Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi



Download 150 Kb.
bet16/24
Sana26.01.2023
Hajmi150 Kb.
#902927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
1443688908 61366

Sabab va oqibat dialektikasi. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, ob'ektiv va sub'ektiv bo‘lishi mumkin. Sub'ektiv sabablar ko‘pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‘ladi.
Ob'ektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning o‘zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o‘z kasalligi yoki qariligini qayg‘u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og‘ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o‘limni yengishga hali hyech kim muvaffaq bo‘lmagan, chunki qarilik ham, o‘lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. Shu sababli ba'zilar og‘ir ish bilan shug‘ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog‘lom bo‘lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi. Tashqi sabablar turli ob'ektlar o‘zaro aloqasining mahsulidir.
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo‘nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo‘lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to‘plami kuchli ta'sir ko‘rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to‘plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas.
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko‘plab oqibatlarga sabab bo‘lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‘p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar cheksiz oqibatlar zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba'zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi, ya'ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‘lishi mumkin.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub'ektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqyea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo‘lg‘usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo‘llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo‘lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo‘ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‘kib o‘ladi. Erning harakatlari xotin o‘limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o‘z holicha oqibat sababi bo‘la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko‘maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko‘rsatadi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish