Kationlarning kislota-asos tasnifi
Gurux
|
Kationlar
|
Gurux reagenti
|
Gurux nomi
|
Cho’kma xossalari
|
I
|
Na+ K+ NH4+
|
Yo’q
|
–
|
–
|
II
|
Ag+ Pb2+ Hg2
|
HCl
|
Xloridlar
|
Xloridlari suvda erimaydi
|
III
|
Ca2+, Sr2+, Ba2+, (Pb2+)
|
2n H2 SO4
|
Sulfatlar
|
Sulfatlari suvda erimaydi
|
IV
|
Al3+ Zn2+ Cr3+
|
2n NaOH+H2O2
|
Amfolitlar
|
Gidroksidlari suvda eri-maydi, lekin ishqorning mo’l miqdorida eriydi
|
V
|
Mq2+ Mn2+ Fe2+ Fe3+ Bi3+
|
NaOH yoki NH4OH
|
Gidroksidlar
|
Gidroksidlari suvdava ishqorning mo’l miqdorida ham erimaydi
|
VI
|
Co2+, Ni2+, Cu2+ Cd2+, Hg2+
|
Konsentrik ammiak
|
Ammiakatlar
|
Gidroksidlari konsentrlangan ammiakda eriydi
|
Anionlarni xossalari
Manfiy zaryadlangan ionlarga anionlar deb aytiladi. Masalan: Cl-, SO42-, NO3+ va hokazo. Kationlar bitta atomdan tashkil topgan bo'lsa, anion murakkab tarkibli ionlardir, ya'ni ular bir yoki bir nechta atomlardan tarkib topgan. Anionlar kationlardan farq qilib, ko'pincha bir-birining topilishiga xalal bermaydi. Shuning uchun anionlar ko'pincha eritmani bo'lib-bo'lib tekshirish usuli bilan ya'ni tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushlaridan topiladi.Anionlarni tahlil qilishda guruh reagentlari odatda guruhlarni bir-biridan ajratish uchun emas, balki guruhlarning bor yo'qligini aniqlab olish uchun qo'llaniladi. Agar biror guruh anionlarining yo'qligi aniqlansa shu guruhga kiradigan ayrim anionlarni topish uchun reaksiya qilinmaydi. Shunday qilib anionlar guruhini topish reaksiyalari umumiy tahlilini ancha osonlashtiradi. Yuqorida kationlarni o'rganishda anionlarning ko'pchilik reaksiyalari bilan tanishilgan edi. Masalan: Ba2+, Pb2+, kationlarini SO42- va CrO42- anionlari yordami bilan topilgan edi. Aksincha bu anionlarni Ba2+ va Pb2+ tuzlari yordamida topish mumkin. Shunga o'xshash Ag+ ionining reagenti Cl- ioni bo'lgani holda Cl- ionini Ag+ yordamida topish mumkin.
Anionlar klassifikatsiyasi. Anionlar klassifikatsiyasi asosan anionlarning bariy va kumushli tuzlarning eruvchanliklarning bir-biridan farq qilishga asoslangan. Anionlarning ko'pchiligi bo'lib-bo'lib analiz qilish usuli asosida ochiladi. Eng ko'p tarqalgan klassifikatsiyaga ko'ra I guruh anionlari: SO42-, SO2-3, S2O32-, PO43-, BO2-, CrO42-, Cr2O72-, F-, SiO32-. Bu anionlarning Ba li tuzlari suvda qiyin eriydi. Guruh reagenti neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda BaCl2.
Ikkinchi analitik guruh anionlari: Cl-, Br-, I-, SCN-, [Fe(CN)6],4-[Fe(CN)6]3-, CN-, BrO3-, IO3-, ClO3-. Bu anionlarning Ag li tuzlari suvda va suyultirilgan HNO3 kislotada qiyin eriydi. Guruh reagenti 2n li HNO3 ishtirokidagi AgNO3.Uchinchi analitik guruh anionlari: NO3+, NO2+, CH3COO+,MnO4+ va boshqalar. Bu anionlarning Ba li va Ag li tuzlari suvda juda yaxshi eriydi. Guruh reagentiga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |