
19. Metall tanga (1), yog‘och sharcha (2) va qush pati (3) havoda bir xil balandlikdan bir vaqtda tashlab yuborildi. Ushbu jismlardan qaysi biri yerga oldin tushadi?
A) hammasi bir vaqtda tushadi. B) 1. C) 2. D) 3.
20. Jism gorizontga 150 burchak ostida 10 m/s boshlang‘ich tezlikda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang (m).
A) 10. B) 2,5. C) 5. D) 8.
21. 5 m radiusli aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning yarim davrdagi ko‘chishini toping (m).
A) 5π. B) 5. C) 2,5. D) 10.
22. Jism aylana bo‘ylab 10 rad/s burchak tezlikda tekis
aylanmoqda. Jismning 4π sekunddagi aylanishlar
sonini toping.
A) 20. B) 2. C) 5. D) 10.
23. Sig‘imi 5 l bo‘lgan idishga qancha kerosin sig‘adi (kg)? ρ=800 kg/m3 .
A) 5. B) 10. C) 4. D) 2.
24. Jism radiusi 3 m bo'lgan aylana bo'ylab 12 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Uning aylanish chastotasi qanday (Hz)?
A) 0,5. B) 2/π. C) 2. D) π2
25. Tezligi 5m/s bo’lgan jismning kinetic energiyasi 50 J bo’lsa, jismning impulsini toping.
A) 20 B) 50 C) 10 D) 100
26. Ikkita avtomobil bir punktdan bir yo'nalishda
yo'lga chiqdi. Birinchi avtomobil 9 m /s tezlik bilan tekis harakat qiladi. Ikkinchisi birinchisidan 10 s keyin yo'lga chiqib, 2 m /s2 tezlanish bilan harakat boshlagan bo'lsa, u necha sekunddan so'ng birinchisini quvib yetadi?
A) 10. B) 15. C) 20. D) 50.
27. Jism 10 m/s tezlik bilan 80 m balandlikdan vertikal pastga otildi. Yerga 20 m qolganida jismning
tezligi (m/s) qanday bo`lgan.
A) 48 B) 36 C) 120 D) 15
28. Massasi 2kg bo’lgan jism yuqoriga vertikal 30m/s tezlik bilan otildi. Ikki sekuntdan keyin jismning kinetic energiyasini toping.
A) 100 B) 60 C) 50 D) 120
29. Massasi 4 kg bo’lgan jismning kinetic energiyasi 200 J. Bu jismning tezligini toping. (m/s)
A) 5 B) 10 C) 20 D) 30
30. Kater daryoning bir qirg'og'idan ikkinchisiga
tomon oqimga perpendikular ravishda suvga nisbatan
5 m/s tezlik bilan suzmoqda. Agar daryoning kengligi
1000 m, oqim tezligi 2 m/s bo'lsa, kater suzib o'tguncha,oqim uni necha metrga surib ketadi
A) 2500 B) 200 C) 400 D) 500
Kichkina gruppa.
1.Kuch deb nimaga aytiladi.
A) Yuza birligiga tik ravishda qo’yilgan kuchga. B) Jismlarning o’zaro tasiri tufayli tezligi yoki shaklining o’zgarishiga. C) kuch ta’sirida jismni biror masofaga ko’chirishga. D) Jismlarning ish bajara olish qobilyatiga.
2. Massasi 24 kg bo’lgan jismning og’irlik kuchi qancha (N)
A) 2,4 B) 24 C) 240 D) 2400
3. Bosim deb nimaga aytiladi.
A) Yuza birligiga tik ravishda qo’yilgan kuchga. B) Jismlarning o’zaro tasiri tufayli tezligi yoki shaklining o’zgarishiga. C) kuch ta’sirida jismni biror masofaga ko’chirishga. D) Jismlarning ish bajara olish qobilyatiga.
4. 20N kuch 5 sm2 yuzaga tik ravishda ta’sir qilayapti. Bunda bosimni toping. (kPa)
A) 4 B) 40 C) 400 D) 0.4
5. Hajmi 2m3, zichligi 4g/sm3 bo’lgan jismning asos yuzasi 50sm2. Bu jism asosiga berilgan bosimni toping.(kPa).
A) 16 B) 1,6 C) 160 D) 16000
6. Zichligi 1,2g/sm3, balandligi 3m bo’lgan suyuqlik ustinining bosimini toping. (kPa)
A) 3,6 B) 7200 C) 18 D) 36
7. Tutash idishlarda zichliklari mos ravishda 2,4 g/sm3 va9,6g/sm3 bo’lgan suyuqliklar quyilgan. Birinchi suyuqlik ustini balandligi 44sm bo’lsa, ikkinchi suyuqlik ustini balandligi qancha bo’ladi. (sm)
A) 176 B) 25 C) 11 D) 166
8. Paskal qonunini ko’rsating.
A) Yuza birligiga tik ravishda qo’yilgan kuchga. B) Jismlarning o’zaro tasiri tufayli tezligi yoki shaklining o’zgarishiga. C) kuch ta’sirida jismni biror masofaga ko’chirishga. D) Yopiq idishdagi suyuqlik yoki gazga tashqi kuchlar tomondan berilgan bosim barcha yo’nalishga bir xil uzatiladi.
9. Gidravlik pres porshenlarining yuzalari mos ravishda 20sm2, va500sm2 ga teng. Birinchi porshenni 300N kuch bilan bosib, ikkinchisida qancha yukni ko’tarish mumkin. (kg).
A) 75 B) 7500 C) 75000 D) 750
10. Narmal atmosfera bosimi qancha. (mm.sim.ust.)
A) 760. B) 133,3 C) 12 D) 9,8
11. Ish deb nimaga aytiladi.
A) Yuza birligiga tik ravishda qo’yilgan kuchga. B) Jismlarning o’zaro tasiri tufayli tezligi yoki shaklining o’zgarishiga. C) kuch ta’sirida jismni biror masofaga ko’chirishga. D) Jismlarning ish bajara olish qobilyatiga.
12. Massasi 20 kg bo’lgan jismni 300 N kuch ta’sirida 20sm masofaga ko’chirdik. Qancha ish bajardik.(J)
A) 6000 B) 12000 C) 60 D) 600
13. Atmosfera bosimi har 12m ko’tarilganida necha Pa ga kamayadi.
A) 133,3 B) 12 C) 760 D) TJY
14. Atmosfera bosimini o’lchovchi asbob nima.
A) Manometr B) dinamometr C) Spidometr D) Barometr
15. Massasi 20 kg, tezligi 36km/soat bo’lgan jismning kinetic energiyasini toping. (kJ)
A) 12,9 B) 360 C) 3,6 D) 1
16. Massasi 450 g, bo’lgan jism 10m balantlikda. Jismning potensial energiyasini toping. (J)
A)4,5 B) 45 C) 45000 D) 450
17. 15 minutda 9kJ ish bajargan mexanizmning quvvatini toping. (Vt)
A) 10 B) 135 C) 1000 D) 360
18. Kuch momenti 55Nm , kuch yelkasi 5 sm bo’lsa, ta’sir qilayotgan kuchni toping. (N)
A) 1100 B) 11 C) 275 D) 225
19. 500m balandlikda 720km/soat tezlik bilan uchayotgan jismning kinetik energiyasining potensial energiyasiga nisbatini toping.
A) 1,4 B) 4 C) 8 D) 16
20. Muvozanat necha xil bo’ladi.
A) 3 B) 4 C) 2 D) 5
21. Qiya tekislik balandligi 5m. Massasi 30 kg yukni tortib chiqarish uchun 100 N kuch sarflansa. Qiya tekislik uzunligini toping. (m)
A) 15 B)1,67 C) 150 D) 30
22. Massasi 40 kg bo’lgan yukni ko’char blokda ko’tarish uchun qancha kuch kerak bo’ladi.
A) 100 N B) 400N C) 200N D) 800 N
23. Mexanikaning oltin qoidasini ko’rsating.
A) Kuchdan qancha yutsak, masofadan shuncha yutqazamiz. B) Turli haroratli suyuqlik yoki gaz qatlamlarining og’irlik kuchi ta’sirida aralashishi. C) Hech qanday muhitsiz issiqlik uzatish jarayoni.
D) Qattiq jismlarda issiqlik uzatish jarayoni.
24.FIK ti 60% bo’lgan mexanizm 500 J umumiy ish bajardi. Uning foydali ishini toping. (J)
A) 200 B) 300 C) 8,2 D) 30000
25. Issiqlik manbalariga misollar keltiring.
A) Daraxt. B) Quyosh C) Stol D) Eshik
26. Jismlar issiqlikdan …………
A) Torayadi. B) O’zgarmaydi. C) Kengayadi. D) TJY
27.Konveksiya deb nimaga aytiladi.
A) Kuchdan qancha yutsak, masofadan shuncha yutqazamiz. B) Turli haroratli suyuqlik yoki gaz qatlamlarining og’irlik kuchi ta’sirida aralashishi. C) Hech qanday muhitsiz issiqlik uzatish jarayoni.
D) Qattiq jismlarda issiqlik uzatish jarayoni.
28. Delfin suvdan 5 m balandlikka sakrab yana suvga sho‘ng‘idi. Bunda delfinni moddiy nuqta deb qarasa bo‘ladimi?
A. bo’ladi. B) yo’q. C) malumotlar kam. D) TJY.
29. Koptok yerdan yuqoriga otildi. U 20 m balandlikka ko‘tarilib qaytib tushayotganida yerdan 5 m balandlikda uchlab olindi. Koptokning ko‘chishini toping.
A) 5 B) 3 C) 15 D) 25
30. Harbiy to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanib 1800 dm masofani 2 min da bosib o‘tdi. Harbiyning tezligini toping . (m/s)
A) 900 B) 15 C) 1,5 D) 90
Do'stlaringiz bilan baham: |